Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   290
Bog'liq
falsafa

Javohirlal  Neruning  falsafiy  qarashlari.  Hind  falsafasining  rivoji  faqat  faylasuflar 
tomonidan  emas,  balki  siyosiy  arboblar  tomonidan  ham  amalga  oshirildiki,  ular  orasida 
Javoharlal  Neru  (1889-1964)  alohida  o‘rin  tutar  edi.  Neru  dunyoqarashining  shakllanishiga 
milliy  falsafiy-ma'naviy  meros,  G‘arbning  ijtimoiy  tafakkuri,  Gandi  va  Marks  ta'limotlari 
jiddiy ta'sir ko‘rsatdi. 
Neru ikki xil falsafani: odatdagi va nazariyni bir - biridan farq qiladi. Uning fikricha,  har 
qanday  falsafa  tarixiy  jihatdan  shartlidir.  Neru  hind  falsafasining  milliy-tarixiy  jihatdan 
shartliligini,  eng  avvalo,  kasta  tizimi  bilan  belgilanishini  qayd  etib  o‘tgan.  «Mumtoz  doira 
bilan chegarlanganlik» hind falsafasini hayotdan ajrab qolishga olib keldi. 
Neru  siyosatni  din  bilan  qo‘shishga  qarshi  edi.  Aniq  aqliy  tamoyilga  va  aqlning 
qadriyatlariga  g‘animlik  munosabatida  bo‘lganligi  uchun  dinni  tanqid  ostiga  olgan 
mutafakkir,  unda  kishini  voqyeylikdagi  muammolardan  tarki  dunyochilik  va  o‘zgarmas 
aqidalar sohasiga olib boruvchi kuchni ko‘rdi. U aytgan edi: «Biz voqyeylik bilan, bu hayot, 
bu dunyo, bu tabiat bilan yaqinroq va mufassalroq shug‘ullanishimiz lozim… Shuning uchun 
                                                 
229
 Radhakrishnan S. East and West. Some Reflections. London, 1955, p. 115, 120. 
230
 The Philosophy of Sarvepalli Radhakrishnan, p. 820. 
231
 The Philosophy of Sarvepalli Radhakrishnan, p. 792-793. 


Hindiston  o‘zining  diniyligini  jilovlab,  fanga  murojaat  qilishi  zarur»
232
.  Qotib  qolgan  diniy 
aqidalarni  rad  etgan  Neru,  ayni  vaqtda  «qandaydir  e'tiqod»  zarurligini  tan  oladi.  «tabiat 
ustidan shunchalik qudratli hukmronlikka ega bo‘lgan insonda ham, o‘zi ustidan hukmronlik 
qilishga  kuchi  yo‘q  edi…»  -  deb  yozgan  edi  u
233
.  Neru  shunday  fikrga  kelgan  ediki,  ushbu 
«o‘zi  ustidan  bo‘lgan  hokimiyat»ni  inson  muayyan  darajada  diniy  ong  doirasida  qo‘lga 
kiritadi. 
Bilish nazariyasida Neru skeptitsizm va agnostitsizmga jiddiy  qarshi edi. Atrofini o‘rab 
turgan  dunyoni  bilishga  insonning  intilishi  tabiiydir.  Ammo  bu  ehtiyojni  qondirishga  faqat 
bilimga  ilmiy  yondoshish  tufayligina  erishib  bo‘ladi.  Neru  ko‘pincha  abadiy  haqiqat  haqida 
gapiradiki,  ma'no  jihatdan  dialektik  tushuncha  bo‘lgan  «mutlaq  haqiqat»ga  yaqindir.  Uning 
fikricha, abadiy haqiqat ayrim olingan beintiho nisbiy haqiqatlar majmuasidan tashkil topgan. 
Mutafakkir  qayd  etgan  ediki,  «bu  beintiho,  abadiy  va  o‘zgarmas  haqiqat  to‘laligicha 
insonning  nomukammal aqli tomonidan  tushunib olinishi mumkin  emas. U faqat juda ko‘pi 
bilan,  shuningdek,  davrning  hukmron  mafkurasi  uning  zamon  va  makonda  chegaralangan, 
unchalik katta bo‘lmagan tomoninigina qamrab olishi mumkin…»
234

Neruning fikricha,  dunyoqarashning  markaziy nuqtasi  va  har  qanday  amaliy  faoliyatning 
maqsadi  inson  bo‘lmog‘i  lozim.    Inson  mohiyatini  Neru  ikki  jihatdan  qarab  chiqadi:  tashqi 
dunyo  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  moddiylik  va  ichki  dunyo  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ma'naviylik 
nuqtai nazaridan. Shaxsiy garmoniyaga faqat ijtimoiy uyg‘unlik asosidagina erishish mumkin. 
Shaxsning va hatto umuman millatning ichki taraqqiyotini Neru ijtimoiy va siyosiy ozodlikka 
bog‘liq  ekanligini  qayd  etdi.  Neru  ma'naviy-axloqiy  taraqqiyotga  ko‘p  e'tibor  qaratdi.  U 
ilmiy-texnika taraqqiyoti va tabiatni bo‘ysundirish borasidagi muvaffaqiyatlar bilan ma'naviy 
axloqiy  saviya  o‘rtasidagi  uzilishni  bizning  asrimizning  fojiaviy  paradoksi  deb  atadi.  Agar 
moddiy taraqqiyot bilan bir qatorda ma'naviy yetuklikka erishilmagan bo‘lsa, unda hyech bir 
sivilizatsiyani to‘la qonli hisoblab bo‘lmaydi. 
Hayotdagi eng umumiy qarama-qarshilikni Neru yangilik bilan eskilik o‘rtasida deb bildi. 
Har qanday taraqqiyot jarayonida hamma vaqt nimadir eskiradi va o‘z umrini o‘tab bo‘ladi va 
qandaydir  narsalar  tuziladi.  Shunga  ko‘ra,  taraffkurda  ham  o‘zgarmaydigan  qonunlarning 
bo‘lishi mumkin emas. Eskilik va yangilik – bu Neru tomonidan ijtimoiy jarayonlarni tahlil 
qilishda  qo‘llaniladigan  qarama-qarshiliklar  ta'limotining  bir  ko‘rinishidir.  Shunday  qilib,  u 
mamlakatda ikki qarama-qarshi kuchlar borligini qayd etadi: mamlakat birligini ta'minlashga 
qaratilgan  kuchlar  va  uning  ajralishiga  yo‘naltirilgan  kuchlar.  Hayotdagi  qarama-
qarshiliklarning  rivojlanish  jarayoni,  oxir  oqibatda,  ularni  sintezi  va  murosa  qilishiga  olib 
keladi.  Shundan  kelib  chiqib,  Neru  yangi  dunyoqarashni  vujudga  keltirish  zarurligi  haqida 
gapiradiki, uni u sintez falsafasi yoki uchinchi mafkura deb nomlaydi. U «siyosiy falsafaning 
turli  sistemalarini  amaliy  sintezini vujudga  keltirish»  niyati  borligini  aytadi.  Sintez  falsafasi 
moddiyunchilik  va  idealizmning  eng  yaxshi  xususiyatlarini  birlashtirib  va  gavdalantirib, 
ularga  xos  bo‘lgan  «bir  tomonlamalik»ni  bartaraf  qilmog‘i  lozim  edi.  Ushbu  «yangi 
sintez»ning  gavdalanishi    sifatida  Neru  «hind  sotsializmi»  ta'limotini  tushundiki,  uning 
o‘zining  hatti-harakatlari  tufayli  Hindiston  milliy  kongressi  partiyasining  rasmiy 
mafkurasining bir qismiga aylandi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish