Den Syaopinning ijtimoiy-siyosiy qarashlari. Xitoy Xalq Respublikasidagi eng yangi
islohotlar o‘tgan asrning yirik siyosiy arboblaridan biri bo‘lgan Den Syaopinning (1904-1997)
nomi bilan chambarchas bog‘liqlikdir.
Mao Szedun hukmronligi davrida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqyealarning oqibati
«Xitoy marksizm» ni kurash masalalaridan ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar jarayonlariga
yo‘naltirishni shart qilib qo‘ydi. XX asrning 70-nchi yillari oxiridan boshlab oldingi qatorga
iqtisodiyotni ko‘tarish va takomillashtirish muammosi, huquqiy asosda ijtimoiy tartib
o‘rnatish, hamda Xitoy davlatining mafkuraviy yo‘nalishlarini shakllantirish masalalari
qo‘yildi. Yangi mafkuraviy tayanchni shakllantirishdagi hal qiluvchi masala G‘arb falsafiy-
siyosiy va iqtisodiy tafakkurini, hamda an'anaviy qadriyatlarni qaytadan talqin qilish edi.
Den Saopinning qarashlarini qarab chiqishda shuni qayd etish muhimki, Xitoy falsafiy
tafakkurining umummiy yo‘nalishi xalqning farovonligini oshirish muammolarini yechishga
qaratilgan edi. Xitoy tarixining butun jarayonida bu muammo barcha xitoylik faylasuflar,
mutafakkirlar, olimlar, siyosiy arboblarning: Konfutsiy, legistlar (Shan Yan, Xan Fey-sza),
Mo-szы, XIX-XX asrlarda yashagan mutafakkirlar va siyosiy arboblarning (Kan Yuvey, Lyan
Sichao, Yan Fu, Sun Yatsen) fikr va mulohazalarining ob'ekti bo‘lib keldi. Den Syaopin
tomonidan ko‘tarilgan mamlakatni modernizatsiyalashning to‘rt yo‘nalishdagi nazariyasi,
o‘zining mohiyati jihatidan, oxirgi ikki yuz yillik hududidagi barcha falsafiy-siyosiy
bahslarning mantiqiy rivojlanishi edi. Sanoati rivojlangan davlat qurish maqsadini belgilab,
Den Syaopin izchil, rejali modjernizatsiya siyosatini to‘rt sohada olib bordi: qishloq xo‘jaligi,
sanoat, siyosiy tizim, fan va texnikada.
1910 yilda Yaponiya Quriyani bosib olib, uni Yapon imperiyasining bir qismi, ya'ni
general-gubernatorlikka aylantirdi. Mamlakatni zo‘rlik bilan yaponlashtirish jarayoni
boshlandi. Koreys teatrlari, muzeylari yopildi, milliy bayramlar, raqslar, musiqa, milliy
kiyimni kiyish, koreys tilida adabiyot nashr etish taqiqlandi. Korescha kitoblar yoqildi.
Rasmiy til yapon tili deb e'lon qilinib, «ona» tili deb ataldi. Korescha ism va familiyalar
zo‘rlik bilan yaponchasiga o‘zgartirildi. Umumiy yaponlashtirish siyosati doirasida yapon
diniy aqidasi bo‘lgan sintoizmni sintoizmni yoyish boshlandi. Xristian missionerlari,
konfutsiychilik va buddaviylik faolllashib bordi. 20-yillargacha g‘arb oqimlari ichida
Quriyada eng rasmi bo‘lgani mumtoz nemis falsafasi edi. Yaponlar tomonidan qisuvga
olingan ma'rifatparvarlik tanazzulga uchray boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Quriya
yarim orolida ikki davlat tashkil topdi: janubda Quriya Respublikasi va shimolda – Quriya
Xalq Demokratik Respublikasi.
Quriya Xalq Demokratik Respublikasida stalincha-moistcha tushunishdagi «sotsializm» va
«kommunizm» qurishga yo‘naltirilgan, totalitar turdagi siyosiy rejim tarkib topdi. Davlat
rahbari va uning o‘g‘lining o‘ta darajadagi shaxsiga sig‘inish rivojlantirilib, ular tiriklik
vaqtlaridayoq rasman «ulug‘ dohiy o‘rtoq Kim Ir Sen» va «sevimli rahbar o‘rtoq Kim Chen
Ir» deb atalab boshladilar. «Marksizm-leninizm» ni stalincha-maoistcha tushunish asosida
shunday mafkura vujudga keladiki, mohiyat jihatdan haqiqiy marksizmdan juda ham uzoq,
tayanch nuqtalarining ko‘pchiligi bo‘yicha esa, unga to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshi edi. Bu
yerda gap «chuchxe» deb atalgan falsafa haqida ketmoqdaki, u davlat mafkurasi deb e'lon
qilinib, ayni zamonda insoniyat ijtimoiy-siyosiy tafakkurining chuqqisi deb ham da'vo
qilinadi. Shunga muvofiq ravishda kelajakdagi jamiyatning mohiyati ham belgilab beriladi:
«kommunistik jamiyat-bu shunday jamiyatki, unda chuchxe g‘oyasi hukmronlik qiladi va
chuchxe g‘oyalari to‘laligicha mujassamlashgan bo‘ladi»
252
.
«Chuchxe» ning asosiy qoidasi shundaki, «inson-hamma narsaning egasi, u hamma
narsani hal qiladi» yoki, boshqacha aytganda, «sen o‘z taqdiringni egasisan, sening o‘zingda
o‘z taqdiringni hal qilish uchun kuch bor»
253
. Chuchxe qoidasining o‘zak g‘oyasi –
«mustaqillik» yoki «o‘z kuchiga tayanish»dir. Ana shu xususiyat, hamda undan kelib
chiqadigan ijod va onglikka qodirlik, chuchxe nuqtai nazaridan, inson mohiyatini tashkil
etadi. «Ijtimoiy taraqqiyot nuqtai nazaridan, - deb yozadilar shimoliy koreys faylasuflari, -
inson boshqa jonli mavjudotlardan faqat uning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlari bilan
tubdan farq qiladi – mustaqilligi, ijod qilishga qodirligi va ongliligi bilan»
254
.
Insonni shunday nuqtai nazardan qarab chiqish buyuk kashfiyot va falsafada burilish
sifatida talqin qilinadi: «chuchxecha falsafa shunday falsafiy dunyoqarashdan fark qiladiki,
uning tarafdorlari barcha ashyolarning rivojlanishini tabiatning tadrijiy rivojlanishidagi
ob'ektiv jarayon sifatida qarab chiqadilar. U inson tafakkuri rivojining oliy bosqichi bo‘lib,
tarixda birinchi marta ijtimoiy harakatning qonunlariga xos ravishda asosiy falsafiy
muammolarni, jumladan, insonning mohiyatiy xususiyatlari haqidagi masalani ham, ya'ni
o‘ziga tayanish, ijodiy ishga layoqatli va ongli bo‘lishni ochib berdi. O‘zining kelib chiqish
manbalarining qoidalariga va mohiyatiga ko‘ra, ashyolar rivojining tahlili vositalariga ko‘ra,
bir so‘z bilan aytganda, hamma jihatlarga ko‘ra chuchxe g‘oyasi falsafiy tafakkurda keskin
burilishdir»
255
.
«Chuchxe» g‘oyasi XX asrdagi eng buyuk kashfiyot deb e'lon qilinganligi tufayli yangi
davr ham «o‘z kuchiga tayanish davri» deb e'lon qilinadi. Shunga muvofiq ravishda
sotsializmni yangicha tushunish ham beriladi: «Sotsializm shunday g‘oyalarni o‘zida
mujassamlashtiradiki, ular insonning ijtimoiy-mohiyatining muhim talabi bo‘lgan – barcha
252
Познакомьтесь с Кореей. Пхеньян. Издательство литературы на иностранных языках. 1989. 16-б.
253
Ѝша жойда.
254
Ким Тым Хон. Новые идейно-теоретические вопросы чучхейском философии. «Корея сегодня».
Пхеньян. 1991, №5. 32-б.
255
Ѝша жойда.
o‘z kuchiga tayanib yashashi» kerakligini bildiradi»
256
. «Chuchxe» falsafasida marksizmning
asosiy isbotsiz asos qilib olinadigan qoidasi qat'iy qayta ko‘rib chiqishga duchor bo‘ladiki, u
tarixiy materializm ta'limotining asosida yotgan - ijtimoiy borliq – moddiy ishlab chiqarish
vositasi va unga muvofiq keluvchi kishilarning moddiy hayot tarzi - ijtimoiy ongni belgilaydi.
«Chuchxe» falsafasida bunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi bo‘lgan qoida ifodalanadi:
«Ijtimoiy hayotda bosh va hal qiluvchi masala siyosiy va ma'naviy hayotga taalluqlidir»
257
.
Bunday ta'limot ijodkorlarining nuqtai nazaricha, sotsializm sharoitida «asosiy omilni
hokimiyat yoki iqtisodiy sistema emas, balki – sotsialistik mafkuraning tarqatuvchisi bo‘lgan
inson tashkil etadi»
258
. Shuning uchun agar «chuchxe inqilobining uch asosiy yo‘nalishi
bo‘lgan – «iqtisodiy qurilish», «inson tarbiyasi» va «jamiyatni qayta qurish»ni olsak, Kim
Chen Ir fikricha, bu yerda «birinchilikni insonni qayta tarbiyalash vazifasiga qaratmoq
lozim»
259
. Shunday qilib, «chuchxe» ruhidagi odamning g‘oyaviyligi jamiyat taraqqiyotining
bosh omili bo‘lib qoladi.
70-nchi yillarda Quriya Xalq Demokratik Respublikasida shunday shior o‘rtaga tashlandi -
«butun jamiyatda yagona mafkuraning tanho hukmronligini ta'minlash» va «butun jamiyatni
chuchxe g‘oyalari asosida qayta o‘zgartirish yo‘nalishini belgilash» e'lon qilindi. Har qanday
boshqacha fikr «dohiy, partiya va inqilob» ga qarshi qaratilgan jinoyat sifatida qaraldi. Erkin
fikrlashga qarshi chiqqan Kim Chen Ir olib borilayotgan siyosatni quyidagicha asoslaydi:
«Partiyada faqat bitta mafkura bo‘lishi mumkin. Agar partiyada turli xil siyosiy qarashlarga
yo‘l ko‘yilsa, u vaqtda uning oqibatida har bir kishi o‘zicha isbotsiz asosiy qoidalar va fikrlar
bilan maydonga chiqadi. Bu esa shunday ma'noni anglatadiki, partiya na faqat faoliyat
birligini ta'minlay oladi, balki hatto aksil inqilobchilarga nimani o‘ylasa, shuni qilish
imkoniyatini beradi»
260
.
Yagona mafkura prinsipi asosida demokratik sentralizm prinsipining mazmuni keskin
o‘zgartirilib, undan demokratik ibtido bartaraf qilindi. Demokratiya «inqilobiy tashabbusga»
va «partiya tomonidan qo‘yilgan maqsadlarni muvoffiqiyatli amalga oshirish uchun
safarbarlikka» olib kelib taqaldi, sentralizm esa shunga olib kelindiki, keng omma ifodasi
«yagona umumiy irodaga birlashdi va butun partiya yagona fikr va yagona irodaga amal qilib
fikr yuritdi va amal qildi»
261
.
Oxir oqibatda, e'lon qilingan yagona jamiyatning «g‘oyaviy-irodaviy» va «axloqiy» birligi
«mustaxkam e'tiqod bo‘lgan-inqilobiy kurashda faqat ulug‘ Kim Ir Sen atrofiga jipslashibgina
g‘alaba qilish mumkin»
262
degan akidaga asoslanishi lozim.
Chuchxe falsafasi davlat maqomini kasb etgan va boshqa falsafiy yo‘nalishlar qonundan
tashqari deb e'lon qilingan Shimoldan farqli o‘laroq, Janubda koreys falsafasining
buddaviylik va konfutsiychilikka asoslangan an'anaviy yo‘nalishlari ham, g‘arb falsafiy
tafakkuri ta'sirida paydo bo‘lgan yangi yo‘nalishlar ham rivojlanishda davom etmoqda.
Bunday vaziyat an'anaviy va g‘arb qadriyatlarining bir-birlari bilan hamkorlikda mavjud
bo‘lishligining ko‘proq ma'naviy-madaniy vaziyatining in'ikosidir. Ko‘plab asarlar paydo
256
Ким Бэ Хван. Укреление и повышение роли субъекта-основной путь строительства социализма.
«Корея сегодня». Пхеньян. 1992, №26. 17-б.
257
Ким Гым хон. Новые идейно-теоретические вопросы чучхейской философии. – «Корея сегодня».
Пхеньян. 1991, №5. 33-б.
258
Ким Бэ Хван. Укреление и повышение роли субъекта-соновной путь строительства социализма.
«Корея сегодня». Пхеньян. 1992. №6. 17-б.
259
Ким Чен Ир. Ответы на вопросы генерального директора газеты «Гранма». «Корея сегодня». Пхеньян.
1990, №2. 3-б.
260
Ким Чен Ир. Трудовая партия Кореи – организатор и вдохновитель всех побед нашего народа. «Корея
сегодня». Пхеньян, 1990. №11. 6-б.
261
Ким Чен Ир. Ответы на вопросы генерального директора газеты «Гранма». «Корея сегодня». Пхеньян,
1990, №2, 3-б.
262
Ѝша жойда.
bo‘la boshladiki, ularda an'anaviylik muammosi va g‘arb falsafasining muammolari va
tushunchalari bilan uyg‘unlashtira boshlandi. Shu jihatdan konfutsiychilik falsafasi va
Do'stlaringiz bilan baham: |