Arastuda uning modda bilan shakl o‘rtasidagi nisbatni ularning bir-biriga o‘tish imkoniyati
va sharoiti sifatida qilgan tahlilida mavjuddir. Har bir narsa boshqa narsaga: marmar
haykalga, daraxt stolga aylanishi mumkin va hakozo.
Dialektik g‘oyalar o‘rta asrlar falsafasi doirasida ham rivojlanib bordi, ayniqsa, falsafa
teologiya xizmatkoriga aylantirilgan G‘arbiy yevropaga qaraganda Yaqin va O‘rta Sharqda
ko‘proq rivojlandi. Yangi zamonda umuman XVII-XVIII asrlar falsafasida tafakkur usulini
metafizik usul deb tavsiflash mumkin bo‘lsada,
Dekart, Spinoza, Leybnits va boshqalarda
dialektik g‘oyalarni uchratish mumkin.
Dialektika nemis klassik falsafasi doirasida va eng avvalo Xegel falsafasida kuchli
rivojlandi. Agar antik dialektika aqliy farazlarga (masalan, dunyoning o‘zgaruvchanligi,
ziddiyatliligi to‘g‘risidagi g‘oyalarga) asoslangan bo‘lsa, Xegel dialektikasi asosan o‘z
zamonasining ilmiy yutuqlariga tayandi va nazariy g‘oyalarning mukammal tizimi sifatida
gavdalandi. Xegel eng avval dialektikaning asosiy tushunchalarini – uning kategorial
apparatini ta'riflab berdi, bu apparat bugungi kunda ham muvaffaqiyatli amal qilib turibdi.
Xegel dialektikasining asosiy tushunchalari va qonunlari tizimi aloqalar, o‘tishlar,
o‘zgarishlarning turli-tumanligini va umuman rivojlanishni jarayon sifatida aks ettira olar edi.
Xegel birinchi bo‘lib taraqqiyotning asosiy qonunlarini: sifat va miqdor o‘zgarishlarining bir-
biriga o‘tishi qonunini, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonunini, inkorni-inkor
qonunini ta'riflab berdi. Xegel dialektikaning asosiy prinsiplarini: hodisalarning universal
aloqasi prinsipini, qarama-qarshiliklar birligi prinsipini, dialektik inkor orqali rivojlanish
prinsipini dialektik tafakkur normasi sifatida ta'riflab berdi.
K.Marks va
F.Engels dialektika
bilan materializmni birga qo‘shib,
dialektik materializm nazariyasini yaratdilar va uni bilish
jarayonlariga, tabiat va ijtimoiy hayot hodisalariga tatbiq etdilar.
Hozirgi zamon falsafasida dialektika falsafiy bilimning muhim elementi sifatida
mavjuddir. Falsafada dialektika g‘oyalarini ishlab chiqishda
ekzistensional dialektika va
messianlik dialektikasi kabi bir qator yo‘nalish-larni ko‘rsatish mumkin. Eksistensial
dialektika inson «Men»ining rivojlanish qonuniyatini tushunishga urinadi. Messianlik
dialektikasi o‘z ta'limotiga praktika tushunchasini asos qilib oladi va butun dunyoga
sotsiologiya kategoriyalari nuqtai-nazaridan qaraydi. XX asr dialektik falsafasining ma'lum
yo‘nalishlaridan biri mashhur Frankfurt maktabining namoyondalaridan biri T.Adornoning
negativ dialektikasidir. Bu maktabning asosiy g‘oyasiga ko‘ra, rivojlanish buzishdir, hammani
va hamma narsani inkor etishdir. T.Adornoning «
negativ dialektikasi»ga ko‘ra, qarama-
qarshiliklar kurashi, miqdorning sifatga o‘tishi, turli tizimlarning o‘sishi va
murakkablashuviga emas, balki aksincha, uning parchalanishiga, o‘lishiga yo‘nalgan. Adorno
ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga diqqatni jalb qiladi va rivojlanishning asosi regressiv
ijtimoiy o‘zgarishlardir (refleksiyaning o‘lishi, uning stereotip reaksiyalar, fikrlash shablonlari
bilan almashinishi va hakozolardir), deb biladi. Jamiyatda bu ommaviy madaniyatning
rivojlanishi va yoyilishi, insoniy munosabatlarning standartlashuvi, o‘ziga xosliklarning
yo‘qotilishi orqali ifodalanadi. «Negativ dialektika»da inkor har qanday tushunchalar
tizimidan voz kechish, qandaydir pozitiv model bo‘lmagan utopiyaning konkret
imkoniyatlarini deb har qanday dialektiklikni inkor etish sifatida ko‘rinadi.
Dialektika sohasida fransuz faylasufi G.Bashlyarning
neoratsionalizmi vujudga keladi. U
bilish jarayonida ratsionalizm bilan empirizmning doimiy (dialektik) o‘zaro ta'sirini ko‘rdi.
Bashlyar
noklassik fan tushunchasini kiritdi. Unga xos narsa, qandaydir uzil-kesil
haqiqatlardan voz kechish, ochiqlik (eksperimental raddiyaga tayyorlik), yangi empirik
ma'lumotlarni tushunarli umumlashtirishga sintezlashtiruvchi layoqat, bilimning turli
shakllari, tuzilmalari va sohalari o‘rtasidagi yangi aloqalarni topishdir. Biologik tadqiqotlar
sohasida – bu Aleksanderning
emerjent dialektikasi hamda R.J.Kollingvud asarlarida o‘z
ifodasini topgan
tarixiy bilish dialektikasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: