Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   290
Bog'liq
falsafa

Kotoku Dedziro (Syusuy, 1871-1911) – Nakae Tyominning shogirdi bo‘lib, birinchi marta 
moddiyunchilikni  sotsializm  g‘oyasi  bilan  bog‘ladi.  U  «Imperializm  –  XX  asr  maxluqi» 
(1901), «Sotsializmning mohiyati» (1903) kabi kitoblarning muallifidir. 
Kotoku  Dedziro  Xegel,  Feyerbax,  fransuz  utopistlari,  Marks  ta'limoti  ta'sirini  o‘zida  his 
etdi.  U  birinchi  bo‘lib  K.Marks  va  F.Engelslarning  «Kommunistik  partiya  manifesti»ni 
tarjima  qildi.  Kotokuga  evolyusion  nazariya  ham  ta'sir  o‘tkazdi.  Marks    ta'limotini  Darvin 
nazariyasi bilan solishtirib,  u inson jamiyati taraqqiyotini  yashash uchun kurashda eng ko‘p 
darajada  yashab  qolishga  layoqati  borlar  nuqtai  nazaridan  qarab  chiqdi.  Moddiyunchilik  va 
ateizm  mavqyeda  turib  faylasuf  tasavvuf,  idealizm  va  agnostitsizmni  tanqid  qildi. 
«Zamonaviy  sotsializm,  -  deb  yozadi  u,  -  falsafiy,  tarixiy  va  ilmiy  qoidalarga  asoslanadi… 
Xudo  koinot  va  insonni  yaratganligi  haqidagi  aqida  biologik  evolyusiya  nazariyasi  asosida 
allaqachon rad etilgan»
276
.  
Ijtimoiy qarashlarda faylasuf jamiyatni sotsialistik me'yorlarda qayta qurish tarafdori edi. 
«Sotsializm  butun  insoniyat  baxt-saodati  va  farovonligi  uchun  ehtirosli  g‘oya  asosidagi 
intilish  bo‘lib,  aqliy  tafakkur  vositasida  hozirgacha  mavjud  bo‘lgan  dinlarning  sanamlar  va 
ilohlarga  bo‘lgan  sig‘inishini  o‘rnini  bosadi.  Osmoniy  jannat  o‘rniga,  u  yer  yuzida  beht 
quradi»
277

Marksizm.  Marksizm  Yaponiyada  XX  asrning  20-yillarining  ikkinchi  yarmidan  boshlab 
tarqaladi.  Buni  «Mening  dunyoqarashimning  evolyusiyasi»,  «Makon  nazariyasini  tadqiq», 
«Fan  nazariyasi»  kabi  kitoblarning  muallifi,  1932  yilda  tashkil  etilgan  «Moddiyunchilikni 
o‘rganish  bo‘yicha  jamiyat»  va  «Materializmning  o‘rganish»  (1932-1938)  jurnalining 
asoschisi  Tosaka  Dzyun  (1900-1945)  boshlab  berdi.  Uning  rahbarligi  ostida  «Yaponcha 
mafkura» (1939) ensiklopediyasi tashkil topdiki, «Yaponcha fashizm va liberalizm g‘oyalari 
tanqidi»  sarlavhasi  ostida  nashrdan  chiqdi.  O‘zining  asarlarida  Tosaka  Nisida    Kitaro 
falsafasini, G.Rikkert  va  V.Dilteylarning  ijtimoiy  fanlar  metodologiyasini  tanqid  ostiga  oldi. 
                                                 
274
 Ѝша жойда. 24-б. 
275
 Ѝша жойда. 109-110-б. 
276
 Котоку Сюсуй. Социализм и религия. Полное собрание сочинений японской философской мысли. 
Токио. 1955.  192-193-б. 
277
 Ѝша жойда.  


Tosaka uchun bilimlar – bu tasvirlash va loyihalash mahsuli bo‘lsa,  fan esa – ijtimoiy shart 
bilan belgilangan institutdir
Nagata  Xirosi  (1904-1947)  –  «Moddiyunchilikni  o‘rganish  bo‘yicha  jamiyat»ning  yana 
bir  vakili  edi.  O‘zining  asarlarida  («Yapon  materializmining  tarixi»,  «Yaponiya  falsafiy 
fikrlari tarixi») Nagata Xirosi Yaponiya falsafiy tafakkuri tarixini o‘rganishni boshlab berdi. 
Bunda u yaponcha xususiyatni mutlaqlashtirishga ham qarshi chiqdiki, uningcha bu narsa o‘ta 
millatchilikka  olib  kelishi  mumkin  edi,  shuningdek,  u  yapon  falsafasining  tarixiy  ildizlarini 
rad  etishga  ham  qarshi  faoliyat  ko‘rsatdi.  U  birinchi  bo‘lib  Yapon  falsafasi  tarixida 
materialistik  an'analar  mavjudligini  aniqlab,  go‘yo  moddiyunchilik  Yaponida  chet  el 
g‘oyalarini yaponcha aslga ko‘chirib o‘tkazish natijasidir, degan fikrlarni tanqid ostiga oldi. 
Katayama  Sen  (1850-1933)  –  Amerikada  ta'lim  olgan  bo‘lib,  yevropa  islohotchilarining 
asarlari  bilan  tanish  edi.  Uning  qarashlari  xristiancha-islohotchilik  g‘oyalaridan  tortib, 
sotsializm  va  marksizm  tomon  tadrijiy  rivojlanib  bordi.  Uning  asosiy  asarlari  – 
«Kambag‘allarning boylar bilan urushi» (1900), «Bizning sotsializm» (1903), «Tarjimai hol» 
(1922)  edi.  Kotoku  Dedziro  bilan  birgalikda  1989  yilda  u  «Sotsializmni  o‘rganish  bo‘yicha 
jamiyat» tuzdiki, keyinchalik bu jamiyat «Sotsialistik assotsiatsiya» ga aylantirildi. 1901 yilda 
Katayama Sen tashabbusi bilan Yaponiya sotsial-demakratik partiyasi tuzildi. 
Yaponiya Kommunistik partiyasi tashkil etilishi (1922) bilan birga mamlakatda muntazam 
ravishda marksizm klassiklarining va sovet mualliflarining asarlari tarjima qilinib, nashr etila 
boshladi. Ammo ko‘pincha marksizm Nisida Kitaro va Kioto maktabining boshqa faylasuflari 
falsafasi nuqtai nazaridan talqin qilinar edi. 
Urushdan  keyingi  davrdagi  Yaponiya  falsafasi.  Ikkinchi  jahon  urushidagi  mag‘lubiyat 
millatchilik    ruhidagi  ko‘plab  faylasuflarni  o‘z  nuqtai  nazarlarini  qayta  ko‘rib  chiqishga 
majbur  qildi.  Tanabe  Madzime  «tavba  falsafasi»  bilan  maydonga  chiqdi.  Kioto  maktabi 
faylasuflari uchun diniy mavzularga murojaat qilish xos xususiyat bo‘lib qoldi. Mamlakatda, 
ayniqsa  XX  asrning  60-70  yillarida  buddaviylikni  keng  targ‘ib  qilish  va  uning  zamonaviy 
talqinini berish rasm bo‘ldi. 
Ayni  bir  vaqtda  mamlakat  buylab  g‘arb  falsafasi  bo‘lgan  neopozitivizm,  pragmatizm, 
ekzistensializm  bilan  qiziqish  keng  quloch  yoydi.  Psixoanaliz  (Psixologik  talqin), 
fenomenologiya, lingvistika va semantikani sub'ektiv ruhda talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi, mavjud an'analar muhitida g‘arbdan kelgan g‘oyalarni tadqiq 
qilish  va  moslashtirish  davom  etdi.  Masalan,  Muktai  Risaku,  Xara  Tasuku  ijodida  Nisida 
Kitarodan  kelib  chiqqan  g‘oyalarni  zamonaviy  rasm  bo‘lgan  oqimlar  bilan  birlashtirishga 
urinishlar namoyon bo‘ldi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish