Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   290
Bog'liq
falsafa

Sababiyat  hodisalar  umumiy  aloqadorligining  tomoni  sifatida  o‘zaro  ta'sir  bilan  uzviy 
bog‘liqdir. U  yoki  bu tizimlarning o‘zaro  ta'siri  bu  tizimlarda  tegishli  o‘zgarishlarni  keltirib 
chiqaradi  va  bu,  tabiiyki,  mazkur  prinsipga  muvofiq  o‘zaro  ta'sir  amal  qilib  turgan  sabab 
sifatida  chiqadi,  sababning  amal  qilishi  natijasida  yuzaga  kelgan  o‘zgarishlar  esa  oqibat 


sifatida  chiqadi,  demak,  xuddi  shu  o‘zaro  ta'sir  dunyoda  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlarning 
sababidir. 
Determinizm  prinsipi  bilish  davomida  sub'ekt  e'tiborini  tashqi  aloqalar  va  o‘zaro 
ta'sirlardan  bilish  ob'ektini  sifat  jihatdan  aniqlab  beradigan  ichki  sabablarga,  uning  yuzaga 
kelishi  va  mavjud  bo‘lib  amal  qilishining  ichki  sabablarini  tadqiq    etishga  qaratadi. 
Ob'ektning xar  bir o‘zgarishi (ichki yoki tashqi, zaruriy yoki tasodifiy, sifatiy yoki miqdoriy) 
qanday  bo‘lishidan  qat'i  nazar,  u    o‘z  sababiga  ega  bo‘ladi,  determinlanadi,  taqazo  etiladi, 
tegishli o‘zaro ta'sir orqali ro‘yobga chiqadi. 
Determinizm  prinsipini  ilmiy  bilishda  qo‘lanishi  bilish  ob'ektida  yuz  berayotgan 
o‘zgarishlarni,  uning  yashash  va  o‘zgarish  qonuniyatlarini  aniqlashga  imkon  beradi,  ya'ni  u 
bizni  ob'ektga  qotib  qolgan  narsa  deb  emas,  balki  harakatda  va  rivojlanishda  deb  qarashga 
yo‘naltiriladi. 
Tarixiylik  prinsipiga  ko‘ra,  hodisa  yoki  narsaga  uning  paydo  bo‘lishidan  tortib  to  tarkib 
topishi, shakllanishi va rivojlanishiga  qadar  genetik  tarzda qaramoq kerak, chunki ob'ekt o‘z 
rivojlanishida bosib o‘tgan asosiy bosqichlarni aniqlabgina unga xos bo‘lgan muhim, zarur va 
qonuniyatli  xususiyatlar  va  aloqalarni,  sifatiy  va  miqdoriy  tavsiflarni  tushunish,  anglash  va 
anglatish  mumkin.  Bu  prinsip  muayyan  hodisa  qanday  paydo  bo‘lganligini,  u  o‘z  rivojida 
qanday  asosiy  bosqichlardan  o‘tganligini  ochib  beradi  va  uning  shunday  o‘z-o‘zidan 
rivojlanishiga  qarab  bilish  sub'ekti  bu  hodisa  nimaga  aylanganligini,  shuningdek  kelgusida 
nimaga aylanishi mumkinligini ko‘radi. Ob'ektning tarixini tashkil etgan zaruriy qonuniyatli 
aloqalarni aniqlab, ob'ektning borlig‘ini tarixan avj olib boruvchi jarayon deb bilib, tarixiylik 
falsafiy  prinsipidan  ongli  ravishda  foydalanuvchi  sub'ekt  ob'ektning  mohiyatiga  chuqurroq 
tushunib  yetadi,  uning  tuzulishini,  mavjudlik  qonuniyatini  yaxshiroq  biladi  va  binobarin, 
bilish ob'ektidan o‘zining ongli amaliy faoliyatida ijodiy foydalana oladi. 
Bu  prinsip  ob'ektning  shunday  qarama-qarshiliklar  birligi  va  kurashi  sifatidagi  o‘z-
o‘zidan  harakatini,  tarixini  ochib  beradiki,  ularning  uzviy  birligi  qarab  chiqilayotgan 
ob'ektning  o‘ziga  yaxlitlik  baxsh  etadi.    Bu  prinsip  narsalarni  xarakatlanib,  rivojlanib  va 
o‘zgarib  turadigan  ob'ektlar  deb  anglashda  muhim  rol  o‘ynaydi.  Bu  prinsip  ob'ektlarga  xos 
barcha  turli-tuman  va  qarama-qarshi  xususiyatlarni,  sifatiy  xolatlarni  izoxlashga,  ular 
o‘rtasidagi  muhim  qonuniyatli  va  muqarrar  aloqalarni,  bir  holatdan  boshqa  holatga  va  o‘z 
ziddiga  aylanishlarni  aniqlashga  imkon  beradi.  Bu  prinsipning  tarixiylik  prinsipi  bilan 
yaqinligi va uzviy bog‘liqligi shak-shubhasizdir. 
Qarab  chiqilayotgan  ob'ektning  qarama-qarshi  tomonlar  va  qirralarga  ajralishi,  ular 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aniqlash zarurati shundan kelib chiqadiki, har bir narsa qarama-
qarshi tendensiyalarni o‘z ichiga oladi. Nisbatan barqaror tizim bo‘lgan har bir ob'ekt o‘zini 
tashkil etgan elementlarning ichki o‘zaro harakati hamda uning boshqa ob'ektlar bilan o‘zaro 
ta'siri  natijasida  uzluksiz  o‘zgarib  boradi  va  shu  bilan  birga  o‘zini,  saqlab  qolgan  holda 
ma'lum vaqtgacha o‘shandayligicha qoladi.  
Biroq  madomiki  har  bir  narsa  qarama-qarshiliklar  birligi  sifatida  real  mavjud  ekan, 
ularning  o‘zaro  ta'siri    (kurashi)  davomida  harakatda  bo‘lar,  o‘zgarar  ekan,  narsaning 
mohiyatini  bilish  uning  qarama-qarshi  tomonlarga  ajralishini,  rivojlanishning  qarama-qarshi 
tendensiyalarini  aniqlashni  va  undan  ob'ektga  hos  sifatiy  va  miqdoriy  ko‘rsatkichlarni 
chiqarishni taqozo etadi. 
Bu  prinsip  talablari  tahlilning  har  qanday  turiga  emas,  balki  faqat  genetik  tuzulmaviy 
turiga  xosdir,  bu  tur  asosdan  asoslangan  narsagacha  bilish  davomida,  boshlang‘ich  asosdan 
tekshirilayotgan  birbutunning  boshqa  tomonlarini  keltirib  chiqarish  jarayonida  amalga 
oshiriladi.  Tahlil  va  sintez  bunday  yondashuvda  sub'ekt  tafakkurida  tadqiq  etilayotgan 
ob'ektning  rivojlanishi  davomida  yuz  bergan  ob'ektiv  ajralish  va  birikish  jarayonlarini 
takrorlaydi. 


Predmetni tahlil etuvchi fikr harakati va tadqiq etilayotgan predmetning harakati bu yerda 
ayni  bir  bosqich  va  pog‘onalardan  o‘tadi,  ayni  bir  yo‘nalishdan,  ayni  bir  yo‘ldan  boradi. 
Madomiki  tafakkur  o‘z  harakati  bilan  ongda  predmetning  o‘z  rivojida  bosib  o‘tgan  barcha 
asosiy  bosqichlarni  takrorlar  ekan,  tafakkur  natijalari  ham  predmetning  rivojlanishi 
natijalarini  muayyan  aniqlik  bilan  takrorlaydi.  Bilish  jarayonida  tahlil  bilan  sintezning 
qo‘shilishiga  ob'ektning  vujudga  kelishining  ob'ektiv  ichki  (ya'ni  immonent  xos)  mantiqi, 
ob'ektning  rivojlanishidagi  differensiyalashtiruvchi  (ajratuvchi)  va  integratsiyalovchi 
(biriktiruvchi) tendensiyalarning o‘zaro aloqasi sabab bo‘ladi. 
Tizimiylik  prinsipi  o‘rganilayotgan  voqyelikni  universal  kategoriyalar  (tushunchalar)  va 
qonunlar  tizimida  ayrim  elementlar  va  tomonlarga  ajratilgan  yaxlit  tizim  sifatida  qayta 
tiklashni  talab  qiladi.  Bu  tizimda  har  bir  element,  har  bir  tomon  va  qirra  o‘zining  shu 
tizimning paydo bo‘lish va yashash, mavjud bo‘lish qonunlari taqozo etgan, qat'iy belgilangan 
o‘rnini  egallaydi  va  yagona  birbutun  sifatidagi  tizimning  boshqa  elementlari,  tomonlari, 
qirralari  bilan muqarrar o‘zaro aloqada bo‘ladi. 
Bularning  hammasi  tizimiylik  prinsipi  falsafiy  prinsiplar  tizimining  zaruriy  elementi 
ekanligidan dalolat beradi.  Bu prinsip  nafaqat  tizimiylikni, balki  tarixiylikni  ham o‘z ichiga 
oladi,  ya'ni  tadqiq  etilayotgan  reallikni  nafaqat  uning  barcha  aloqalarida,  balki  rivojlanishda 
ham  olib  o‘rganishni  talab  qiladi,  ya'ni  u  bilish  sub'ektining  o‘rganilayotgan  predmetning 
mohiyatiga kirib borishini ta'minlaydi. 
Miqdoriy va sifatiy tavsiflarning o‘zaro aloqalari prinsipi rivojlanish jarayonida miqdoriy 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish