Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   290
Bog'liq
falsafa

va sifatiy o‘zgarishlarning bir-biriga o‘tishi falsafiy qonunining ta'sirini o‘rganadi. 
Sifatiy  tavsiflar  miqdoriy  tavsiflarga,  miqdoriy  tavsiflar  o‘z  navbatida  sifatiy  tavsiflarga 
bog‘likligi  sababli  ob'ektni  bilish  jarayonida  bu  tavsiflarni  qayd  etibgina  qolmasdan,  balki 
ularning  o‘rganilayotgan  ob'ektning  muhim  jihati  bo‘lmish  bir-biri  bilan  aloqadorligi,  bir-
biriga  sababliligini  ham  aniqlamoq  kerak.  Bunda  ob'ektni  tadqiq  etishning  dastlabki 
bosqichlarida  uning  sifatiy  va  miqdoriy  tavsiflari  bir-biridan  alohida  mavjud  bo‘lgan  hodisa 
sifatida  mustaqil  qarab  chiqiladi.  Darhaqiqat  dastlab  sub'ekt  o‘rganilayotgan  ob'ektning 
sifatini  aniqlashga  harakat  qiladi,  o‘ning  sifatini  aniqlab  va  har  tomonlama  tahlil  qilib 
chiqqach  bu  hodisaning  miqdoriy  jihatini  tadqiq  qilishga  o‘tadi.  So‘ngra,  tekshirilayotgan 
ob'ektning sifatiy va miqdoriy tomonlari haqida ishonchli axborot to‘planib borgan sari bilish 
ularning  o‘zaro  aloqadorligini  aniqlashga  o‘tadi.  Hozirgi  zamon  fani  va  amaliyotining 
ma'lumotlari  tadqiq  qilinayotgan  voqyelikning  miqdoriy  va  sifatiy  tavsiflarning  o‘zaro 
aloqadorligini,  miqdoriy  o‘zgarishlarning  sifatiy  o‘zgarishlarga  va,  aksincha,  sifatiy 
o‘zgarishlarning miqdoriy o‘zgarishlarga o‘tishi universal, umumiy harakterga ega ekanligini 
ko‘rsatadi. 
 
2-bob. MeTAFIZIKA BILISh MeTODI SIFATIDA 
 
Dastlab  «metafizika»  atamasining  ma'nosi  hozirgisidan  boshqacha  bo‘lgan.  Eramizdan 
avvalgi  birinchi  asrda  Rodoslik  Andronnik  Arastu  qo‘lyozmalarini  sistemalashtirib,  uning 
fizika  to‘g‘risidagi  traktatlari  guruhidan  keyin  uning  bir  kator  boshqa  mavzudagi  asarlarini 
joylashtiradi.  Bularni  Arastuning  o‘zi  «ilk  falsafa»  deb  atagan  edi.  Bu  borliq  va  bilishning 
dastlabki  oliy  prinsiplarini  aqliy  bilish  to‘g‘risidagi  asarlar  edi.  Mana  shularni  Andronnik 
«metafizika» deb ataydi (yunon tilidagi aynan ma'nosi: fizikadan keyin keladigan narsa). Shu 
an'anaga  binoan  keyingi  zamonlarda  ijod  qilgan  tadqiqotchilar  ham  «metafizika»  deganda 
borliq  va  bilishning  oliy  asoslari  to‘g‘risidagi  falsafiy  tadqiqotlarni  tushunganlar. 
Metafizikani ana shunday tushunishni Yangi zamon falsafasiga qadar uchratamiz. 
Shu  bilan  birga  «metafizika»  tushunchasi  boshqacha  ma'no  ham  kashf  etadi.  Ko‘pincha 
mutafakkirlar olam tabiatini tasvirlar ekanlar, barcha savollarga tugal javob berishga, dunyoni 
to‘la-to‘kis  izohlangan  deb  ko‘rsatishga  intilganlar.  Boshqacha  qilib  aytganda,  modomiki 


dunyo  haqida  muayyan  qarash  to‘g‘ri  ekan,  bu  faqat  bugungi  dunyoni  emas,  balki  tubdan 
o‘zgarmasligi kerak bo‘lgan kelgusidagi dunyoni ham tasvirlab beradi deb o‘ylashgan. Agar 
bilish  metodi  ob'ektni  qandaydir  qotib  qolgan,  rivojlanmaydigan  narsa  sifatida  tadqiq 
etsagina  bunday  fikr  yuritish  mumkin  bo‘ladi.  Shu  tariqa  metafizika  bilish  metodi  sifatida 
shakllandi. 
Metafizika  metodni  birinchi  bo‘lib  I.Kant  tanqid  qildi.  Inson  bilimi,  Kantning  fikricha, 
faqat  o‘nga  sezgi  va  idrokda  berilgan  tajribanigina  izohlay  oladi.  Metafizika  tushunchasini 
yangicha izohlash ham Kantdan boshlanadi. U o‘z falsafasini tanqidiy metafizika deb ataydi, 
zotan,  bilishning  chegaralari  to‘g‘risidagi  barcha  oldingi  falsafiy  bilimlarni  tanqidiy  nuqtai-
nazardan  qarab  chiqadi.  Kant  ta'limotida  butun  falsafa  «tanqidiy  falsafaga»  (ya'ni,  uning 
falsafasiga) va «notanqidiy», dogmatik falsafaga (metafizikaga) bo‘linadi. Xegel ta'limotidan 
boshlab  falsafiy  bilish  metodini  ikki  qarama-qarshi  metodga  –  metafizik  va  dialektik 
metodlarga ajratish boshlanadi.  
Dialektika  bilan  metafizikaning  muqobilligi  to‘g‘risida  gapirganda  biz  metafizikaga 
dialektikani faqat cheklangan doiradagina, ya'ni bilish konsepsiyalari doirasidagina   qarama-
qarshi      qo‘ya      olishimizni    nazarda  tutmoq  kerak.  Metafizikaning  manbai  nimada?  Inson 
bilimi  dastlabki  bosqichlarda  jonli  dunyoni  soddalashtiradi,  dag‘allashtiradi,  jonsizlantiradi. 
Masalan, jonli tabiatni  o‘rganmoq  uchun biz uni  jonsizlantiramiz, so‘ngra alohida  qismlarga 
ajratamiz.  Bu  qismlarni  o‘rganamiz  va  biz  jonli  narsaning    nimaligini  bilib  oldik  deb 
o‘ylaymiz. Lekin biz boshqacha yo‘l tuta olmaymiz, chunki biz bir butun qanday qismlardan 
iborat  ekanligini  bilmay  turib  uning  mohiyatini  bila  olmaymiz.  Bizning  bilimimiz  shunday 
tuzilgan.  Bilish  tarixida  shunday  bosqich  bo‘lganki,  unda  olimlar  va  faylasuflar  birbutunni 
bunday  dag‘allashtirish,  jonsizlantirish  va  qismlarga  ajratish  bosqichini  absolyutlashtirib 
yuborganlar,  buzilgan  bir  butunni  birlashtirish,  sintezlash,  tiklash  yo‘lidan  bormaganlar. 
Dialektikaga  qarama-qarshi  o‘laroq,  metafizikaning  bilish  prinsipi  sifatidagi  manbalari  ana 
shulardan iborat.  

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish