Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Borliqning  ta'riflanishi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   290
Bog'liq
falsafa

Borliqning 
ta'riflanishi 
Borliq  turli  konsepsiyalarda  turlicha  talqin  etiladi.  Ayrim  tadqiqotchilar  uni  muayyan 
moddiy  jism,  moddiy  borliq  sifatida  tushuntirishadi,  boshqalar  esa  uni  g‘oyaviy,  ma'naviy, 
ruhiy, ilohiy mohiyat shaklida tushunishadi. Abu Nasr Forobiy yagona borliqni 6 bosqichdan 
iborat deb hisoblagan: 1-ilk sabab (sababi-avval) - xudo; 2-sabab - (sababi- soniy) - samoviy 
jismlar borlig‘i; 3-sabab - faol aql (al-aql al-faol); 4-sabab - jon (an-nafs); 5-sabab - shakl (as-
surat); 6-sabab - modda (al-modda)
293
. Bu bosqichlar bir-biri bilan sababiy bog‘langan bo‘lib, 
ular barcha mavjudlikning boshlang‘ichi hisoblanadi.  
Borliq tushunchasi atrofida faylasuflar har doim keskin munozaralar, tortishuvlar, bahslar 
olib  borishgan  va  bu  bahslar  haligacha  davom  etmoqda.  Xullas,  «borliq»  falsafadagi  eng 
umumiy tushunchadir. Borliqqa aksil tushuncha sifatida «yo‘qlik» tushunchasini ishlatishadi. 
Yo‘qlik hyech nimani, ya'ni nazarda tutilgan joyda hyech nima mavjud emasligini anglatadi.  
Borliq  ilgari  mavjud  bo‘lgan,  hozir  mavjud  va  kelajakda  mavjud  bo‘ladigan  ob'ektiv 
hamda  sub'ektiv  reallikni  ham  o‘ziga  qamrab  oladi.  Ya'ni  tabiat,  inson,  fikrlar,  g‘oyalar, 
jamiyat hammasi turli shakllarda mavjuddir. Ularning barchasi mavjud bo‘lganligi uchun ham 
yaxlit yagona borliqni tashkil etadi.  
Ko‘pincha  borliqni  inson  ongidan  tashqarida  va  unga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  mavjud 
bo‘lgan  reallikni  ifodalovchi  falsafiy  kategoriya  sifatida  ta'riflashadi.  Bunday  ta'rifning 
kamchiligi shundaki, bu ta'rifda borliq ob'ektiv reallik tushunchasi bilan aynanlashib qolgan.    
Aslida  esa  borliq  kategoriyasi  umumiylashgan  abstraksiya  bo‘lib  mavjudlik  belgisi 
bo‘yicha  turli  xil  hodisalar,  predmetlar  va  jarayonlarni  o‘zida  birlashtiradi.  Tabiiy ob'ektlar, 
ularning  xossalari,  aloqadorliklari  va  munosabatlari,  kishilar  jamoasi  va  ayrim  odamlar, 
ijtimoiy  tashkilotlar,  inson  ongining  holati  va  boshqalar  ham  borliq  tushunchasiga  kiradi. 
Borliq  nafaqat  predmetlarni,  jismlarni,  ob'ektiv  reallikni,  balki,  ma'naviy  hodisalarni, 
ruhiyatni, ong va tasavvurnisub'ektiv reallikni ham o‘ziga qamrab oladi.  
Borliqning asosiy sohalariga tabiat, jamiyat va ong kiradi. Bu sohalar uchun umumiy jihat 
-  ularning  mavjudligidadir.  A.G.Spirkin  shunday  yozadi  «Barcha  mavjud  narsalar  borliqqa 
mansubdir.  Ularga  moddiy  jismlar  ham,  barcha  (fizik,  ximik,  geologik,  biologik,  ijtimoiy, 
psixologik,  ma'naviy)  jarayonlar  ham,  ularning  xossalari,  aloqalari  va  munosabatlari  ham 
kiradi. U chyqur hayolotning mevasi bo‘lgan ertak va afsonalar, hatto bemorning xayolidagi 
alahsirashlar ham, borliqning qismi bo‘lgan ma'naviy reallik sifatida mavjuddir»
294
. Shunday 
qilib  «ruh  va  materiya,  hyech  bo‘lmaganda  mavjudlik  sifatida  umumiylikka  egadir» 
(I.Ditsgen).  Shubhasiz,  ular  bir-birlaridan  farq  ham  qilishadi.  Agar  moddiylik  va 
ma'naviylikni bir-biriga taqqoslasak, moddiylik sub'ektdan mustaqil ravishda, ma'naviylik esa 
unga bog‘liq ravishda mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, borliq mohiyat jihatidan moddiy borliq 
va ma'naviy borliqqa bo‘linadi.  
                                                 
293
 Очерки истории общественно-философской мысли в Узбекистане. Т.:Фан, 1977. 63-64-б. 
294
 Спиркин А.Г. Философия. М., 2000. 243-б. 



Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish