Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   290
Bog'liq
falsafa

topish,  barqarorlik,  parchalanish  va  qayta  paydo  bo‘lish  jarayonlarini  tadqiq  etuvchi 
nazariyadir.  
Sinergetika  dialektikaning  quyidagi  g‘oyasini  tasdiq-laydi  –  har  bir  ob'ekt  olamdagi 
hodisalarning umumiy bog‘langanligi oqibatida uni qurshab turgan xilma-xil jarayonlar bilan 
uzviy bog‘langan bo‘lib, ayni vaqtda turli qismsistemalardan tarkib topadi. Ob'ektning xar bir 
tarkibiy  qismi  boshqa  tarkibiy  qismlar  va  tashqi  dunyo  bilan  o‘zaro  bog‘lanishda  mavjud 
bo‘ladi. Shu sababli xar bir tarkibiy qism o‘ziga xos individual aloqalar tizimiga ega bo‘ladi, 
demak u o‘ziga xos harakatga va ichki harakatga ega bo‘ladi va oqibatda ob'ektning ichki o‘z-
o‘zidan differensiatsiyalanuvi tendensiyasi paydo bo‘ladi. Ayni vaqtda birbutun ob'ekt uning 
                                                 
1
1
 Г.Хакен. Синергетика, М., 1980. 31 бет. 
2
2
 Ѝша жойда, 15-бет.  


birbutunligi saqlanishi mobaynida o‘z qismlariga ta'sir o‘tkazadi, shu sababli ob'ektning ichki 
o‘z-o‘zidan integratsiyalanuvi tendensiyasi paydo bo‘ladi.  
O‘z-o‘zidan  differensiatsiyalanuv  va  o‘z-o‘zidan  integratsiyalanuv  ziddiyati  ob'ekt 
tarkibida  bir-biriga  qarama-qarshi  turuvchi  tomonlarning  shakllanishiga  olib  keladi.  Bu 
tomonlar ob'ekt tarkibidagi bir turdagi qismlarining o‘zini-o‘zi tashkil qilish oqibatida paydo 
bo‘ladi. Qismlarning muayyan guruhining bir turda bo‘lib qolishi va  o‘zini-o‘zi tashkil qilib 
integratsiyalashish  jarayoniga  kirishi  ularning  birbutunlik  tarkibidagi  bir-biriga  o‘xshash  va 
yaqin  xolatidan  kelib  chiqadi.  Qarama-qarshi  tomonlarning  bir-birini  inkor  etish  jarayoni  bu 
tomonlarning  har  birining  ichki  birbutunligini  kuchaytiradi.  Qarama-qarshi  tomonlarning 
ushbu o‘zaro ta'siri jarayonida ular quyidagi pog‘onalardan o‘tib rivojlanadi: aynanlik, birlik, 
farqlanish, qarama-qarshilik, ziddiyat, to‘qnashuv, antagonizm. So‘ngra rivojlanish jarayonida 
qarama-qarshi  tomonlarning  biri  tomonidan  ikkinchisini  dialektik  inkor  etish  pog‘onasi 
boshlanadi.  O‘z  tarkibiy  qismlarining  jipsligiga  ega  bo‘lgan  sifat  jixatdan  yangi  bo‘lgan 
birbutunlikga o‘tish jarayoni, sakrash sodir bo‘ladi. Bu yangi birbutunlik tarkibida yangi o‘z-
o‘zini  differensiatsiyalash  va  o‘z-o‘zini  integratsiyalash  jarayoni  boshlanadi.  O‘z-o‘zini 
differensiatsiyalash  jarayoni  orqali  amalga  oshayatgan  rivojlanish  natijasida  faqat  biri-biri 
bilan yonma-yon mavjud bo‘lgan, biri-biri  bilan bog‘lanmagan narsalar majmuasi emas, balki 
yahlit bir tizimga birlashgan, sintezlashgan, integratsiyalashgan xilma-xillik shakllanadi, ya'ni 
rivojlanish jarayonida ayni vaqtda dialektik sintez ham sodir bo‘ladi. 
Sinergetika    taraqqiyot  konsepsiyasini  chuqurroq    ifoda  etishga  imkon  beradi.  I.Prigojin 
ta'kidla-shicha:  «ham  klassik,  ham  kvant  mexanikada  agar  qaysidir  bir  vaqtda  sistemaning  
holati  yetarli  aniqlikda ma'lum bo‘lgan bo‘lsa, unda kelajakni juda bo‘lmaganda prinsipda 
oldindan  aytish  mumkin  edi.  Buning  ustiga  bunday  turdagi  nazariy  sxema  ko‘rsatdiki, 
qaysidir  bir  ma'noda  «hozir»  o‘zida  o‘tmish  va  kelajakni  saqlaydi.  Ko‘rib  turganimizdek, 
haqiqatda unday emas. Kelajak o‘tmishning tarkibiy qismiga kirmaydi. Hatto fizikada (huddi 
sotsiologiyadagidek)  atigi  xilma-xil  mumkin  bo‘lgan  «ssenariylar»nigina  oldindan  aytish 
mumkin»
290
.  
Sinergetika  taraqqiyotning    qator  fundamental  o‘ziga  xosliklarini  ochib  berishga  imkon 
beradi.  U  quyidagilarni  ko‘rsatadi:  1)  taraqqiyot  jarayonida  fluktuatsiyalarning  o‘rni  keskin 
o‘tish,  sifat  jihatdan  sakrash  nuqtasiga  yaqin  bosqichda  hal  qiluvchi  hisoblanadi,  ular  bu 
sakrash  arafasida  kuchayadi  va  u  haqida  darak  beradi;  2)  bu  sakrash  jarayonida  amaldagi 
sharoit  va  vaziyatlarga  bog‘liq  bo‘lgan  taraqqiyotning  ko‘rinishi  shakllanadi,  bifurkatsiya 
nuqtasida  taraqqiyotning  bundan  keyingi  yo‘nalishining  aniq  bir  variantining  ko‘pdan  ko‘p 
mumkin bo‘lgan variantlardan  «tanlovi» sodir bo‘ladi; 3) taraqqiyotning bunday bifurkatsion 
tabiati  oqibatida  taraqqiyotning  qaytmaslik  xususiyati  paydo  bo‘ladi;  4)  taraqqiyot  jarayoni 
umumiy  holatda  muvozanatsiz  sistemalar  rivojlanishi  va  muvozanatsiz  bosqichli  o‘tishlar 
bilan  bog‘liq  va  shuning  uchun  o‘zida  tebranishlar,  fazoviy  strukturalar  va  tartibsizliklar 
shakllanishini  qamrab  oladi;  5)  taraqqiyot  jarayoni  kogerentlik,  turbulentlik,  dinamik 
tartibsizlik,  dissipativ  va  avtoto‘lqinli  strukturalar  dinamikasi,  kengmasshtabli  spontan 
fluktuatsiyalar  kabi  bungacha  taraqqiyot  konsepsiyasi  qamrab  ololmagan  ko‘pgina  boshqa 
fenomenlarni  o‘z  ichiga  oladi
291
;  6)  taraqqiyot  jarayonida  determinatsiyaning  o‘ziga  xosligi 
mavjud va bifurkatsiya nuqtalari orasida deterministik qonunlar, bifurkatsiya nuqtalarida esa 
ehtimoliy  qonunlar  ustunlik  qiladi;  7)  har  qanday  sistemalarning  tuzilish  barqarorligining 
chegaralari  mavjud  bo‘ladi,  tegishli  muvozanatdan  chiqaruvchi  ta'sirlar  orqali  ularga  yetib 
borish mumkin, keyin yangilanish elementlari va yangi sistemalar shakllanadi va bu jarayon 
                                                 
290
 Пригожин И. От сушествующего к возникающему: Время и сложность в физических науках. М. 1985. 
16-17-б. 
291
 Пригожин И., Стенгерс И. Время, хаос, квант. М.,1994; Haken H. Information and self-organization: a 
makroscopic approach to complex systems. Berlin, 2000 


tuganmasdir;  8)  taraqqiyot  jarayonining  makro-  va  mikrodarajalari  o‘rtasida  chambarchas 
bog‘liqlik mavjud
292
.      
Shunday  qilib,  sinergetikaning  hozirgi  davrdagi  rivojidan  chiqarish  mumkin  bo‘lgan 
asosiy falsafiy saboq shuki, u noorganik tabiatda o‘z-o‘zidan tashkil topish mavjudligini isbot 
qilib  berdi.  Materiyaga  tashqi  ta'sir  natijasida  o‘zgaruvchi  inert  ob'ekt  deb  emas,  balki  o‘z-
o‘zini tashkil qila oladigan hamda bamisoli o‘z «iroda»sini va ko‘ptomonlamaligini namoyon 
eta  olgan  ob'ekt  deb  qaraladigan  bo‘ldi.  Bu  ma'lumotlar  statik  va  jonli  materiya 
tushunchalarini ajratib turgan oraliqni ancha kamaytirdi. Agar biz bir tomondan, o‘z-o‘zidan 
tashkil  topuvchi  tuzilmalarning  xossalari  va  vujudga  kelishi  sharoitlari  bilan,  ikkinchi 
tomondan,  biologik  evolyusiyaning  eng  muhim  jihatlarini  bir-biriga  taqqoslab  ko‘radigan 
bo‘lsak,  biz  ikki  holda  ham  o‘zgarishlar  ayni  bir  xil  qonunlarga  bo‘ysunadi  va  o‘xshash 
tendensiyani namoyon qiladi, degan xulosaga kelamiz.  
 
                                                 
292
 Пригожин И. От существующего к возникающему: Время и сложность в физических науках. М. 1985. 
119-б. 


IV Bo‘lim. BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYa)  

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish