Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrlar Sharq falsafasi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   290
Bog'liq
falsafa

3-§. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrlar Sharq falsafasi 
 
 Arab  ma'rifatparvarligi.  Bir  necha  asrlar  davomida  Usmonlilar  imperiyasi  hukmronligi 
ostida  bo‘lgan  Arab  Sharqi  mamlakatlariga  XIX  arsning  boshida  imperialistik  davlatlarning 
kirib  kelishi  boshlandi.  Ular  xom-ashyo  manbalariga  va  o‘z  matolarini  sotishga  qulay  bozor 
bo‘lgan Arab Sharqini o‘z ta'sir doiralariga olishni qadimdan mo‘ljallagan edilar. Bu mintaqa 
mamlakatlari asta-sekin dunyo kapitalistik taraqqiyoti doirasiga tortila boshladilar. 
Arab mamlakatlarining ko‘pgina mutafakkirlari va siyosiy arboblari arab dunyosi turmush 
tarzini qayta ko‘rib chiqishni boshladilar. An'anaviy xulq - atvor va odatlar, oilaviy turmush 
tarzi, tashqi siyosat, ta'lim tizimi, din tanqid ostiga olindi. 
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab an-Naxda (Uyg‘onish) nomini olgan umumarab madaniy 
va  mafkuraviy  yuksalish  davri  qayd  etiladi.  An-Naxda  har  taraflama  taraqqiyot  sifatida 
tushunilardiki,  uning  manbasining  G‘arbning  madaniy  va  ilmiy  yutuqlari  bilan  bir  qatorda 
arab  merosi  va  milliy  ma'naviy  boyliklari  ham  tashkil  etadi.  Bunda  arablarning  o‘tmishdagi 
kuch-qudratini qaytadan tiklash  maqsadi  qo‘yilgan edi. Ayni vaqtda an-Naxdaning  arboblari 
turk va ingliz zulmiga qarshi milliy ozodlik uchun kurashuvchilar ham edilar. 
                                                 
213
 См. М.Н.Грецкий. Структурализм. Философский энциклопедический словарь. –М., 1989, 630-б.  


Arab mutafakkirlari G‘arb sivilizatsiyasining yutuqlarini o‘z mamlakatlari taraqqiyotining 
saviyasi  bilan  taqqoslab,  shunday  xulosaga  keldilarki,  «Sharqning  barcha  bemorligining 
ildizi-  jaholatdadir».  Shunday  qilib  arab  ijtimoiy  fikridagi  yirik  oqimlardan  biri  bo‘lgan  –
ma'rifatparvarlik  vujudga  keldi.  Uning ko‘zga  ko‘ringan vakillari  Butrus al-Bustoniy  (1819-
1883),  Rifaa  at-Taxtoviy  (1801-1873),  Ali  Muborak  (1824-1893),  Nasif  al-Yazijiy  (1800-
1871), Frensis Marrash (1836-1873) va boshqalar edilar. 
Ma'rifatparvarlar  faoliyatida  asosiy  o‘rinni  arablarni  yevropaning  fan  va  texnikasi 
yutuqlari, adabiyoti va ijtimoiy-siyosiy nazariyalari bilan tanishtirish, arab tili va adabiyotini 
mukammallashtirish, arab mamlakatlarining tarixi va an'analarini o‘rganish, arab matbuoti va 
kitob nashr etish ishlarini shakllantirish ishg‘ol qilar edi. 
 XIX  asrning  60-70-yillari  chegarasida  ma'rifatparvarlik  harakati  va  arab  madaniyatini 
qaytadan 
tiklash 
musulmon 
islohotchiligi 
yoki 
islom 
modernizmi 
(islomni 
zamonaviylashtirish)  nomi  ostida  mashhur  bo‘lgan  keng  diniy  oqimga  asos  bo‘ldi. 
Islohotchilik  harakatining  tarafdorlari  islom  obro‘sini  buzmaslikka  va  uning  e'tiqodiy 
asoslariga  rahna  solmaslikka  intildilar.  Ammo  ular  islomni  keyingi  davrlarda  qo‘shilgan 
diniy-aqidaviy  begonalik  va  buzilishlar,  ilk  davrlardagi  huquqiy  talqinlardan  tozalashga 
chaqirdilarki,  ular  allaqachon  qotib  qolgan  aqidalarga  aylanib,  hozirgi  zamon  talablariga 
muvofiq  kelmas  edilar.    Islohotchilar  Qur'onni  erkin  talqin  qilish  huquqi  uchun  jonbozlik 
ko‘rsatdilar, ya'ni islom aqidalarini aqliy jihatdan tushunishga chaqirdilar. 
Jamoliddin al-Afg‘oniy (1839-1897) XIX asr oxiridagi Sharq ijtimoiy-siyosiy arboblari va 
islohotchilaridan  biri  ediki,  ular  islomning  ijtimoiy-falsafiy  tizimini  ilm-fan,  ta'lim-tarbiya, 
madaniyat  sohalaridagi  rivojlanish,  ijtimoiy-siyosiy  o‘zgarishlar,  mustamlakachilikka  qarshi 
kurash  ashroitida  qayta  ko‘rib  chiqish  zarurligini  tan  olar  edilar.  U  taqlidni  (diniy  jihatdan 
obrumand kishilarning aytganlariga ko‘r-ko‘rona ergashish) tag-tomiri bilan sug‘urib tashlash 
tarafdori bo‘lib, erkin izlanishni tutib turuvchi qotib qolgan aqidalarga qarshi chiqib, borliqni 
sirlarini «Xudo tomonidan yaratilgan mavjudotlar ichida eng olijanobi va  butun yer yuzining 
sohibi  bo‘lgan  insonning  e'tiqodi»ga  tayanib  qayta  ko‘rib  chiqishga  chaqirdi.  Inson  aqlini 
erkinlashtirish  jarayonini  islohotchilar  arab  falsafiy  merosini,  jumladan,  mantiqini 
o‘zlashtirish  bilan  bog‘ladilar.  Al-Afg‘oni  mantikni  falsafiy  bilimlarga  muqaddima 
hisoblangan Ibn Sino asarlariga ayniqsa, katta e'tibor qaratdi. 
Musulmon  islohotchilari  shunday  qoidani  ilgari  surdilarki,  unga  binoan  Xudo  haqidagi 
bilim  muayyan  ashyolarni  idrok  qilish  bilan  barobardir.  Ularning  fikricha,  inson  aqlining 
imkoniyati  tajriba  doirasida  chegaralangan.  Ashyolar  va  hoodisalar  mohiyatini  to‘la  bilish 
mumkin emas, negaki, undan keyin inson uchun yetishib bo‘lmaydigan Xudo doirasi keladi. 
Bilish  mumkin  bo‘lgan  doirada  iroda  erkinligi  omili  amal  qiladi.  Bu  masalada  Al-Afg‘oniy 
ilohiy  taqdiri  azalning  mutlaq  xususiyatini  inkor  qiluvchi  mu'taziliylar  qarashlarining 
merosxo‘ri  sifati  maydonga  chiqadi.  U  konstitutsiyaga  asoslangan  saltanatni  saqlagan  holda 
parlament tarzidagi boshqaruvni taklif etdi. 
Al-Afg‘oniyning shogirdi bo‘lgan mashhur siyosiy arbob va islohotchi shayx Muhammad 
Abdo  (1849-1905)  ham  asrlar  davomida  qotib  qolgan  aqidalar  qobig‘idan  islomni  dastlabki 
sof  holiga  qaytarish  lozim  deb  hisoblar  edi.  Abdoning  harakat  manbai  sifatidagi  Xudo 
to‘g‘risidagi tasavvuri, ob'ektiv dunyoni tan olishi, insonning iroda erkinligi va aqlning o‘rni 
haqidagi  qarashlari  mu'toziliylar  ta'limotini  Yangi  tarzda  qaytadan  idrok  qilishga  borib 
taqaladi. 
Xoliq timsolida Abdo borliqning birinchi sababini ko‘rdiki, unga muvofiq barcha narsalar 
sabab-oqibat munosabatlari bog‘liqligida va doimiy ravishda tadrijiy rivojlanish holatida edi. 
E'tiqodsizlik  insonni  sabab  va  oqibatni  bilish  imkoniyatidan  mahrum  qiladi.  Ammo  Xoliqqa 
ishonish  ko‘r-ko‘rona  ravishda  diniy  aqidalar  va  obrumand  kishilarning  aytganlariga  emas, 
balki  e'tiqod  kiluvchining  ichki  e'tiqodi  va  Xudoning  mavjudligining  asoslanganligiga,  diniy 
qoidalar va hukmlarning aql orqali qabul qilishga muvofiqligiga asoslanishi lozim. 


Adolatni  adolatsizlikdan  farq  qilishni  bilishga  qodir  bo‘lib  tug‘ilgan  inson  ma'naviy 
yuksaklikka faqat islom asoslarini o‘zlashtirgan taqdirdagina erishishi mumkin. Islom birinchi 
bo‘lib  aqlga  murojaat  qildi,  deb  ta'kidlaydi  Abdo,  va  shuning  uchun  insonning  barcha 
qobiliyatlarini  rivojlantirishga  imkon  beradigan  abadiy  dindir.  Uning  maqsadi  insonni 
yaxshilash  va  uning  huzur-xalovatini  kelajak  dunyoda  ta'minlashdangina  iborat  bo‘lmasdan, 
balki  yerdagi  hayotda  ham  baxt-saodatli  qilishdir.  Shuning  uchun  unda  xayrli  ishlar  qilish, 
ojizlarga  yordam  berish  va  maorif  targ‘ibotiga  katta  e'tibor  berilgan.  Barcha  diniy 
majburiyatlar  inson  ta'lim  tarbiyasida  muhum  o‘rin  tutadi:  namoz  o‘z  hissiyotlarini  xudoga 
izhor  qilishga  yordam  beradi,  ro‘za-xait  quvonchlarini  baholash,  xaj  va  kambag‘allar 
foydasiga olinadigan soliq (zakot) tenglik va hamkorlik his-tuyg‘ularini idrok etishga yordam 
beradi va hokazo. 
 G‘arb  madaniyati  va  falsafiy  oqimlarining  yoyilishi  islom  tarafdorlari  tomonidan 
qandaydir  yot  va  begona  narsa  sifatida  qabul  qilindi.  «An'anaviy  oqim  tarafdorlari»  g‘arb 
falsafasini inkor etib, islom sofligi va islom falsafasining o‘ziga xosligini qattiq turib himoya 
qildilar. Bu oqim «Yangi kalom» nomini oldi va uning vakillari Sayyid al-Qutb (1966 yilda 
qatl etilgan), Anvar al-JundiyUsmon AminMuhammad al-Baxiy va boshqalar edilar. 
Sayyid  al-Qutb  islomni  xristianlikdan  ko‘ra  afzalligi  shiorini  olg‘a  surdi,  negaki,  u 
dunyoviy hayot bilan ma'naviy hayot o‘rtasidagi tafovutni tan olmaydi. Shuning uchun islom 
haqiqatan ham insonparvar dindir. Bu «voqyeylikdagi idealizm» yoki «idealistik realizm»dir. 
Xristianlikdan  farqli  o‘laroq,  u  hyech  qachon  fanga  qarshi  turgan  emas.  yevropa  fani  o‘z 
ibtidosini  undangina  boshlagan.  Islom  qandaydir  qo‘shimcha  falsafiy  g‘oyalarga  ehtiyoj 
sezmagan va sezmaydi ham. Sayyid Qutb o‘rta asrlardagi arab tilidagi falsafani tanqid ostiga 
oldi, negaki, uning qayd etishicha, Ibn Sino, Ibn Rushd, al-Forobiyning hyech birida dunyoni 
tushunishda  haqiqiy  islomiy  tushuncha  bo‘lmagan.  Ularning  falsafasi  –  unga  nisbatan 
qandaydir  yot,  ruhan  begona  bo‘lgan  qadimgi  Yunon  falsafasining  soyasidir.  Sayyid  Qutb 
qayd  etadiki,  agar  islomga  qandaydir  falsafiy  tizimlarning  unsurlari  kirib  kelsa,  ular  islomni 
buzilishiga  olib  keladi.  Islomni  o‘zida  Qur'on,  hadislar,  Payg‘ambar  hayoti  va  u  kishining 
amaliy ko‘rsatmalarida ochib berilgan o‘ziga xos to‘kis-tugal dunyoqarash mavjud. Sayyid al-
Qutbning  ta'limotiga  ko‘ra,  insoniyat  mo‘minlar  va  adashganlarga  bo‘lingan  bo‘lib,  ular 
o‘rtasida hyech qanday murosa va hamjihatlikda yashashning o‘zi bo‘lishi mumkin emas. 
Misr  faylasufi  Anvar  al-Jundiy  ham  al-Kindiy  al-Forobiy,  Ibn  Sino  va  Ibn  Rushdni 
yunonlilarning  faqat  taqlidchilari  deb  bilib,  taqlidchilar  esa  aqliy  tamoyilga  qodir  emas,  deb 
hisoblaydi. An'anaviy oqim tarafdorlari fikricha, falsafa arab madaniyatiga yot unsur bo‘lib, 
notanqidiy  o‘zlashtirishning  natijasidir.  Arablarning  o‘ziga  xosligi  va  ularning  haqiqiy 
iste'dod  g‘oyasini  diniy-falsafiy  matnlardan  qidirish  lozim.  Anna  shu  narsagina,  islom 
tomonidan  yaratilgan,  musulmon  madaniyatidir.  Islom  falsafasi  «Qur'oniy  falsafa»  bo‘lib, 
qadimgi dunyo falsafasiga hyech qanday aloqasi yuq. Ularning tubdan farqini dunyoqarashga 
bo‘lgan  qiziqish  belgilaydi,  negaki,  islom  o‘z  asosini  uning  uchun  abadiy  qadriyat  bo‘lgan 
narsalardan qidirib topadi. 
Boshqa  arab  faylasuflari  musulmonchilikka  Yunon  falsafasining  ta'sirini  tan  oladilar, 
ammo  uning  taraqqiyotidagi  asosiy  o‘rinni  islomga  beradilar.  Masalan,  Usmon  Amin  qayd 
etadiki,  o‘rta  asrlardagi  faylasuflarning  birinchi  eng  muhim  va  o‘ziga  xos  hissalari 
yakkaxudolik (at-tavhid) ta'limotining vujudga kelishi bo‘lib, ushbu ta'limot Forobiydan tortib 
Muhammad  Abdogacha  barcha  musulmon  faylasuflari  tomonidan  qo‘llab-quvvatlangan. 
Ularni Qur'on va hadislar ruhlantirgan. 
Musulmon falsafasining boshqa bir vakili Muhammad al-Baxiy o‘zining «Hozirgi zamon 
islom tafakkuri va uning g‘arb imperializmiga munosabati» (1957) kitobida dinni taassub deb 
hisoblovchi  Marks  ta'limoti,  mantiqiy  pozitivizm  va  boshqa  falsafiy  yo‘nalishlarni  tanqid 
qiladi.  U  shuningdek,  islom  ta'limotini  G‘arb  nuqtai  nazaridan  talqin  qiluvchi  musulmon 
islohotchilarini ham tanqid ostiga oladi. 


 «Islom  sotsializmi»  g‘oyasini  XIX  asrning  oxiridayoq  Jamoliddin  al-Afg‘oni  o‘rtaga 
qo‘ygan  ediki,  ilk  islom  qoidalarini  G‘arbning  demokratik  g‘oyalari  bilan  bir  tarkibda 
ekanligini ta'kidlash intilishida o‘z ifodasini topgan edi. U shunday shiorni olg‘a surdiki, unga 
binoan ijtimoiy adolatning sotsialistik g‘oyalari islomning tagzaminida mujassamlashgandir. 
50-60-yillarda  musulmon  mamlakatlarida  sotsialistik  va  kapitalistik  yo‘ldan  farq  qiluvchi 
«taraqqiyotning uchinchi yo‘li» haqidagi nazariya va «islom sotsializmi» deb atalgan ta'limot 
o‘rtaga qo‘yildi. Islom sotsializmi nazariyasining turli xil, gohida qarama-qarshi ko‘rinishlari 
o‘zini  namoyon  eta  boshladi.  Bu  nazariyaga  muvofiq  sotsializm  faqat  islomga  qarshigina 
emas,  balki  baraks  uning  haqiqiy  mohiyatiga  mos  tushadi.  «Musulmon  birodarlar» 
Assotsiatsiyasining  mafkurachilari  bo‘lgan  Mustafo    as-Siboiy  va  Muhammad  G‘azzoliy 
«islom  sotsializmi»  ni  «ilmiy  sotsializm»ga  ters  bo‘lgan  narsa  sifatida  qarab  chiqdilar. 
Ularning nuqtai nazarlarining mohiyati – ilk islomni mutlaqlashtirish edi, negaki, ular fikricha 
Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar zamonlarida birinchi «sotsialistik jamiyat» tashkil topgan edi. 
Liviya rahbari  Muammar Qaddafiy  «umumiy nazariyasi»da ham «yangi»  jamiyat  qurish 
maqsadi  e'lon  qilinadi.  Uning  asosida,  islomda  o‘z  ifodasini  topgan  sotsialistik  g‘oyalar»  ga 
tayanuvchi  ijtimoiy  sistemani  bunyod  etish  haqidagi  qoida  yotadi.  «Biz,  -  deb  ta'kidlaydi 
Qaddafiy,  -  sotsialistlarmiz,  ammo  Qur'on  doirasidagi,  biz  –  sotsialistlarmiz,  ammo  dinimiz 
ruxsat beradigan hududlarda»
214

 Millatchilikning  mahalliy  ko‘rinishlari  (Misr,  Suriya  va  boshqalar)  paydo  bo‘lgandan 
keyin  arab  dunyosida  arab  millatchiligi  (panarabizm)  mafkurasi  shakllandi.  U  XIX  asrning 
oxirgi  choragida  arablarning  yagona  millat  ekanligi  haqidagi  tasavvurlarga  asoslangan  va 
arablarning  o‘zligini  anglashining  shakllanganligini  in'ikos  ettiruvchi  siyosiy  g‘oya  sifatida 
vujudga keldi. 
Arab  millatchiligi  o‘zining  yorqin  ifodasini  turklarga  qarshi  qaratilgan  harakatda  topdi. 
Birinchi  bo‘lib  panarabizmning  asosiy  qoidalarini  ifodalashga  Suriya  mafkurachisi  Abu  ar-

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish