va aksincha. Masalan, so‘zni tushunish ushbu so‘z tarkibiga kirgan gapni tushunishsiz
mumkin bo‘lmaydi; o‘z navbatida gapni tushunish uning tarkibiga kiruvchi so‘zlarni
tushunishni taqozo etadi. Shleyermaxer va Dilteyni an'anaviy germenevtika deb ataluvchi
oqimning vakillariga mansub hisoblashadi.
XX asrdagi falsafiy germenevtikaning eng yirik vakili va asoschisi
Xans Georg
Gadamerdir. M. Xaydergger izidan borib Gadamer tushunchani insonni bilish faoliyatining
tomonlaridan biri deb emas, balki uning borlig‘ining vositasi deb biladiki, bu bilan
germenevtika muammmosini uslubiy va bilish nazariyasi sohasidan borliq haqidagi masalaga
o‘tkazadi.
Asosiy germenevtik bajariladigan tartibini Gamer «joyini o‘zgartirish» emas, balki «
tatbiq
etish» hisobladi – matn muallifi tajribasini o‘zining vaziyatiga tatbiq etish, o‘tmish va hozirgi
davr ufqlarini birlashtirish kabi. U to‘la joyini o‘zgartirish (gavdalantirish) imkoniyatiga
ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘ldi. O‘tgan davrlarni to‘la gavdalantirishni ta'minlash
mumkin emas. Shuning uchun germenevtikaning bosh vazifasi Gadamer uchun «tiklash»
emas, balki
mazmunni «yaratish» dir. Shunday bo‘lganda har bir talqin qiluvchi avval
boshdanoq bir xil ma'noga ega bo‘lmagan matn mazmunidan o‘zining ma'nosi mazmunini
keltirib chiqaradi. Har bir voqyea talqini matnning «harakat tarixida», «hodisa»dir, «an'ana»
bilan gaplashishdir va shu bilan birga an'anani o‘zini «amalga oshirish»dir. An'ana Gadamlar
uchun oddiygina so‘zlab berish kerak bo‘lgan rivoyat yoki yodgorliklar va matnlar majmuasi
emas. Biz an'analarni «amalga oshirish»ning ishtirokchilari hamdirmiz.
Tushunish Gadamer uchun «tajriba», dunyoni o‘zlashtirishning umumiy vositasidir.
Germenevtik tajriba asosida til yotadi. U bizga go‘yoki dunyoni beradi. Til «hamma nrsani
qamrab oluvchi, dunyo talqinini oldindan payqab oluvchidir.. dunyo biz uchun hamisha ham
tilda talqin qilingan dunyodir… bu esa, tabiiyki, shunday ma'noni bildiradiki, ushbu til
talqinining ichida boshlanadigan tushunchalarni tashkil bo‘lish jarayoni hyech qachon eng
boshidan boshlanmaydi»
211
. Shuning uchun o‘z tabiatiga ko‘ra tushunish – til hodisasidir.
Bundan shunday xulosa qilinadi: «
Tushunib olish mumkin bo‘lgan borliq, til demakdir»
212
.
XX asrning 20-nchi yillaridan boshlab, ijtimoiy-gumanitar fanlarda
strukturalizm
(tuzilish) deb umumiy nom olgan harakat boshlanadi. Uning asosida yotgan strukturali uslub
dastavval tilshunoslikda (lingvistikadagi Praga, Kopengagen va Yel strukturalistik maktablari)
ishlab chiqilgan bo‘lib, keyinchalik ijtimoiy-gumanitar bilimlarning boshqa sohalarida
(adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik, ruhshunoslik, jamityashunoslik, og‘zaki ijod
(folkloristika), estetika, irqshunoslik (etnologiya) va boshqalarda) yoyildi. Strukturalizm
Fransiyada eng ko‘p darajada yorqin namoyon bo‘ldi. Uning asosiy vakillari
K.Levi-Stross,
Do'stlaringiz bilan baham: