Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   290
Bog'liq
falsafa

tollensni  nazarda  tutadi.  Popper  nazaridagi  ilmiy  nazariyalarni  tanlash  va  tekshirishning 
umumiy tasviri quyidagicha ko‘rinishga ega: taxminlar o‘rtacha qo‘yilgandan keyin mantiqiy 
deduksiya  yordamida  ulardan  qandaydir  xulosalar  keltirib  chiqariladiki,  ularni  tajribada 
tekshirishdan  o‘tkazish  mumkin  bo‘ladi.  Agar    xulosalardan  biri  tasdiqlanib  qolsa,  biz  ham 
taxminning haqiqiyligi haqida hukm yurita olmaymiz. Ammo agar ana shunday xulosalardan 
biri  rad  etilsa,  undan  shu  narsa  kelib  chiqadiki,  taxmin  yolg‘on  bo‘ladi.    Bundan  Popper 
shunday  xulosaga  keladiki,  «nazariyaning  ilmiy  maqomining  mezoni  uning  soxtalash 
mumkinligi va raddiyaligidir»
202
.    
Popper  fikricha,  ilmiy  bilim  asosan  faraziy  xususiyatga  ega:  «Biz  bilmaymiz-  biz  faqat 
faraz  qilishimiz  mumkin»
203
.  Popper  «Ochiq  jamiyat  va  uning  dushmanlari»  deb  atalgan 
mashhur kitobning muallifi bo‘lib, unda totalitar davlat tuzumlarini tanqid ostiga olib, ularga 
liberal qadriyatlarni qarama-qarshi qo‘ydi. 
                                                 
199
 К.Поппер. Логика и рост научного знания. М., 1983. пер. с. англ. 57-58-б. 
200
 Ѝша жойда. 62-б. 
201
 Ѝша жойда. 48-49-б. 
202
 Ѝша жойда. 245-б. 
203
 Ѝша жойда  226-б. 


 Yangi  tomizm  (neotomizm)  –  katolik  falsafasining  yetakchi  yo‘nalishi  bo‘lib, 
Vatikanning  rasmiy  ta'limoti  sifatida  tan  olingan  va  o‘rta  asr  faylasufi  Akvinalik  Foma 
ta'limoti  –  tomizmning  hozirgi  zamondagi  turidir.  Tomizm  asoslarini  tiklashga  qaratilgan 
birinchi  urinishlar  XIX  asrning  o‘rtalariga  taalluqli  bo‘lsa,  katolik  cherkovining  falsafiy 
ta'limoti sifatidagi rasmiy maqomni u 1879 yilda papa Lev  XIII ning «Aeterni Patris» nomli 
ensiklikida  (farmoyishida)  oldi.  Yangi  tomizmning  eng  mashhur  vakillari  Dezire  Merse 
(1851-1978),  Jak Marten (1882-1973), Eten Jilson (1884-1972) va boshqalar edi. 
Yangi tomizm Uyg‘onish davri va Yangi zamon falsafasini o‘rta asrlar katolik falsafasi va 
madaniyatining qadriyatlarini yemirganligi uchun tanqid ostiga oladi. Yangi tomistchilar o‘z 
falsafiy qarashlarini idealizm va materializm, ssientizm va antissientizmning «o‘taketganligi» 
ni  bartaraf  qilgan  hamda  e'tiqod  va  aql,  ilohiyot  va  falsafa,  din  va  fanni  yagona  butunlikka 
birlashtirgan umumiy falsafa sifatida talqin qiladilar. 
Yangi  tomizm  nuqtai  nazaridan  falsafa  o‘ziga  ikki  tarkibiy  qismni  birlashtiradi:  borliq 
haqidagi ta'limot sifatida metafizikani va tabiat falsafasini. Ko‘pincha uni birinchi sabablar va 
mutlaq  ibtidolar  haqidagi  fan  sifatida  ta'riflaydilar.  Boshqacha  aytganda,  falsafaning  asosiy 
mazmunini  metafizika  tashkil  etadi.  Metafizikaning  asoslari  transsendent  (narigi  dunyo) 
xususiyatga  ega  bo‘lib,  fan  dalillaridan  mustaqil  holatda  bo‘lib,  ulardan  keltirib 
chiqarilmaydilar. 
Yangi  tomistcha  borliq  haqidagi  ta'limot  sof  (Ilohiy)  Borliq  (yoki  borliqning  o‘zini 
ma'nosida) va yaratilgan borliqni ajratib ko‘rsatadi. Borliq va mavjud narsalar bir-birlaridan 
farqlanadilar.  Borliq  dunyoni  yagonaligi  mohiyatini  ifodalaydi,  mavjudlik  esa  –  alohida 
mavjud  bo‘lgan  va  hissiy  ashyolarni  bildiradi.  Boshqacha  ta'bir  bilan  aytganda,  sof  borliq  
ashyolardan  tashqaridagi  borliqdir.  Borliq  barcha  narsani  o‘z  ichiga  sig‘diradi:  u  o‘zida 
barcha  mavjud  narsalarni  va  imkoni  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  narsalarni  ham  qamrab  oladi. 
Xudoda mohiyat va mavjudlik tengdir, ammo yaratilgan borliqda mohiyat mavjud narsalardan 
oldin  keladi.  Sof  borliq  cheksiz,  transsendent  va  aql  bilan  bilishga  moyildir.  Uning  uchun 
pirovard  natijada  tajribada  bilib  olsa  bo‘ladigan  birliklar  dunyosi  va  hissiy  ashyolarning 
xususiyatlari  xos  emasdir.  Shuning  uchun  ham,  uni  tajribaga  tayanadigan  tushunchalar 
yordamida  tasvirlash  mumkin  emas.  Ilohiy  Borliq  haqida  faqat  tushunchalardan  yuqori 
turuvchi, transsendentaliylar deb atalgan, borliq bilan bir qatorda joylashgan va tajriba bilan 
bog‘liq  bo‘lmagan  narsadan  foydalanibgina  mulohaza  yuritish  mumkin.  Ushbu 
transsendentaliylar  Borliqning  asosiy  «qiyofasi»  bo‘lgan:  yagonalik,  haqiqat,  yaxshilik, 
go‘zallikni ifodalaydilar. 
Yangi  tomizmga  muvofiq,  Xudo  bilan  yaratilgan  borliq  o‘rtasida  o‘xshashlik  mavjud, 
Borliqning  o‘xshashlik  qoidasiga  binoan:  «Xudo  yaratilgandan  ko‘ra,  butunlay  boshqacha 
borliqdir, ammo uning borlig‘ini dunyoning borlig‘idan tushunsa bo‘ladi»
204
.   
Yaratilgan  borliq  dunyosini  yangi  tomizm  Arastuga  borib  taqaladigan  gilemorfizm  
asosida  tushuntiradi:  mazkur  dunyoning  barcha  ashyolari  va  buyumlari  modda  va  ruhiy 
shakllar birligidan iboratdir. Modda - bu faoliyatsiz ibtido, imkoniyatdagi narsa bo‘lib, faqat 
shakl  tufayli  faollik  kasb  etadi.  Ana  shu  shakllargina  mavjud  dunyoning  xilma-xil 
ko‘rinishlarini: jonsiz modda, o‘simliklar, hayvonlar va insonni vujudga keltiradilar. Shakllar 
shakli  Xudodir.  Bu  mutlaq  shakl  moddaga  begona  bo‘lib,  barcha  narsalarni  hyech  narsadan 
barpo qiladi. 
Yangi  tomistchilar  bilish  nazariyasini  ilohiyotga  doir  ratsionalizm  sifatida  talqin  qilish 
mumkin. Bir tomondan, yangi tomistchilar dunyoda aqliy tartibni vujudga keltiruvchi «Ilohiy 
aql»  ta'limotiga  qarama-qarshi  o‘laroq,  irratsionalizmni  tanqid  ostiga  oladilar.  Bundan 
tashqari,  ular  mistitsizmga  qarshi  turgan  Xudoni  aqliy  va  mantiqiy  tushunishni  tan  oladilar. 
                                                 
204
 H.Meyer. Tomas von Aguin. Paderborn. 1961.Цит. по: Философская энциклопедия. Т.У. М., 1967. 53-б. 


Ikkinchi  tomondan,  yangi  tomistchilar  mumtoz  ratsionalizmni  sientizmda  va  inson  bilimlari 
imkoniyatini oshirib yuborishda tanqid qiladilar. 
Bilish  nazariyasida  yangi  tomizm  haqiqatning  ikki  xilini  farqlaydi:  ilohiy  irodaga  ko‘ra 
ashyolar,  hodisalar  yoki  jarayonlarga  muvofiq  kelishi  bog‘langan  borliq  haqidagi  haqiqat 
(snontologik)  va  kishilar  faoliyatini  bilish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  mantiqiy  haqiqat.  Borliqqa 
oid  haqiqat  mantiqiy  haqiqatning  mazmunidir.  Yangi  tomizmda  hissiy  va  ruhiy  bilish  bir 
biridan  ajratiladi.  Birinchisi,  moddiy  va  muayyan  narsaga  qaratiladi  va  hyech  qachon  borliq 
sifatida bor bo‘lmagan narsani ham, inteleggibel mohiyatni ham  bila olmaydi; ikkinchisi esa 
bevosita  borliqqa  qaratiladi.  Akvinalik  Foma  izidan  borib  yangi  tomizm  e'tiqod  va  aqlning 
uyg‘unligi  qoidasini  e'lon  qiladi.  Din  olim  yo‘lida  tug‘anoq  bo‘lib  turmaydi,  ammo  uni 
qachonki,  masala  narigi  dunyoga  borib  (transsedent)  taqaladigan  bo‘lsa,  o‘z  imkoniyatlarini 
ortiqcha  baholab  yuborishdan  ehtiyot  bo‘lishga  undaydi.  Oxir  oqibatda,  ustunlik  e'tiqodga 
taalluqli  bo‘ladi.  Haqiqatning  to‘laligi  haqida  so‘z  yuritib,  E.Jilson  shunday  yozadi:  «Vahiy 
orqali uni qabul qilmaguncha, oldindan uni hyech kim bilolmaydi, yoki boshqacha aytganda – 
uni e'tiqod yordamida qabul qilmaydi»
205
.   
 Oldindan  ma'lum  bo‘lgan  postulatlar  (isbotsiz  asos  qilibl  olinadigan  qoidalar) 
zamonaviylashtirshga  mo‘ljallangan  yangi  tomizm  xilidagi  falsafiy-diniy  ta'limotlarga 
sodiqlik  xristianlik  falsafasiga  alternativ  bo‘lgan  qarashlarni  paydo  bo‘lishiga  olib  kela 
boshladi.  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  zamonaviylashtirishga  qaratilgan  asarlarda  fransuz 
faylasufi  va  paleoantologi,  ruhoniy  va  iezuitlar  ordenining  a'zosi  bo‘lgan  Per  Teyyar  de 
Sharden (1881-1955) ning g‘oyalaridan keng foydalanish boshlandiki, u evolyusion g‘oyalar 
asosida  dunyoning  falsafiy-diniy  manzarasini  yaratgan  edi,  boshqacha  fikrda  bo‘lganligi 
uchun  cherkov  Teyyarga  dars  berish  va  o‘z  ishlarini  nashr  etishni  taqiqlagan  edi.  Buning 
oqibatida    uning  qarashlari  umrining  oxirigacha  kam  darajada  ma'lum  edi.  Teyyar  de 
Shardenning asosiy asari «Inson fenomeni» («Inson-nodir hodisa») edi. 
Teyyar de Shardenning ta'limoti falsafa, fan va din sintezining yangi varianti sifatida kelib 
chiqdi.  Teyyar  nuqtai  nazaricha  fan  bilan  dinni  kelishtirish  mumkin,  ammo  faqat  shu  shart 
bilanki,  diniy  ong  universumning  tabiiy-ilmiy  qoidalari  bilan  murosa  qilib,  xristianlik 
e'tiqodigan  zaruriy  tuzatishlarni  kiritmog‘i  lozim.  Diniy  e'tiqod  va  ilmiy  bilim  o‘rtasidagi 
to‘qnashuv  haqida  so‘z  yuritib,  Teyyar  yozadiki,  mazkur  ixtilof  «muvozanatning  butunlay 
boshqa shaklida hal qilinishi lozim – bartaraf qilish yo‘li bilan emas, ikkilamchilikni saqlash 
yo‘li bilan emas, balki sintez yo‘li bilan. Deyarli ikki asr davom etgan kurashlardan keyin fan 
ham,  e'tiqod  ham  biri  ikkinchisini  zaiflashtira  olmadi…  Shu  narsa  oshkor  bo‘ldiki,  ular 
oddiygina  shuning  uchun  biri  boshqasiz  rivojlana  olmaydiki,  ularning  ikkisi  ham  o‘sha 
yagona hayot tufayli tirikdirlar»
206
. Fan bilan dinning nisbati Teyyar nazarida quydagichadir: 
«Qachonki biz rivojlanayotgan universumda … zamoniy va makoniy qatorlarning bir-biridan 
ajralishini  va  ularni  bizni  aytrofimiz  va  orqamizda  konusning  tepasi  aylanishiga  o‘xshash 
harakatlarini  qarab  chiqsak,  u  vaqtda  bu  ehtimol  sof  fan  bo‘lsa  kerak.  Ammo  qachonki  biz 
cho‘qqiga, butunlikka va kelajakka burilsak, u holda bu beixtiyor ravishda dindir»
207
.  
Teyyar  de  Sharden  ta'limotining  markaziy  nuqtalaridan  biri  koinotning  kelib  chiqishi 
haqidagi nazariyasidir. Koinotning tadrijiy rivojlanishi Teyyar nazarida quyidagi bosqichlarni 
bosib  o‘tadi:  hayotdan  oldingi  davr  –  hayot  –  fikr  –  hayotdan  yuqori  turuvchi  holat.  Bu 
tadrijiy rivojlanish ilohiyotcha xususiyat bilan ajralib turadiki, oxir oqibatda ilohiy maqsadga 
muvofiqlikka  borib  taqaladi.  Tadrijiy  rivojlanishning  maqsadi  Iso  siymosini  o‘zida 
mujassamlashtiruvchi «Omega nuqtasi»dir. Shunday qilib, koinotning kelib chiqishi Isoning 
kelib chiqishiga tenglashtiriladi. Teyyar ta'limotiga panpsixizm xosdir. Ruhiy holat «his qilib 
bo‘lmaydigan ko‘rinishda» yashirin shaklda, «ongning changi» ko‘rinishida, «kvanlar onggi» 
                                                 
205
 Мир философии: Книга для чтения. Ч.2. М., 1991. 401-б. 
206
 П.Тейяр де Шарден. Феномен человека. М., 1987. 222-б. 
207
 Ѝша жойда. 223-б. 


sifatida jonsiz tabiatga xosdir. Ruhiy holat hissasining ko‘payishi biologik, keyin esa ijtimoiy 
taraqqiyot bosqichining paydo bo‘lishiga olib keladi. Hayot va ong moddadan sizib o‘tuvchi 
birlamchi  ruhiy  mohiyatlar  bo‘lib,    uning  tadrijiy  taraqqiyotini  shart  qilib  qo‘yadi.  Ular  – 
avval  ibtidoda  butun  tabiat  bo‘ylab  to‘kilgan  «ruhiy  energiya»  ning  namoyon  bo‘lishidirlar, 
koinotning  kelib  chiqishi  jarayonida  esa,  ilohiy  shaxs  maqomigacha  ko‘tariluvchi  «Xudo-
Omega»dirlar. 
 Ruhiy  tahlil  asoschisi  mashhur  avstriyalik  ruhshunos  va  psixiatr  Zigmund  Freyd  (1856-
1939) dir. Freyd nuqtai nazaricha, insonning ruhiy kayfiyati uch qatlamdan tashkil topgandir. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish