Zimmel (1858-1918), O.Shpenglar (1880-1936), Anri Bergson (1859-1941) edilar.
Hayot falsafasining bosh tushunchasi – «hayotdir». Bu tushuncha juda ham tarqoq bo‘lib,
aniq va tushunarli ifodaga ega emas. U turli faylasuflar qarashlarida o‘ziga xos xususiyatga
ega. Nitsshe nuqtai nazarida hayot tirik, tabiiy, «kuchlarni to‘plovchi iroda»ga va hokimiyatga
intiluvchi narsadir. Diltey va Zimmel uchun hayot – bu «yuz bergan narsalarning irodasi,
turtki va his-tuyg‘usi», «boshdan kechirilgan afsus-nadomat»dir; Bergson qarashlariga
muvofiq hayot – bu «uzunlik», «hayotiy jo‘shqinlik», «to‘xtovsiz ijod», «oqim»dir. Hayot
uzluksiz oqim sifatida bo‘lib, uni aql, mantiq, nazariya vositasida bilib bo‘lmaydi, faqat
bevosita, ichki tuyg‘u bilangina idrok etish mumkin.
Hayot falsafasining asoschisi va eng yirik vakili F.Nitsshe hisoblanadi. Nitsshe falsafasida
hokimiyatga nisbatan bo‘lgan iroda haqidagi ta'limot markaziy o‘rinda turadi. «Nima yaxshi?
– deb so‘raydi Nitsshe, - insondagi kuchga, hokimiyatga nisbatan bo‘lgan iroda va qudratga
nisbatan bo‘ladigan his-tuyg‘uni oshirib boruvchi hamma narsa. Nima yomon? Zaiflikdan
kelib chiqadigan hamma narsa. Baxt-saodat nima? – Kuch va hokimiyatning oshib borishiga
nisbatan bo‘lgan tuyg‘u, hamda yangi to‘siqni bartaraf qilinganligi sezgisi»
195
. Tirik mavjudot
dunyosida yashash uchun kurash ham, hokimiyat uchun kurash tarzi sifatida talqin etilgan.
Jismoniy jarayonlar asosida ham hokimiyatga nisbatan bo‘lgan iroda yotadi. Nitsshe tortilish
194
Г.Риккерт. О понятии философии. «Логос», 1910. –Б. 33
195
Ф.Ницше. Антихристианин. –В кн.: Сумерки богов. М., 1989. 19-б.
va itarish kuchlari agar hokimiyatga nisbatan bo‘lgan iroda nuqtai nazaridan qarab chiqilmas
ekan, unda ularning barchasi ma'noga ega bo‘lmagan «uydirma» bo‘lib chiqadi.
Jismoniy jarayonlar va hodisalarni soxta deb e'lon qilib, Nitsshe «substansiya», «modda»,
«ruh», «sub'ekt», «ob'ekt» tushunchalarini taxminiy mohiyatlar sifatida rad etadi. Uning
uchun «ashyoning mohiyati faqat ashyo haqidagi fikrdir». Nitsshe dunyoni talqin qilishda
«ashyoviylik» va «moddiylik» tushunchalaridan ozod bo‘lishni talab qiladi. Ammo unday
bo‘lsa dunyoning o‘zi nima? Nitsshe bizga hodisa sifatidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan dunyo
va tartibsiz his-tuyg‘u dunyosini bir-biridan farq qiladi. O‘zining «Hokimiyatga bo‘lgan
iroda» asarida u yozadi: «Hodisalar» dunyosi qayta ishlangan dunyo bo‘lib, biz uni vrqyeylik
sifatida sezamiz… bu hodisalar dunyosiga qarama-qarshi bo‘lgan dunyo «haqiqiy dunyo»
bo‘lmasdan, balki shakli bo‘lmagan, ifoda qilib bo‘lmaydigan tartibsizlikni sezuvchi
dunyodir…»
196
.
«Ashyolarni» va ularning xususiyatlarini sub'ektiv uydirma sifatida inkor etilishi Nitsshe
bilish nazariyasining relyativistlik va agnostlik xususiyatini belgilab berdi. Bilish faqat
«hokimiyatga bo‘lgan intilish irodasi»ning vositasi bo‘lib, foydanigini ko‘zlaydigan
xususiyatga ega. Shunga bog‘liq ravishda Nitsshe haqiqatni bahosi haqidagi masalani o‘rtaga
qo‘yadiki, u narsa uning fikricha, foyda, manfaat (agar ular foydali bo‘lsa, xatto adashish,
anglishish va yolg‘on bilan ham) bilan tenglashtiriladi va voqyeylikni aks ettirishga uning
aloqasi bo‘lmaydi. Bu bilan Nitsshe haqiqatning pragmatik nazariyasiga asos soladi. Nitsshe
mantiq va fan, umuman aqliy tafakkurning tanqid ostiga oladi. Uning uchun mantiq
qonunlari-«o‘ydirma mohiyatlariga» taalluqli bo‘lgan soxta narsalardir. Nitsshe dinni, avvalo,
xristianlikni alohida tanqid ostiga oladi. Xristianlik raxm qilishni tashviq qilib ojizlarni
qo‘llab-quvvatlaydiki, bu «hokimiyatga nisbatan bo‘lgan irodaga», o‘z hokimiyatini yoyish
uchun bo‘ladigan kurash sifatidagi hayot mohiyatiga qarama-qarshidir.
Boshqatdan baholash, shu jumladan, hukmron xristianlik axloqni ham Nitsshe yevropa
sivilizatsiyasi asosidagi xristianlikni rad etib «barcha qadriyatlarni» kerakligini e'lon qiladi.
Nitsshe ikki xil axloqni ya'ni asosiy axloqiy tushuncha bo‘lgan «yaxshilik» va «yomonlik»ni
«xo‘jayinlar axloqi» va «qullar axloqi» kabi bir-biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshi nuqtai
nazaridan talqin qiluvchi axloqni ajratib ko‘rsatadi. Xo‘jayinlar axloqida «xayrli ish»,
«yaxshilik» «aslzoda», «olijanob», «kuchli» degan ma'nolarga teng, «yomon», «qabohat» esa
«past», «plebeylik» tushunchalariga teng. «Barcha qadriyatlarni qayta baholash» nobarobarlik
qoidasidan kelib chiqadigan «xo‘jayinlar axloqi»ni tiklashga qaratilgan edi. Tengsizlik
o‘zining barcha xilma-xilliklari va yuksalib borishi bilan barcha hayot mohiyatida
yashiringandir. «Kishilar barobar emaslar, deydi Nitsshe, va ular teng ham bo‘lmasliklari
kerak»
197
. Tenglikni targ‘ib qilish hasad, o‘ch olish istagi va hokimiyatga ega bo‘lmaslikdan
kelib chiqadi. «Xo‘jayinlar axloqi» yangi qadriyatlar tomon yo‘naltirilishi lozim: «kimki
buyura olmas ekan, bo‘ysunishi lozim», «o‘zingni yaqiningga shafqat qilma», «yiqilayotganni
itarib yubor», «yaxshi narsa hukmron bo‘lishi lozim», «xayrli ishlar qiluvchilar va
taqvodorlarni daf' etish lozim», «eng xayrli narsa – hammadan qattiqdir» va hokazo.
«Yangi
axloq»
va
qadriyatning
sub'ekti
kelajakdagi
«Zabarmard
kishi»
(Sverxchelovek)dir. Nitsshe tasavvuricha, kishilar o‘z to‘dalarida notavon, yolg‘onchi,
hasadchi, qo‘rqoq, ikki yuzlamachi, shahvatron, injiq, qalbaki, nochor, sarosimachi, abgor va
iflosdirlar. Ular uning uchun «poda», «bozor pashshalari»dirlar. Zabarmard kishi bilan
solishtirganda oddiy odam maymunga o‘xshaydi. «Zabarmard» siymosini Nitsshe Gomer
qahramonlarida, vikinglar, Rim, arab, yapon va nemis aslzodalarida, Sezar, Napoleon va
Makiavelli kabi tarixiy shaxslarda ko‘radi. «Zabarmard» siymosi – bu ilgarigi axloqdan,
sarqitlardan mutlaqo ozod bo‘lgan «yirtqich hayvon»dir.
196
Ф.Ницше. Полн. Собр.соч. Т. IX. М., 1910. 269-б.
197
Ф.Ницше. Так говрил Заратустра. М.1990. 83-б.
Pragmatizm asoschisi mashhur Amerika matematigi, mantiqshunosi va faylasufi Charlz
Pirs (1839-1914) edi. Pragmatizm asosida «shubha – din» nazariyasi yotadi. O‘z hayoti
jarayonida inson qandaydir birlamchi xildagi faoliyatlarni ishlab chiqadi. Bizning barcha
fikrlarimiz ushbu faoliyatlar ko‘nikmasini ishlab chiqishga qaratilgandirlar. Pirs aqidasicha,
bu maqsadga nimaiki taalluqli bo‘lmasa, ularning barchasi fikrga qadaladi, ammo uning o‘zi
yoki uning qismi bo‘la olmaydi. Bilish jarayonida bizning barchamiz qandaydir ishonchga
(nimalargadir shonamiz) va qandydir shubhalarga yetib kelamiz. Bizning ishonchimiz yoki
e'tiqodimiz (nimagalargadir ishonish) – bu muayyan sharoitlarda ishlab chiqilgan ko‘nikmalar
asosida muayyan tarzda faoliyat ko‘rsatishga tayyorligimizdadir. E'tiqod – bu inson intilgan
narsaga aqlning qoniqqan holatidir. Shubha esa –qoniqtirmaydigan holatdirki, inson undan
qutilishga harakat qiladi. Pirs fikricha, har qanday, shu jumladan ilmiy tafakkurning ham
maqsadi barqaror e'tiqodga (qat'iy fikrga) erishishdir. Haqiqat shunday narsadirki, biz uning
Do'stlaringiz bilan baham: |