3) tarkibiy qismlar o‘rtasidagi munosabatlarni tasvirlash va tizimga solish, hamda abstrakt
strukturani barpo qilish;
4) strukturadan nazariy oqibatlarni chiqarish (muayyan variantlar) va ularni amaliyotda
tekshirish
213
.
Tekshirish ob'ektining strukturalarini topish va tasvirlash (til, adabiy matn va hokazo) uni
tarixini o‘rganishdan ko‘ra muhimroq masala sifatida qaralar ediki, u o‘z ifodasini uslubiy
strukturali qoidada: diaxroniyadan ko‘ra sinxroniya (ikki yoki bir necha hodisaning bir-biriga
mos ravishda babbaravar bo‘lishi) muhimdir degan jumlada topadi. Lingvistikada
strukturalizm asoschisi bo‘lgan F.Sossyur so‘zlarni ma'nosini ularning tarixini o‘rganish
orqali aniqlab bo‘lmaydi, balki ularning munosabatlarini tizimning elementlari bo‘lgan
boshqa so‘zlar tahlili vositasida aniqlash mumkin deb hisobladi. K. Levi-Stross ham jamiyat
madaniyatini strukturali tahlilini uni tarixiy o‘rganishdan ko‘ra afzal deb bildi.
Strukturalizm dasturining eng muhim nuqtasi tilni belgilar tizimi sifatida tushunish va uni
nutqqa qarama-qarshi qo‘yishdir. Til tizim yoki invariantlar majmuasi sifatida nutqni
shakllantiradi. Ushbu invariantlar obektiv bo‘lib, muayyan sub'ektdan mustaqildirlar. Shu
munosabat bilan strukturali lingvistika (tilshunoslik) markazi muayyan nutqiy harakatning
xususiy xosiyatini o‘rganishdan tizim tashkil qiluvchilik xususiyatiga va tayanch til
strukturasiga bo‘lgan bilish jarayoniga ko‘chiriladi. Ibtidoiy jamoalarni o‘rganishga o‘zini
bag‘ishlagan Levi-Strossning strukturali antropologiyasida afsonalar rasm-rusumlar, niqoblar
va boshqa madaniy qoidalar va me'yorlar ham o‘ziga xos tillar, belgilar tizimidirlar. Shunday
qilib R.Bart adabiy asarlarni belgilar tizimi sifatida qarab chiqadiki, ularda muayyan
tabaqaning siyosiy intensiyasi to‘planib tartibga solinadi. J. Lakanning ishlarida til bilan
ongsizlik holatining sohasi o‘rtasida taqqoslash o‘tkaziladi.
Ongsizlik holati ham strukturalarni aniqlash ob'ekti sifatida strukturachilar ijodida
ahamiyatli o‘rin tutadi. Levi-Stross asotir tafakkurni biz hayotda rioya etadigan ko‘plab qoida
va me'yorlarni tushunish kalitini beradigan jamoaviy ongsiz holat sifatida qarab chiqadi. Uni
ongsizlik holati tahlilini hisobga olmagan, faqat ong tahlili uslubigagina qurilgan etnologiya
qoniqtirmaydi. Ongsizlik holati J.Lakaning «strukturali ruhiy tahlili» da ham tadqiqot
mavzusi bo‘ldi.
60-nchi yillarning oxirlaridan strukturalizm o‘z joyini poststrukturalizmga bo‘shatib
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: