Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Yangi zamon yevropa falsafasi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
3-§. Yangi zamon yevropa falsafasi 
 
Uyg‘onish  davri  falsafasi  falsafiy  mushohada  yuritishning  mazmuni  va  usuliga  yangi 
yo‘llar qidirish bilan belgilanadi. Tajribaga asoslangan bilimlar rivoji sxolastik usulni voqyey 
dunyoga  qaratilgan  yangi  tarzdagi  usul  bilan  almashtirishni  taqozo  qilar  edi.  Falsafiy 
tafakkurning yangi usulini  yangi zamon falsafasi sifatida ifodalash mumkin. Taxminan XVI 
asrning  oxiri  –  XVII  asrning  birinchi  yarmida  iqtisodiy  rivojlanishning  markazi  asta-sekin 
Angliya,  Niderlandiya  va,  qisman,  Fransiyaga  ko‘cha  boshladi.  Eng  ko‘p  darajada  ishlab 
chiqilgan fanlar matematika va mexanika bo‘lib qoldi. Mutafakkirlar aynan mexanikani butun 
dunyoviy  borliq  sirlarini  ochib  beradigan  kalit  deb  tushundilar.  Nyutonning  kashfiyotlari 
dunyoni  o‘rab  turgan  hodisalarning  mexanik  sababiy  bog‘lanishda  ekanligi  haqidagi 
tasavvurlarni  mustahkamladi.  Nyuton  qarashlarida  mexanik  sababiyat  chuqur  matematik 
asoslarga  ega  ekanligini  topdi.  Shu  bilan  birga,  mexanika  harakatni  qabul  qilsa  ham, 
taraqqiyotni rad etadi, shuning uchun ham o‘sha davr olim va faylasuflarining fikrlash tarzi 
ko‘proq metafizik edi. 
 Yangi zamon moddiyunchiligining otasi ingliz faylasufi F.Bekon (1551-1626) edi. Uning 
fikricha,  falsafa  avvalo  amaliy  xususiyatga  ega  bo‘lmog‘i  lozim:  agar  u  sxolastikachiligida 
qolsa,  u  haqiqiy  bo‘la  olmaydi.  Shuning    uchun  ham  yangi  fan  bo‘lgan  tabiatshunoslikning 
tajribaviy  usulini  ishlab  chiqish  Bekongagina  nasib  etdiki,  u  unda  insonning  tabiat  ustidan 
kelajakdagi  kuch-qudrati  va  hokimiyatining  garovini  ko‘rdi.  Ammo    bunday  hokimiyatga 
faqat  uning  qonunlari  ketidan  boribgina  erishish  mumkin.  Fanlarning  xulosalari  aniq 
dalillarga tayanishi va undan keng umumlashmalarga ko‘tarilishi lozim. Tajribaga asoslangan 
bilimlarga Bekon tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llanishga tavsiya etilgan  induksiya, ya'ni 
kuzatish, tahlil qilish, solishtirish va tajriba o‘tkazishdan tarkib topgan usul muvofiq kelar edi. 
Ammo  tajriba  faqat  shundagina  haqiqiy  bilim  berishi  mumkinki,  qachonki  ong  yolg‘on 
sanamlar  va  timsollardan  ozod  bo‘lgan  bo‘lsa.  Nasl  timsollari  –  bu  shunday  adashishdirki, 
inson tabiat haqida kishilar hayoti kabi muhokama yuritishidan kelib chiqqandir; g‘orlarning 
timsollari  ayrim  odamlarning  didi  va  hatti-harakatlari  ko‘nikmasi  tufayli  ta'lim-tarbiya  bilan 
bog‘liq ravishda kelib chiqqan ayrim kishi xususiyatidan paydo bo‘lgan adashishlardir; bozor 
timsollari  bu  dunyo  to‘g‘risida  mavjud  bo‘lgan  tasavvurlar  va  fikrlarni  ularga  nisbatan 
tanqidiy  munosabatsiz  ravishda  muhokama  yuritish  odatidir;  teatr  timsollari  obrumand 
kishilarga ko‘r-ko‘rona ishonchga tayanadi. 


 Ingliz  falsafiy  tafakkurining  yirik  vakillaridan  biri  Tomas  Gobbs  (1588-1679)  dir. 
«Birinchi  falsafa»  haqidagi  o‘z  mulohazalarida  Gobbs  shuni  ta'kidladiki,  «jismlilik»  (ya'ni 
modda) abadiydir, garchi ayrim jimslar vaqtinchalik bo‘lsa ham. Jismliylik xususiyatlari (yoki 
«aksidensiyalar»)  harakat  va  sokinlik,  rang  va  boshqalardir.  Harakatni  u  jismlarning 
makondagi  o‘rin  almashishi  sifatida  qarab  chiqdi,  ya'ni  mexanik  sifatida,  tabiatdagi  barcha 
jismlarni  nafaqat  mexanizmga  o‘xshatib,  balki  inson  va  jamiyatni  ham  unga  monand  qildi. 
Gobbs  falsafiy  ta'limotining  mexanistik  ekanligi  yana  shu  bilan  ifodalanadiki,  u  o‘zining 
talqinida  harakatni  ikki  jismning  to‘qnashuvi  natijasi  sifatida  ko‘rsatib,  uni  ilohiy  birinchi 
turtki  nazariyasiga  (deizm)  havola  qildi.  Gobbsning  ta'kidlashicha,  barcha  bilimlarga  his-
tuyg‘u yordamida erishib bo‘ladi, shu bilan birgalikda u o‘zining bilish nazariyasida aqlning 
muhim ahamiyatini, ayniqsa uning matematik amallarini ko‘rsatib o‘tdi. 
 Agar  F.Bekon  Yangi  zamonning  xususiyati  sifatida  tabiatni  o‘rganishining  tajribaga 
asoslangan  tajribaviy  usulini  ishlab  chiqishni  boshlab  berganligi  bilan,  Gobbs  esa  tajribaga 
asoslanganlikni  chuqurlashtirganligi  bilan  belgilab  bergan  bo‘lsa,  fransuz  olimi  va  faylasufi 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish