axloqiga, samuraylikning tabaqaviy afzalligi vositasi bo‘lgan va ular orasidagi muhitda hukm
surgan mavjud tartiblarni rag‘batlantiruvchi hatti - harakat me'yorlari sifatida namoyon
bo‘ladigan rasm - rusumlar haqidagi ta'limotga qaytishni targ‘ib qildi. Soko «olijanob
kishining yo‘llari» haqidagi o‘zining ta'limotini quyidagicha bayon qildi: «olijanob kishining,
olijanob erning ishi - o‘zini nazorat qila bilishdir. Xo‘jayinga ega bo‘lgach, qonunlarda
aytilganidek unga oxirigacha sodiq qolishdir. O‘zi odamlar bilan shunday munosabatda
bo‘lishi kerakki, ota bilan o‘g‘il, akalar bilan ukalar, er bilan xotin o‘rtasidagi munosabatlar
qonun-qoidasini buzmasligi lozim… Dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlarning bo‘sh
vaqtlari yo‘qligi tufayli o‘z hayotlari davomida ushbu yo‘lni idrok qila olmaydilar. «Olijanob
er» dehqonlar, savdogarlar va hunarmandlar shug‘ullanadigan ishlar darajasigacha past
ketmasdan, o‘zini faqat ushbu yo‘lga bag‘ishlashi lozim va bu uch tabaqadan qaysi biri joriy
qoidalarni buzsa, darhol uni jazolab, bu ishi bilan Osmon tomonidan o‘rnatilgan, Osmon
ostidagi makonda joriy qilingan adolatli hatti-harakat qoidalarini qo‘llab qo‘ltiqlashi zarur».
Soko birinchilardan bo‘lib Xitoy to‘g‘risidagi xomxayoldan qutila boshladi va «O‘rta
imperiya» (dunyoning markazi) deb Xitoyni emas, balki Yaponiyani atay boshladi.
Ito Dzinsay (1627-1705) «Qadimgi fan maktabi»ning boshqa bir vakili edi. Dzinsay o‘z
metafizikasida «O‘zgarishlar kitobi»ga, axloqda esa – Konfutsiy ta'limotini tushuntiruvchi
Men-szы kitobiga tayandi.
Chjusianlik ta'limotining rining birlamchiligi va kining ikkilamchiligi haqidagi aqidasini
rad etib, u barcha hodisalarning mavjudligini yagona kini qabul qilishdan kelib chiqadi.
Dzinsay metazifik axloqdan tajribaviy axloqqa o‘tib, insonparvarlik, burch, rasm-rusum va
donishmandlikni birinchi sabab nomi deb emas, balki axloqiy xayrli ish sifatida qarab chiqadi.
Ogyu Soray (1668-1728) Chju Si va Van Yanmin ta'limotini rad etib ta'kidlaydiki, Yo‘l,
ya'ni umumiy haqiqat yoki Konfutsiy ta'limoti – bu birinchi hukmdorlar yo‘lidir. U
quyidagilarni yozadi: «Birinchi hukmdorlar yorqin aql va chuqur bilimlar orqali Osmonlar
irodasini tushunib, Osmon ostidagilar ustidan hukmronlik qila boshladilar. Ular qalbida
Osmon ostida kelishtirish tartibini joriy qilish burchi tug‘ildi. Ular o‘zlarining barcha
ma'naviy quvvatlarini to‘plab, aqllarini charxlab, Yo‘lga asos soldilar»
169
. Keyinchalik
Osmon ostidagi sarzaminda barcha ushbu Yo‘ldan bordilar. «Oqillar», ya'ni birinchi
hukmdorlar oddiy odamlar va keyingi keladigan olim erlarga nasib etmaydigan oliy bilimlarni
tushunib yetdilar. Ular – inson va aqlning oliy darajadagi mujassamlashganligi bo‘lib,
haqiqatning muqaddas bilimiga va payg‘ambarlar vahiysiga egadirlar.
«Milliy fan maktabi» – Kokugaku. Xitoy matnlariga asoslangan «Qadimgi fan
maktabi»dan farqli o‘laroq, Milliy fan maktabi yapon manbalariga tayanar edi. Uning
vakillariga xos xususiyat konfutsiychilik va buddaviylikdan oldingi zamonlarni ko‘kka
ko‘tarib, shu asosda Yaponiyaning alohida tarixiy o‘rnini ko‘rsatish edi.
Kamo Mobuti (1697-1769) «Tiklangan milliy fan maktabi» ning asoschisi hisoblanadi. U
Osmoniy xudolar yo‘li bo‘lgan – ajdodlar yo‘lini tanazzulga olib kelgan, tashqaridan
keltirilgan begona g‘oyalar bo‘lgan konfutsiychilik va buddaviylikka qarshi chiqdi. Mabuti
«ayyorligi bo‘lmagan», «avom xalq» jamiyati bo‘lgan tabiiy tabiatga muvofiq keladigan
jamiyatni orzu qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |