Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


XVII  asrdagi  keyingi  Choson  –  XIX  asrning  birinchi  yarmidagi  Quriya  falsafasi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   290
Bog'liq
falsafa

XVII  asrdagi  keyingi  Choson  –  XIX  asrning  birinchi  yarmidagi  Quriya  falsafasi. 
Islohotlar  zarurligi  oshkor  bo‘lsa  ham,  biroq  chjusianlik  zamon  talabiga  javob  bermas  edi. 
Quriyani konfutsiychilik mamlakati deb e'lon qilgan hukumat chet ellilar bilan aloqa qilishni 
taqiqlagan  edi.  Mamlakatda  muxolifat  kuchi  yanada  oshib  bordi.  Bu  –  Chju  Sining  mumtoz  
matnlar  sharqchisi  sifatidagi  obro‘iga  qarshi  turib,  bevosita  Xan  sulolasi  davridagi  qadimgi 
Xitoy  matnlariga  murojaat  etgan  «Xan  ta'limoti»  maktabi;  «Bizning  aqlimizdan  tashqarida 
hyech narsa mavjud emas» degan qoidani olg‘a surgan Van Yanmin maslakdoshlari maktabi; 
Im Son Chu falsafasi, sirxak va purxak maktablari edi. 
XVIII asrdagi Quriya moddiyunchilik ta'limotning eng yirik vakili Im Son Chu (Nokmun, 
1711-1788) edi. Uning borliq haqidagi ta'limotining mohiyati quyidagi parchada o‘z ifodasini 
topgan: «ki» o‘zi bilan koinot makonini to‘ldirgan; u zamonda ham, makonda ham cheksizdir; 
paydo  bo‘lish  esa,  o‘zini  namoyon  bo‘lishining  sababi  sifatida  kelib  chiqadigan  moddiy 
ibtidoning faqat vazifalari bo‘lgan barcha mavjudotning taraqqiyoti va zavolidir»
166
.  
Im Son Chuning bilish nazariyasi quyidagi prinsiplarga asoslanadi: tafakkur, his-tuyg‘u va 
hayajonlanish tashqi dunyo bilan o‘zaro ta'sir natijasida kelib chiqadi; haqiqiy bilim tajribaga 
asoslanishi  lozim,  barcha  kishilarning  «ruhi»  «eng  mukammal  donolar»  da  ham,  «olomon 
odamlari»da ham bir xildir. Agar o‘z o‘zini barkamollikka erishtirish bilan shug‘ullanilsa,  li 
ishga  erishishi  har  bir  kishiga  muyassar  bo‘lishi  mumkin.  «Haqiqatga  erishishi  uchun 
muayyan  voqyeylikka  intilish»  shiorini  olg‘a  surgan  «sirxak»  maktabi  vakillari  Quriyadagi 
ahvolni har tomonlama tanqid qilib, mamlakatni zamonaviylashtirish loyihasini taklif qildilar. 
Sirxakchilar  taqdim  etgan  dastur  uchun  umumiy  bo‘lgan  quyidagi  xususiyatlar  qayd  etilgan 
edi: sxolastik aqidaga aylangan chjusianlikni tanqidi, xurofot va umidsizlik kayfiyatlarini fosh 
etish,  kvago  tizimini  bekor  qilinishini  talab  qilish,  quldorlikka  barham  berish,  kishilarni 
«aslzodalar»  va  «zoti  pastrlar»  ga,  «qonuniy  tug‘ilganlar»  va  «xaromlar»ga  ajratishni  bas 
qilish, yerni teng miqdorlarda taqsim qilish va boshqalar. 
Sirxakni  maktab  sifatida  shakllanishining  va  bilimlar  tizimini  ishlab  chiqilganligining 
asoschisi  Lyu  Xen  Von  (1622-1673)  edi.  Uning  fikricha,  ashyolarning  qonunlari  ularning 
o‘zlaridan  ajratilmagan  bo‘lib,  faqat  ular  orqaligina  namoyon  bo‘la  oladilar:  «ashyolar 
bo‘lmaganda  –  ularning  li  si  o‘zini  namoyon  qila  olmagan  bo‘lar  edi».  Har  qanday  narsani 
ta'kidlash,  dalil  va  isbotga  asoslanmog‘i  lozim.  Bunday  talabni  din  va  sirli  olamga  ishonish 
aqidalari  qoniqtira  olmaydi,  chunki  ular  johillikka  asoslangan.  Quriya  muammolarni  hal 
                                                 
166
 Ѝша ерда, 324-б. 


qilishni ajdodlar yo‘lidan borish va shaxsan axloqiy kamol toptirish vositasida ko‘rganlardan 
farqli o‘laroq, Li Xen Von diqqat-e'tiborni ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga qaratdi.  
 «Pukxak» maktabi yoki «Shimoldan kelgan ilm» (Xon De yen, 1731-1783, Pak Chi Von, 
1737-1805, Pak Che Ga, 1750-1805, Chon Yak  Den, 1762-1836)  bevosita  «sirxak» maktabi 
ta'siri ostida shakllandi. Ba'zida uni undan ajralib chiqqan bir tarmoq hisoblaydilar.  
Xon De yen konfutsiychilarning sxolastik bahslariga salbiy munosabatda bo‘ldi. Ilm aniq 
bilimlar asosiga qurilmog‘i lozim. Xon De yenning o‘zi o‘sha zamon Quriyasining eng yirik 
riyozidonlari  va  astronomlaridan  biri  edi.  Uning  ta'kidlashicha,  Koinot  o‘z  ibtidosi  va 
intihosiga  ega  bo‘lmagan  narsa  bo‘lib,  uning  cheksiz  kengliklari  ki  bilan  to‘lgan.  Inson  va 
uning ruhi bilan birgalikda barcha ashyolar, uning to‘planishi va tarqalishi natijasida tashkil 
topadilar.  
Bilish  nazariyasida  Xon  De  yen  ruhning  o‘lmasligi  va  osmonlarga  ko‘tarilishi  haqidagi 
tasavvurlarga  keskin  qarshi  chiqib,  ularni  «yaxshilik  tomon  intilishning  qoniqtirmagan  aks 
sadosi»  deb  hisobladi.  Faylasuf  tabiatning  eng  murakkab  sirlarini  bilishga  qodir  bo‘lgan 
aqlning  kuch-qudratiga  ishonar  edi.  Mamlakatdagi  turg‘unlikning  sabablaridan  biri  sifatida 
mutafakkir  aslzodalar  o‘rtasida  mehnat  obrusining  pastligini  ko‘radi.  U  umumiy  majburiy 
mehnatni joriy qilishni va kelib chiqishidan qat'iy nazar dangasalarni jazolashni talab qildi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish