buddaviylik faqat siyosiy institut sifatida ma'qul emas edi. Ammo uning safdoshi Chon Mon
Chju buddaviylikni siyosiy tanqidining o‘zi
bilan chegaralanmay, buddaviylik yo‘lining o‘zini
to‘g‘riligini shubha ostiga oldi.
«
Kvanxakpxa» maktabining vakillari bo‘lgan
Chon Do Chon (1337-1398) va
Kvon Gыn
(1352-1409) buddaviylikni keskin tanqid ostiga oldilar. Chon Do Chon buddaviylikning
ruhlarning ko‘chib yurishi nazariyasini tanqid ostiga olib, badanning o‘lishi bilan ruhning
ham o‘lishligini qayd etdi. U shuningdek, buddaviylikning bilish qoidasi bo‘lgan «o‘z-o‘zicha
xayolga botmoq» ni ham rad etdi. Bilishni faylasuf «ashyolar bilan to‘qnashish va hatti -
harakatlar tajribasiga» asoslangan narsa deb tushundi.
Legistlar maktabi
Chon Gvan Cho (1482- 1519) nomi bilan bog‘liqdir. Legistlarning
orzusi qonunlarga asoslangan markazlashgan davlat qurish edi. Chon Gvan Cho ta'limotida
lozim bo‘lgan yo‘lni tasavvurini ifoda qiluvchi
Do tushuncha muhim o‘rin tutadi.
Do yo‘lidan
borish har qanday insonga axloqiy kamolotga erishishi imkoniyatini beradi. Bunda axloqiy
me'yorlarga rioya etilishini ta'minlaydigan o‘zaro nazoratni amalga oshiruvchi qishloqlardagi
konfutsiancha jamoa katta rol o‘ynaydi. Chon Gvan Cho «axloqiy boshqarish» va «xalqqa
muhabbat» ga asoslangan «shohona yo‘l» qoidasini ishlab chiqdi.
XV-XVI asrlarda moddiy ibtido bo‘lgan birlamchi
kiga asoslangan maktablar paydo bo‘la
boshladi. Bu
Kim Si Sыp (1435-1493) va
So Kyon Dok (Xvadama, 1489-1546) ta'limotlari edi.
«
Yugiron» maktabi keyingi faylasuf nomi bilan bog‘liqdir. So Kyon Dok mutlaq bo‘shliq
sifatidagi
yo‘qlikni rad etadi. Uning fikricha, dunyoviy makon moddiy bo‘lib cheksizdir va
zamonda beintihodir. Moddiy javhardan tashqarida bo‘sh makon yo‘qdir: «Cheksiz makon
to‘laligicha to‘ldirilgan va buning ustiga shunchalik jipski, unda hyech qanday o‘rta oraliq
yo‘qdir»
165
.
Uni eng kichik va harakatdagi changga o‘xshash shaffof javhar bo‘lgan
ki to‘ldirgan. U
to‘xtovsiz ravishda o‘zgarishda (to‘planish va tarqalish) dir. U abadiydir, negaki, oxirigacha
tarqalib ketmaydi. Tarqalib ketish «boshi va oxiri ham» bo‘lmagan shaffof va bo‘shliqki
ko‘rinishidagi xududga ega.
Shunday qilib,
ki abadiyligining
sababi uning o‘zidadir.
Bilish nazariyasini So Kyon Dok shunga asosida quradiki, bilimning kelib chiqish nuqtasi
- ashyolarning o‘zi tajriba, kuzatish, mantiqiy fikrlash bilim asboblaridir. Mutafakkir ijodiy
tafakkurga katta ahamiyat berib, olim kishi mumtoz matnlarni ijodiy tafakkur orqali bilib
olishi lozim, deb hisoblaydi.
«Churipxa» maktabi Lining birlamchiligiga, ya'ni faollik qoidasi va qiyofa tashkil
topishiga asoslanadi. Bu maktabning eng yirik vakili
Li Xvan (Txvege, 1501-1570) edi.
«Bid'atni fosh etish va haqiqatni sharaflash» chaqirig‘i unga taalluqli edi. Chjusianlikni
himoya qilish nuqtai nazarida turgan
Txvege, unga muxolifatda bo‘lgan barcha ta'limotlarni
tanqid qildi.
Txvege nazaricha,
li bilan
ki o‘rtasida ajralmas aloqa mavjud. Ammo u yetakchilik o‘rnini
li ga beradi. Faqat
li gina ashyolar mohiyatini ifoda qiladi. Bilish ikki bosqichni bosib o‘tadi:
tajribaviy (o‘z tajribasiga asoslanib ashyolarga yaqinlashish) va aqliy (ashyolarning
li sini
bilish).
Odamning biologik xususiyatlari haqidagi fanda (antropologiya) Txvege chjusianlik
ta'limotining insonni «birinchi» va «ikkinchi» tabiati haqidagi aqidasiga mansubdir. «Birinchi
tabiat» barcha kishilarga xos bo‘lsa, «ikkinchisi» ular o‘rtasidagi farqni shart qilib qo‘yadi.
Kishilar «
yuqori darajadagi donolar», «
oddiy odamlar» va «
johillar»ga bo‘linadilar. Birinchi
toifadagilar ruhiy va hatti - harakat jihatidan «samoviy
li» yo‘lidan boruvchilar bo‘lib,
konfutsiychilik axloqi qonunlariga teng keladigan darajadagi mukammallik namunasidirlar;
ikkinchi toifadagilar ruhan mukammallikka erishish zarurligini biladilar, ammo o‘zlarining
amaliy hatti-harakatlarida buning uchun hyech narsa qilmaydilar; uchinchi toifadagilar
165
История Корейской философии. –М., 1988, 132, 136-б.
«samoviy
li» ni tushunmaydilar va unga ergashmaydilar.
Li Xvan joylarda konfutsiychilik
qoidalarini mujassamlashganligini nazorat qiluvchi qishloq jamoasi loyihasini ishlab chiqdi.
«Chugipxa» maktabi. Bu davrni xotimalashtiruvchi yangi konfutsiychilik falsafasining
eng yirik vakili
Li I (Yulgok, 1536-1584) edi. Li I Quriya falsafasining tayanch
tushunchalarini dualistik ravishda talqin qilishdan kelib chiqadi: «
li» va «
ki» bir - birlaridan
ajratilishi mumkin emas. Ular o‘rtasida oraliq yo‘q.
Bilish jarayoni uch bosqichdan tashkil topadi: quyi, o‘rta va oliy. Birinchi bosqich shunga
o‘xshaydiki, biror odam boshqalardan tog‘ haqida eshitgan, ammo uni o‘zi ko‘rmagan.
Ikkinchi bosqich «tog‘ni uzoqdan mushohada qilish»ga o‘xshaydi. Uchinchi bosqich toqqa
chiqish bilan barobardir. Ammo bilish shu bilan tugamaydi. Hosil qilingan bilimlar
haqiqatligini aniqlash uchun uni amalda tekshirishdan o‘tqazish lozim. Yulgokning siyosiy
ta'limoti o‘sha zamonga xos bo‘lgan «qirollik yo‘li», «insonparvarona boshqaruv» va «xalqqa
muhabbat» tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lgan qarashlarga asoslangan edi. Poraxo‘rlik va
og‘ir soliqlar xalqqa yuk bo‘lib tushar edi. Insonning «yomon tabiati» emas, balki xalqning
nochor ahvoli – isyon va jinoyatchiliklarning sababidir. Shuning uchun islohotlar o‘tkazish –
zamon taqozosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: