Ekologik omillarning tasiri va salomatlik
Reja:
Inson ekologiyasi haqida zamonaviy tasavvur.
Ekologik valeologiyasi: biogen jihatlar.
Ekologik valeologiya- sotseogen jihatlar.
Inson faoliyat subyekti sifatida.
Adaptiv (moslashish) ozgarishlar va salomatlikning bahosi.
Inson ekologiyasi haqida zamonaviy tasavvur.
Ekologiya, yani bizni orab turuvchi narsalar (yunoncha soz oikos-boshpana, uy) haqidagi tushunchani XIX asr ortalarida biolog- evolyutsionist Ernes Gikkel (1834-1919) adabiyotga olib kiradi. Shu vaqtdan boshlab, aftidan, mazkur tushunchani mutaxassislar tomonida turli tarzda talqin etilgan va ilmiy kategoriya sifatida baholanadi. Togrirogi, ushbu tushunchaning qolanish sohasi biologiya fani bilan chegaralanmay, olimlar qarshilik bildirmaganlari sababli, ular ortasida unchalik tortishuvlar bolmagan. Ekologik goyalarning inson omiliga singishi hamda ularni ijtimoiy talqin etilishi bilan vaziyat ozgara boshladi.
Tibbiy atamalar enseklopedik lugatida ekologik organizmlarning bir-biri va atrof-muhit bilan ozaro munosabati haqidagi fan sifatida tariflanadi. Inson ekologiyasi, osha manbaa boyicha, tabiat va inson munosabatlarining umumiy qonuniyatlarini organuvchi va ularning munosabatlarini optimallashtirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiquvchi fandir. Har bir istalgan fan kabi, atrof-muhit bilan aloqador tirik organizmlar munosabatlarining xususiyatlari, qator voqealik va qonuniyatlar oziga xos, maxsus atamalar bilan nomlanadi. Jumladan, ekosestema atamasi ilk bor ingliz olimi Temsli tomonidan taklif etilgan. U tirik organizmlar hamda ular isteqomat qiluvchi muhitning birligini anglatadi. Ekosistema tarkibini 3 guruhga ajratish mumkin: 1. Produsentlar. 2. Konsumentlar. 3. Redusentlar. Produsentlar- quyosh nurlari energiyasi yoki kimyoviy aloqalar energiyasidan foydalangan holda organik moddalarni mustaqil sintezlashtiruvchi organizmlardir. Barcha yashil osimliklar, kok yashil suv osimliklari, bazi bakteriyaalr produsentlar guruhiga kiradi. Tayyor organik moddalarni istemol qiluvchilar- konsumentlardir (hayvonlar va inson). Organik moddalarning oddiy birikmalarigacha chirish jarayoni redusentlar (bakteriyalar, zamburug, qurt-qumursqalar) orqali amalga oshiriladi. Komponentlar ortasidagi aloqalar, oziq-ovqat aloqalari, shuningdek oziq-ovqat hosil qilish asosida amalga oshiriladi.
Inson ekologiyasi uning tibbiyot, geografiya, biologiya sohalaridagi tadqiqotlari sifatida namoyon boladi, bu esa ushbu fan haqidagi yagona tasavvurga putur yetkazadi. Tibbiy yondashuv uning tarkibiga epidemiologiya, yuqumli va yuqumli bolmagan kasalliklar, ovqatlanish va uy-joy gigiyenasi, boshqacha qlib aytganda, sanitar-gigiyena turkumidagi deyarli barcha fanlarni kiritishgaolib keladi. Inson ekologiyasi muamolarini ishlab chiqishda tabiiy ilmiy fanlar va tibbiyot yetakchi hisoblanadi. Shuning bilan birga etirof etish lozimki, inson ekologiyasi sotsiologiyani, psixologiyani, gigiyenani va boshqa oz predmeti va oz xususiiyati bolgan fanlarni ozining hisobiga almashtrshi mumkin emas deyilgan fikr adoatdandir.
Ushbu ilmiy yonalishga biologik yondashuvning kengligi asosiy masalalar: ovqatlanish ekologiyasi, ob-havo (klimat)ga moslashish, kasalliklar, populyatsiya barqarorligining monografik holatining qisqacha sanab otilishi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |