Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   290
Bog'liq
falsafa

tushunchalardir.  Ular  xususiy,  muayyan  qiyofalar  ham  ularni  umumlashtirishdan  chalg‘ish 
tufayli  tashkil  topadilar.  Nazariy  bilimlarni  kasb  etish  shakli  sifatida  qiyos  (sillogizm),  ya'ni 
dastlabki zamindan xulosaga o‘tish maydonga chiqadi.  
Bilish  jarayoni  mutafakkir  tomonidan  ashyolarning  paydo  bo‘lish  jarayoni  sifatida 
tushuntiriladi.  Modda  imkoniyat  sifatida  mavjud  bo‘lsa,  aql  faol  ibtidodir.  Imkoniyat 
darajasida  mavjud  bo‘lgan  moddiy  ob'ektlarga  faol  ibtido  shakl  bergandan  keyin,  ular 
voqyelikka  aylanadilar.  Shuning  uchun  imkoniyat  holatidagi  aqlni  modda  bilan  solishtirish 
mumkin.  Faol  aql  unga  bilish  shakllari  sifatida  shunday  shakllarni  kiritadiki,  ular  moddada 
borliqning shakllari sifatida yuzaga chiqadilar. Natijada bilim kelib chiqadi. 
Fikrlovchi  ruhning  vazifasi  quyidagilardan  iborat:  birinchidan  ruh  har  yoqlama 
ashyolardan  ayrimlarini  ya'ni  ular  uchun  umumiylarini  ajratib  olib,  ularni    bir-birlaridan 
farqlaydi,  ya'ni  qaysinisi  javhar,  qaysi  biri  esa  oraz  ekanligini  aniqlaydi.  Tushunchalar  ana 
shunday  paydo  bo‘ladilar.  Ikkinchidan,  aqlning  bundan  keyingi  harakati  tasdiq  va  inkor 
vositasida hukmda tushunchalarni birga qo‘shish va uyg‘unlashtirishdir. Uchinchidan, aql ega 
uchun  tasdiq  yoki  inkor  etish  hukmiga  zarur  bo‘lgan  kesimni  axtaradi.  Tushunchalarning 
munosabati  hukmlarda  qonuniy  bog‘liqlik  xususiyatiga  ega.  To‘rtinchidan,  aqlning  faoliyati 
o‘z  ifodasini  shunday  qoidalarni  idrok  etishda  topadiki,  ular  umum  qabul  qilgan  fikrlarning 
begumonligiga asoslangandirlar. 
Umumiy  yoki  haryoqlama  narsalar  (universaliyalar)  ashyolargacha,  ashyolarda  va 
ashyolardan  keyin  ham  mavjuddirlar.  Umumiy  narsa  ashyolargacha  ilohiy  aqlda  mavjuddir 
(masalan, Xudo  hayvonlarni yaratish uchun, ulardan oldin keladigan «hayvonlar» g‘oyasiga 
ega  bo‘lishi  kerak  bo‘ladi).  Umumiy  narsa  ashyolarda  mavjud  bo‘ladi  (masalan,  har  bir 
hayvonda  «hayvonlik»  bor).  U  ashyolardan  keyin,  inson  tafakkurida  mavjud  bo‘ladi.  Bu 
umumiy narsa, moddiy ashyolarda mavjud bo‘lganlarning tasviridir. Ammo mutafakkir qayd 
etadiki, umumiy tasavvur sifatida hyech qanday ayrim olingan narsa va moddiy narsa sifatida 
hyech qanday umumiy narsa qabul qilinmaydi
86
.  
Mantiq.  O‘zining  mantiqiy  nazariyasida  Ibn  Sino  Arastudan  ilgarilab  ketadi.  Ammo  u 
«Birinchi muallim»ning oddiy taqlidchisi emas edi. 
«Mantiq shunday fanki, u inson aqlida mavjud bo‘lgan ma'nolardan kasb etishni xohlovchi 
ma'nolarga  o‘tish  vositasi  bo‘lib,  bu  o‘tishga  xos  bo‘lgan  ma'nolar  qoidasi  va  tartib  hamda 
shakllarning  ko‘p  turlarini  bilishdir,  negaki,  ular  ham,  bular  ham,  va  hatto  ularga  olib 
bormaydigan  ko‘rinishdagilar  ham  to‘g‘ri  xulosalar  chiqarishga  olib  keladi»
87
.  Mantiq 
haqiqatni  yolg‘ondan,  ishonchlini  ehtimol  tutilgandan,  bilimni  shubhali  fikrlardan  farqlash 
uchun  zarur.  Uning  yordamida  biz  tushunchalarni  aniqlaymiz,  hukmlar  yuritamiz.  Shuning 
uchun mantiq bilim haqidagi fandir. 
Ibn  Sino  mantiqning  juda  ko‘p  masalalarini  tadqiq  qiladi:  tushunchalarning  mohiyati  va 
tuzilishi,  tushuncha  va  belgi,  tushunchalarning  turlarga  bo‘linishi;  ta'rif,  tasvir  va  uning 
turlari;  hukm,  uning  tuzilishi  va  turlari,  hukmlar  tashkil  topishining  vositalari  va  ularning 
qaytadan tuzilishi usullari; xulosa va uning tuzilishi, xulosalarning turlari, uning shakllari va 
ko‘rinishlari  va  qoidalari,  dalillash  (isbotlash)  va  raddiya,  isbotlash  asoslari,  dalillardagi 
qoidalar va xatolar. 
Ijtimoiy-siyosiy  qarashlari.  Inson  bilan  bog‘liq  masalalarni  Ibn  Sino  amaliy  falsafaga 
taalluqli  deb  biladi.  Amaliy  falsafa  mavzusi  shaxs  farovonligi  bo‘lgan  axloq,  oila 
farovonligini o‘rganadigan iqtisod, davlat ravnaqini o‘rganadigan siyosatga bo‘linadi.  
Ibn  Sino  o‘zining  ijtimoiy  qarashlarida  Forobiy  g‘oyalariga  qo‘shilgan  bo‘lib,  orzudagi 
fozil jamiyat tarafdori ediki, uning boshida ma'rifatparvar, odil podsho turar edi. Jamiyatning 
barcha  a'zolari  ijtimoiy  foydali  mehnat  bilan  shug‘ullanishlari  lozim  edi.  Bajaradigan 
vazifalariga  qarab  ularni  Ibn  Sino  uch  guruhga  bo‘ladi:  ma'muriy  xizmatdagilar,  ishlab 
                                                 
86
 Қаранг: Абу Али ибн Сино. Нажот. 234-б. 
87
 Абу Али ибн Сино. Логика.// Книга указаний и наставлений. –М., 1965. 2-б. 


chiqaruvchilar  va  harbiylar.  Ibn  Sino  kishilarning  ijtimoiy  holatlaridagi  farqlarni  tabiiy 
hisoblaydi. Agar barcha kishilar podsho yoki qaram bo‘lganlarida, ular yashay olmas va halok 
bo‘lgan bo‘lar edilar, va agarda hamma mulk va boylik bo‘yicha teng va bir xil bo‘lganlarida, 
odamlarning  bir  qismi  boshqasi  uchun  ishlamay  qo‘yar  va  natijada  bir-biriga  yordam 
ko‘rsatish to‘xtagan bo‘lar edi. Agarda barcha kishilar kambag‘al bo‘lganlarida, u vaqtda ular 
halok bo‘lgan bo‘lur edilar. Demak, mulkiy holat va egallab turgan mansab jihatdan mavjud 
bo‘lgan farq muqarrardir
88

Kishilarning  o‘zaro  munosabatlari  asosida  qonun  yotishi  lozim:  «Kishilar  o‘rtasida 
shunday bitishuv zarurki, unda adolat me'yorlari belgilangan va shu bilan farqlanuvchi qonun 
qabul  qilingan  bo‘lishi  kerakki,  uni  so‘zsiz  bajarish  qonun  chiqaruvchi  tomonidan 
majburiyatga aylantirilgan bo‘lsin»
89
. Barcha a'zolari uchun bajarilishi shart bo‘lgan qonunlar 
bor bo‘lgan jamiyatda, adolatsizlik bo‘lishi mumkin emas. Jamiyat a'zosining adolatsizligini 
jazolash lozim. Agar hukmdorning o‘zi adolatsiz bo‘lsa, unga qarshi qo‘zg‘olish oqlangan va 
jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘ladi. 
Insoniyatning asriy orzusi go‘zallikka intilish edi. Go‘zallik  esa, Ibn Sino nuqtai nazarida, 
kamolotga intilish bilan barobar edi. Mukammallikka erishish sababi ishqdir. Ishq-muhabbat 
Ibn  Sino  tomonidan  doimiy  ravishda  taraqqiyotga,  mukammallikka  intilish  sifatida  talqin 
qilinadai.  Shu  bilan  birga,  borliqning  zinalarida  tizimning  holatida  qancha  yuqori  bo‘lsa,  u 
shuncha  katta  qobiliyat  va  kuch  bilan  mukammallik  tomon  tez  harakat  qilib  boradi.  Tabiat 
rivojining gultoji aql bilan siylangan inson bo‘lib, mukammallikka intilishning yuqori shakli 
va harakati unga xosdir. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish