Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   290
Bog'liq
falsafa

Borliq  haqidagi  ta'limot.  Ibn  Sino  fikricha,  borliq  vojibul  vujud  (zarur  bo‘lgan  vujud), 
ya'ni birinchi sabab, Xudo, barcha ashyolarning ibtidosi va mumkinul vujud (bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan  vujud),  ya'ni  qolgan  barcha  narsalardan  iboratdir.  Vojibul  vujud  o‘z-o‘zicha  bor 
bo‘lib, yagonadir. Mumkinul vujud (mumkin bo‘lgan vujud) birinchi sababdan kelib chiqib, 
ayni vaqtda ko‘plikdir, ya'ni o‘zida ko‘p ashyolarning paydo bo‘lish imkoniyatini sig‘diradi. 
Shunday  qilib,  borliq  bo‘linmaydigan  yagona  va  bo‘linadigan  ko‘plikdan  tashkil  topgandir. 
Ko‘plik darhol paydo bo‘lmaydi, balki asta-sekin, sabab va oqibat shaklida namoyon bo‘ladi.  
Borliqning  barcha  shakllari  dastlab  yagonada  mavjud  bo‘ladi.  Birinchi  sababdan 
uzoqlashgan sari ushbu shakllar ko‘proq mustaqillik kasb etib, faqat bevosita oldingi sababga 
nisbatangina bog‘liq bo‘ladilar. Shunday qilib, turli ashyolar vujudga (zaruriy vujud) nisbatan 
turlicha  darajada  yaqinlikda  bo‘ladilar.  Vojibul-vujudning  xususiyati  keyingi  keladigan 
barcha  vujudga  uzatiladi.  Ibn  Sino  shunday  yozadi:  «Vojibul  vujud  shundayki,  barcha  o‘z 
mavjudliklarini  undan  oladigan  narsalar  zaruriy  ravishda  mavjuddirlar,  negaki,  shunday 
bo‘lmasa  vojibul  vujudda  shunday  holat  vujudga  kelar  ediki,  u  unda  bo‘lmas  edi,  va  o‘sha 
vaqtda  u  barcha  jihatlardan  vojibul  vujud  bo‘lib  qolar  edi»
78
.  Bunday  ta'limotni  deistik 
yo‘nalishdagi panteizm sifatida baholash mumkin.  
Mumkinul  vujud  (bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  vujud)  javhar  (substansiya)  va  orazdan 
(akundensiya)  tashkil  topgan  eng  umumiy  va  o‘zini  ko‘plab  namoyon  etadigan  javhar  – 
birinchi  ibtidodagi  unsurlar  (olov,  havo,  suv,  tuproq)dir.  Modda,  shakl,  ruh  va  aql  –  oddiy 
javharlardir, jism esa – murakkab javhar. Barcha ashyolarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat – 
jismiylik  bo‘lib,  modda  va  shakldan    tashkil  topadi.  Ular  o‘zaro  bog‘liqdir  va  biri 
ikkinchisisiz  mavjud  bo‘lmaydi.  «…modda  jismiy  shaklga  ega  va  jismiy  shaklsiz  voqyelik 
mavjud  bo‘lmaydi.  Binobarin,  u  jismiy  shakl  tufayli  haqiqiy  mavjud  bo‘lgan  javhardir. 
Shunday ekan jismiy shakl haqiqatda javhardir»
79
.  
Ibn Sino dunyoni yagona birlikda deb hisoblaydi: «Bo‘shlik mavjud emas … butun dunyo 
yagona jismdir».  
Ibn  Sino  harakat tahliliga katta e'tibor  qaratib, uni  mexanik tarzda o‘rin almashtirish deb 
qaramaydi: «Harakat deb odatda shunday narsaga aytiladiki, u makonda sodir bo‘ladi, ammo 
hozirgi  vaqtda  bu  tushunchaning  ma'nosi  boshqacha  bo‘lib,  makoniy  harakatdan  ko‘ra 
umumiyroq bo‘lib qoldi». Ibn Sino ta'kidlaydiki: «Qandaydir ashyoning har qanday holati va 
harakati, imkoniyatda shunday qandaydir ashyo bo‘lganligi sababidan harakat deb ataladi»
80
.  
Fanlar  tasnifi.  Barcha  falsafiy  fanlarni  Ibn  Sino  ikki  turga:  nazariy  va  amaliyga  bo‘ladi. 
Amaliy  fan  o‘z  navbatida  siyosat,  huquq,  uy  xo‘jaligi  va  axloqqa  bo‘linadi;  nazariy  ilm  – 
metafizika  (oliy  ilm),  riyoziyot  (o‘rta  ilm)  va  tabiat  haqidagi  ilm  (quyi  ilm)  ga  bo‘linadi. 
Metafizika  mutlaq  borliq  va  uning  umumiy  holatini  o‘rganadi  –  eng  umumiy  tushunchalar 
hamda  ilohiyot  –  Xudoni  bilishni  ham  qamrab  oladi.  Riyoziyot  (matematika)  miqdoriy 
munosabatlar  –  andoza  va  sonlarni  va  ularning  turli  shahobchalari  bo‘lgan:  handasa 
(geometriya),  arifmetika,  astronomiya,  musiqa,  optika,  mexanika,  harakatdagi  doiralar 
haqidagi ilm, asboblar haqidagi ilm va boshqalarni o‘rganadi. 
Tabiatshunoslik tabiatni o‘rganadi  va 6 bo‘limdan iboratdir: butun  tabiat uchun umumiy 
bo‘lgan masalalar – modda, shakl, odatdagi holat, harakat va hokazo; dunyoni asosini tashkil 
etgan  jismlar  holati  –  osmondagi  narsalar,  unsurlar,  ularning  miqdori  va  hokazo;  tabiiy 
jarayonlar  –  tashkil  topish,  paydo  bo‘lish,  yo‘qolish,  o‘sish,  jismning  zavoli  va  hokazo; 
qo‘shilishidan  oldingi  4  unsurning  holati,  shuningdek,  obu  havo  muhitidagi  hodisalar  – 
shahoblar(meteoritlar),  yomg‘ir,  momaqaldiroq,  chaqmoq,  shamol,  kamalak  va  hokazo; 
tabiatshunoslik jonsiz tabiatni, o‘simliklar dunyosi, hayvonlar dunyosini; inson ruhi va ruhiy 
kuchlarining  holatini  o‘rganadi.  Tabiatshunoslikka  Ibn  Sino  tabobat,  munajjimlik, 
                                                 
78
 Абу Али ибн Сино. Книга спасения // В кн.: Антологния мировой философии. –М., 1974. 730-б. 
79
 Абу Али ибн Сино. Даним-намд. Сталинабад. 1957. 152-б. 
80
 Ѝша жойда. 232-б. 


qiyofashunoslik,  tush  ta'biri  to‘g‘risidagi  fan,  tumor,  afsungarlik,  alximiya  haqidagi  ilmlarni 
ham kiritadi
81
.  

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish