Atrofni o‘rab turgan dunyo asosida suv, olov, havo, tuproq yotadi. Ular haqida u shunday
yozadi: «Oddiy javharlar davriy ravishda paydo bo‘lish va zavol topishni bilmaydilar»
62
.
Beruniy ruhning mavjudligini tan oladi. U jism bilan o‘zaro zich aloqada bo‘lib, faqat
jismdagina mavjud bo‘lishi mumkin: «Ruh o‘zining ko‘p holatlarida badanning haroratiga
bo‘ysunadi, shuning uchun o‘z xususiyatlariga ko‘ra turli va xilma-xil bo‘ladi»
63
. Beruniy
fikricha, havo, tuproq va olov bo‘linmas zarrachalar – atomlardan tashkil topganlar. U
jismlarning cheksiz bo‘linishi haqidagi ta'limotni asossiz, deb e'lon qildi. Biroq u qayd etadi:
«handasa (geometriya) ahllari orasida yaxshi ma'lum bo‘lgan anchagina (bahsli) aytilgan
fikrlar atomistlarga ham xosdir …» U atomistik ta'limotning qarama-qarshiligini hal qiladigan
yo‘l qidirdi. Diqqatga sazovori shundaki, atomistik ta'limotga tamoyili bo‘lgan Beruniy,
bo‘shliqni rad etdi. Bu o‘sha zamondagi falsafiy an'analar bilan bog‘lanmagan edi, negaki,
atomistik ta'limot bo‘shliqning mavjudligini nazarda tutar edi.
Barcha jismlar yer markaziga intilishini qayd etgan Beruniy, Arastuning barcha jism va
unsurlar o‘zlarining «tabiy joylarida» joylashgandirlar, degan muhim qoidasini shubha ostiga
oladi. Arastu fikricha, o‘zlarining «tabiiy joyida» joylashgan barcha jism va unsurlar sokin va
harakatsiz holatda bo‘ladilar. Ularni bu holatdan chiqarish uchun qandaydir qarshi kuch
kerak.
Beruniy geometrik tartibdagi dalilni keltiradi: «markaz» tushunchasining o‘zi shuni
nazarda tutadiki, u faqatgina nuqtadir, shuning uchun barcha og‘ir jismlar uchun Arastu
fikricha, «tabiiy joy» bo‘lgan markaz, unga yetib kela olmaydi va qaerdadir markaz atrofida
bo‘lishga majbur, ya'ni o‘zining «tabiiy joyi»dan tashqarida. Shunday qilib, jismlar o‘z
«tabiiy joylari»da hyech qachon sukunat kasb eta olmaydilar. yengil unsurlar uchun ham,
ularning doiralariga nisbatan olinadigan «tabiiy joy» to‘g‘risidagi dalillar
ham taxminan xuddi
shunday. «Shunday qilib,-deb yozadi Beruniy,- hyech qanday jism uchun alohida tarzdagi
tabiiy joy yo‘q»
64
.
O‘zining Ibn Sinoga yozgan ilmiy e'tirozlarida Beruniy dunyolarning ko‘pligi haqidagi
masalaga ham o‘z nuqtai nazarini bayon qiladi. Olim shunday dalil keltiradi: agar Xudo har
narsaga qodir bo‘lsa, u biznikidan tashqari boshqa dunyolarni ham yarata oladi. Arastu abadiy
va o‘zgarmas doiraviy harakatni to‘g‘ri chiziqlik harakatga qarama-qarshi qo‘ygan edi,
Beruniy bo‘lsa, umuman doiraviy harakatni osmonlarning alohida tarzdagi imtiyozi, deb
hisoblamadi. Kelgusidagi kashfiyotlarni oldindan sezgandek, u osmon jismlari va ularning
doiralarini ellipsoid (ellipsning o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘ladigan geometrik jism)
shaklda bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrni aytdi.
Beruniyga dialektik g‘oyalar ham xos edi: «Unda (yerda) turg‘un qoladigan hyech narsa
yo‘q». Buning ustiga, butun dunyo bu jarayonga duchor bo‘ladi: «… Dunyodagi barcha
narsalar ma'lum muddat o‘tgandan keyin bir holatdan boshqasiga o‘tishga qodirdirlar»
65
. U
yer taraqqiyotida sakrashlar katta o‘rin tutishini qayd etgan edi. Olim tabiatning turli
jarayonlarida qarama-qarshiliklar, bir-biriga qarshi turuvchi kuchlar qanchalik muhim
ahamiyatga ega ekanliklarini ko‘rsatib o‘tgan edi. Jumladan, Beruniy odam badanidagi
qarama-qarshiliklar kurashi haqida gapirib, ularning tabiiy holat ekanligini qayd etadi, negaki
ulardan birontasining g‘alabasi og‘ir kasalliklarga olib keladi. Beruniy bu yerda mexanik
jihatdan ustun bo‘lgan qarama-qarshilik g‘alabasi haqida emas, balki «uni o‘ziga o‘xshashga
aylanishi»
66
to‘g‘risida gapiradi.
62
Абу Райҳон Беруни. Индия // Избранные произведения в 6 томах. –Т., 1963. Т.2. 311-б.
63
Ѝша жойда.
64
Абу Райҳон Беруни. Возражения (эътирозлар). –Т., 1965. 39-б.
65
Материалы по истории… 73-б.
66
Абу Райҳон Беруни. Минералогия.// В. кн.: Собрание сведений для познания драгоценностей. –М.,
1963. 11-б.