ijodiy aqlga ega bo‘lgan, borliqning eng mukammal ko‘rinishi sifatida qaraydi.
Borliq
to‘xtovsiz rivojlanish holatidir. U asta-sekinlik bilan tirik bo‘lmagan dunyo hodisalaridan, eng
yuqori bo‘lgan inson darajasiga ko‘tariladi. Har bir doiraning aqliga ruh muvofiq keladi.
Ruh
– bu harakatlantiruvchi kuch, aql esa – ishq rag‘bati va qo‘zg‘otuvchisidir. Bu birlikdagi
rahbar kuch
aqldir, ammo ruh aqldan baland ko‘tarilishga intiladi. Ruhning aqlga qarama-
qarshi turishi tufayli doiralarda rivojlanish yuz beradi. Dunyo moddiy bo‘lib, o‘zining
qonunlariga ega. Borliq – boshi va oxiri bo‘lmagan doimiy oqimdir. Moddaning bir akldan
ikkinchi shakl mavjudligiga, bir sifatiy holatdan boshqasiga cheksiz ravishda aylanishi
borliqning tabiiy holatidir.
Inson baxtli yashash uchun dunyoga keladi. Bu baxtning asosi
tabiatdir, ammo uning boyliklaridan foydalanish uchun uni o‘rganmoq kerak. Xayyom
insonning ma'naviy xo‘rlik holatiga qarshi xayqiradi:
Ka'bayu butxona qullik xonasi,
Butxona zangi ham shum taronasi.
Mehrobu kaliso, tasbehu salib –
Barchasi
qullikning bir nishonasi
103
.
Umar Xayyom inson ijodiy faoliyatining g‘alabasi uchun, uning yer yuzidagi baxt-saodati
uchun kurashdi. Uni quyidagi misralaridan bilib olish mumkin:
Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko‘zin qorasi – javhari ham biz.
To‘garak jahonni
uzuk deb bilsak,
Shaksiz uning ko‘zi – gavhari ham biz.
Faqat ilm bilan balandmas odam,
Ahdu vafo bilan baland – past odam.
So‘zi bilan
ishi bir kelsa agar
Har narsadan baland, muqaddas odam.
O‘lik – tirik ishin tuzatkuvchisen,
Tarqoq
koinotni kuzatkuvchisen,
Yomon bo‘lsam hamki, sening bandangman,
Men nima ham qilay? Yaratkuvchi – Sen.
Falakka hukm etgan Tangriday bo‘lsam,
Falakni qilardim o‘rtadan barham.
Yangidan
shunday bir falak tuzardim,
Yaxshilar tilakka yetardi ul dam.
(forschadan Shoislom Shomuhamedov tarjimasi).
O‘zining ruboiylarida u sharob haqida ko‘p yozadi, ammo sharob shodlik uchun emas,
balki o‘zining ichki tuyg‘ulari va uni o‘ylatgan xayollarni tarqatish uchun safarbar qilingan.
Shuni nazarda tutish kerakki, Qur'on sharob ichishni mann etadi va shuning o‘zidan kelib
chiqib, she'rlarda sharobga murojaat etish bid'at hisoblanadi. Shuning uchun D.Darmsteter
quyidagilarni yozganda haq edi: «Xabari yo‘q odam dastlab fors she'riyatida sharobning
qanchalik o‘rin tutganini ko‘rib, xayron bo‘lib, hatto biroz uyalib ham qoladi. Ammo unda
bizdagi ziyofatlarda quylanadigan ashulalar bilan hyech qanday umumiylik yo‘q … Ichuvchi
shoir uchun – ozod inson ramzidir»
104
.
Bundan keyingi Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fikrlari
taraqqiyoti mo‘g‘ul bosqinchiligi natijasida to‘xtab qoldi. Markaziy Osiyo va Erondagi
mashhur kutubxonalar (Marv, Buxoro, Balx, Samarqand, Bag‘dod, Rey va boshqalar) xarob
103
Умар Хайѐм. Рубоийлар. Т.: «Радуга». 1985. 53-б. Шоислом Шомуҳамедов таржимаси.
104
Д.Дармстетер. Происхожденипе персидской поэзии. –М., 1925. 61-б.
qilindi. Xuddi shu mo‘g‘ullar hukmronligi ilmiy, falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fikrlar markazini
Markaziy Osiyo va Erondan Arab xalifaligining g‘arbiy qismi bo‘lgan musulmon Ispaniyasi
va Shimoliy Afrika shaharlariga ko‘chishiga sabab bo‘ldiki, u yerlarda
uning gullab-yashnashi
uchun qulayroq iqtisodiy va siyosiy sharoitlar mavjud edi.
Tasavvuf islom olamidagi xalqlarning ijtimoiy-falsafiy, madaniy-ma'naviy hayotida keng
tarqalgan, eng murakab hamda o‘zaro ziddiyatlarga to‘la g‘oyaviy oqimlardan biri sanalib,
paydo bo‘lishining birinchi asrlarida (IX-X) bid'at ta'limotlar qatoriga qo‘yilgan, uning
targ‘ibotchi va tashviqotchilari beayov quvg‘in etilgan, ba'zilari shafqatsiz qatl etilgan.
Ko‘pchilik mualliflarning fikricha, tasavvuf, arabcha
«suf» so‘zidan sufiy so‘zi yasalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: