Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   290
Bog'liq
falsafa

Abu  Homid  ibn  Muhammad  G‘azzoliy  (1058-1111)  Xurosonning  Tus  shahrida  1058  yili 
tavallud  topdi.  Bolalik  va  o‘smirlik  yillarini  o‘z  tug‘ilgan  shahrida  o‘tkazib,  keyinchalik 
o‘qishni davom ettirish maqsadida Nishopurga ketdi. 1085 yili G‘azzoliy saljuqlar davlatining 
bosh vaziri bo‘lgan Nizomulmulk xizmatida edi. Shu vaqtda u falsafa bilan jiddiy shug‘ullana 
boshladi.  1091  yilda  Nizomulmulk  o‘zi  tomonidan  Bog‘dodda  tashkil  etilgan  Nizomiya 
madrasasida falsafadan dars berishni G‘azzoliyga topshirdi. 
O‘sha zamonning eng yaxshi o‘quv yurti bo‘lgan bu dargohda G‘azzoliy 4 yil dars berdi, 
so‘ngra  falsafa  kursini  o‘z  akasi  Ahmadga  topshirib,  o‘zi  butunlay  ilmiy  ish  bilan 
shug‘ullandi.  U  uzoq  safarga  otlanib,  Makka,  Damashq,  Baytul  Muqaddas,  Iskandariya  va 
boshqa  shaharlarda bo‘lib, u yerdagi  mashhur olimlar  bilan uchrashadi  va kutubxonalardagi 
kitoblarni o‘qib chiqadi. Bu yillar uning hayotida og‘ir yillar bo‘lganini yozadi: «Men hamma 
narsani:  ikkilanishlarni,  shak-shubhalarni,  inkor  etishlarni,  e'tiqodsizlikni  o‘z  boshimdan 
o‘tkazdim; haqiqatni tasavvufda topdim»
94

Uning  oldida  ko‘ndalang  turgan  asosiy  muammo  –  fan  bilan  din  o‘rtasidagi  qarama-
qarshilikni  bartaraf  etish  edi.  G‘azzoliy  fikricha,  bu  narsa  tasavvuf  asosida  bartaraf  etilishi 
mumkin  edi.  U  o‘z  Vatani  Tusga  qaytib,  bu  masalaga  bag‘ishlangan  qator  asarlar  yaratdi. 
G‘azzoliy 1111 yilning 19 dekabrida Tus yaqinidagi Tabaron qishlog‘ida vafot etdi. 
G‘azzoliy  falsafa,  axloq,  din  va  tasavvufga  doir  bir  qancha  asarlarning  muallifidirki, 
ulardan  eng  muhimlari  quyidagilardan  iborat:  «Ihyoi  ulum  ad-din»  («Diniy  ilmlarning 
jonlanishi»),  «Tahofut  ul-falosifa»  («Faylasuflarni  rad  etish»),  «Kimyoi  saodat»  («Baxt  – 
saodat yoki hikmat kaliti»), «Munqiz minal zilol» («Adashishlardan saqlovchi»).  
G‘azzoliy  Forobiy  va  Ibn  Sinolarning  asarlarini  yaxshi  bilar  edi.  Ularning  falsafiy 
ta'limotlari  islomni  mustahkamlash  uchun  xizmat  qilmasligiga  ishonch  hosil  qilgach,  ularga 
qarshi turdi.  
G‘azzoliyning  eng  yirik  asari  uning  bir  necha  jildlik  «Ixyoi  ulum  ad-din»  bo‘lib,  uning 
arabcha asl nusxasi bilan bir qatorda tushunishga osonroq bo‘lishi uchun fors tilida «Kimyoi 
saodat» deb ataluvchi qisqacha variantini ham yozgan. Markaziy Osiyoda buning qisqachasi 
«Chahor kitob» (To‘rtta kitob) deb ham yuritiladi. Bu asar juda ham mashhur bo‘lib ketgan 
edi.  Tasodifiy  emaski,  mashhur  islomshunos    I.  Goldsier  qayd  etganidek,  «agar 
                                                 
94
 Великие люди. Оренбург. 1902. 33-36-б. 


Muhammaddan  keyin  payg‘ambar  bo‘lishi  mumkin  bo‘lganda,  albatta,  bunday  kishi  al-
G‘azzoliy bo‘lar edi»
95
.  
Abu  Homid  G‘azzoliy  fikricha,  rasmiy  diniy  e'tiqod  mo‘minning  tashqi  tomondan  o‘z 
burchini bajarishinigina talab qilib, unda his-tuyg‘uga o‘rin qoldirmaydi. 
Ikkinchi  tomondan,  tasavvuf,  uning  fikricha,  agarchi  his-tuyg‘uga  katta  o‘rin  ajratgan 
bo‘lsa  ham,  o‘z  ta'limotida  hamma  vaqt  ham  me'yorni  saqlamasdan  ba'zida  islomning 
umumiy talablaridan chiqib ketish darajasiga boradi. 
G‘azzoliy  diniy  bilimlarni  jonlantirishni  quyidagicha  amalga  oshirish  mumkinligini 
ta'kidlaydi:  qotib  qolgan  rasmiyatchilik  o‘rniga  e'tiqodga  tasavvufdan  iqtibos  qilingan  bir 
qator    ilohiy  unsurlarni,  masalan,  jo‘shqin  his-tuyg‘u,  mehr-muhabbatni  kiritish  lozim. 
Bunday  tajriba  to‘la  g‘alaba  qozondi,  chunki  G‘azzoliydan  keyin  ilgarigi  an'anaviy  aqida 
tarafdorlari juda ham kam qoldi. 
Ikkinchi  tomondan,  G‘azzoliy  tasavvufning  barcha  qoidalarini  tekshiruvdan  o‘tkazib, 
uning  qaysi  tomonlari  sunnatga  muvofiq  kelishi,  qaysinisi  to‘g‘ri  kelmasligini  aniklab, 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish