Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   290
Bog'liq
falsafa

Sufiylar – aksar qo‘y junidan to‘qilgan chakmon yoki po‘stin kiyib yuruvchi darveshlardir. 
Tasavvufning  yirik  nazariyotchilari  orasida  quyidagilar  alohida  o‘rin  tutadilar:  Robi’a 
(VIII  asr),  Ibrohim  ibn  Adham  (VIII  asr),  Boyazid  Tayfur  al-Bistomiy  (vaf.  875-878),  Abu 
Bakr ash-Shibli (X asr), Husayn ibn Mansur al-Halloj (922 y. qatl et.), Farididdin Attor (vaf. 
1230),  Jaloliddin  Rumiy  (XIII  asr),  Qodiriya  tarikatining  asoschisi  Abdul  Qodir  al-Jiloniy 
yoki  Giloniy  (1077-1166),  Kubraviya  tariqatining  asoschisi  Nadmiddin  al-Kubro  (1145-
1221), Ibn al-Arabiy (vaf.1260) va boshqalar. 
Taqvodorlar yuragi billur kabi shaffof, «gunohkorlar» yuragi esa «zang» bilan qoplangan 
va haqiqatni eshitishga kar. Yuraklarni «rahmdil»  qilish  yo‘li,  ularni ilohiy  bilimlarni qabul 
qilishga  va  dunyoviy  hirslardan,  istaklardan  nafratlanishga  tayyorlash  tasavvufning  bilish 
nazariyasi,  ruhshunosligi  va  amaliyotining  mavzusini  tashkil  etadi.  Payg‘ambar  risolati 
haqidagi  ta'limotda  (nubuvvat)  «Muhammad  qalbi»  (shuningdek,  keyingi  davr  tasavvufida 
«Muhammad  ruhi»)  nur  chiqaruvchi  manba  bo‘lib,  odamlar  hali  badan  shakliga  kirmasdan 
oldin, ular ruhini nurafshon qilgan. 
Yurak  (qalb)  tushunchasi  tasavvufda  zikr  bilan  yaqindan  bog‘liqdir:  haqiqiy  zikrning 
quroli  faqat til  (zikr  al-lison)gina emas, balki  inson badanining butun  a'zolari bo‘lib, oxirida 
ulardan eng muhimi sifatida yurak (zikr al-qalb) tan olinadi. Qalb orqali amalga oshiriladigan 
zikr natijasida Alloh sufiy yuragidan «joy oladi» va uning barcha hatti-harakatlarining yagona 
kuyiga  aylanadi;  sufiy  ilohiy  siymoga  aylanadi.  Yurak  (qalb)  dunyoda  Xudoni  sig‘dirishga 
qodir bo‘lgan yagona mohiyat hisoblanadi. 
«Qalbshunoslik»ning  tasavvufiy  unsurlarini  umumlashtirgan  G‘azzoliy,  ayni  bir  vaqtda 
yurakni tabiiy badan (lahm) sifatida ham ifodaladi, ya'ni kalb o‘zida inson tabiatining oliy va 
quyi  jihatlarini  birlashtiradi.  Bir  tomondan,  istak  va  ehtiroslar,  ikkinchidan  badan  qismlari, 
yurak yashashini qo‘llab-qo‘ltiqlash uchun zarur  va shuning uchun «qalb qo‘shig‘ini» (junud 
al-qalb)  deb  ataydilar.  G‘azzoliy  qalbni  insonning  hatti-harakatini  aks  ettiruvchi  ko‘zguga 
o‘xshatadi: ezgu ishlar qalbni «sayqallashtiradi», uni Xudoni mushohada qilishga va u bilan 
aloqa  bog‘lashga  yaqinlashtiradi,  buning  aksi  o‘laroq,  yomon  ishlar  uni  «xiralashtiradi»  va 
uzoqlashtiradi.  Ibn  Arabiy  fikricha,  inson  yuragi  shunday  joyki,  yagona  ilohiy  Mutlaqning 
ikki bir-biriga keskin karama-karshi bo‘lgan tomonlari: ruhiy va moddiy uchrashadilar. 
Ba'zi  sufiylar  hamda  shialar  yurakda  Qur'ondagi  ma'nolar  «yashiringan»  vahiy  va  his-
tuyg‘udan  yuqori  turgan  bilimlarni  anglash  a'zosini  ko‘rdilar.  Shialar  «qalbiy  bilim»ni 
(ma'rifai qalbiya) o‘z imomlarining afzalligi hisobladilar, boshqa sufiylar esa – «sirli qutb» va 
muqaddas sufiylar (avliyo) qalbi deb bildilar
105

Tasavvuf  Markaziy  Osiyoda  keng  tarqalgan  edi.  U  ayniqsa  G‘azzoliy,  Ahmad  Yassaviy 
(XI  asr),  Sulaymon  Boqirg‘oniy  (XII  asr),  Bahouddin  Naqshband  va  boshqalar  nomi  bilan 
bog‘langan.  
Ahmad  Yassaviy  (1091-1167)  o‘z  «dunyoqarashi»  nima  bilan  nafas  olgan  bo‘lsa,  deyarli 
hammasini  quyidagicha  ifodaladi:  Haqiqatga  shunday  kishi  erishadiki,  u  barcha  dunyoviy 
narsalardan shariatni afzal ko‘radi; o‘zidan, o‘z hayotidan kechib Tariqat tomon boradi; ruhan 
                                                 
1
1
 Қаранг: Мслам. Энциклопедический словарь. –М., 1991. 131-б.  


va  qalban  ma'rifatga  beriladi  (Ahmad  Yassaviy.  «Hikmatlar»).  Xudoga  intiluvchilar  orasida 
faqat  shunday  kishi  uning  joyini  biladiki,  u  o‘z  pirining  (ma'naviy  ustoz)  buyruqlariga 
bo‘ysunadi,  sabru  qanoat  qiladi,  ozi  bilan  kifoyalanadi,  o‘zini  azoblarga,  qiyinchiliklarga 
mahkum  etadi,  ovqatni  kam  iste'mol  qiladi.  Din  va  sufiylar  aytgan  ko‘rsatmalarni  bajarish, 
azob-uqubat,  ochlik,  sabru  qanoat,  muayyan  voqyeiy  ehtiyojlarga  bo‘lgan  o‘z  istaklarini 
so‘ndirish orqali inson «nafratli» dunyodan ozod bo‘ladi va Xudoda singib ketadi. 
 Najmiddin  Kubro  (1145-1221)  tasavvufning  yirik  nazariyotchisi  va  sufiylikning 
«Kubraviya» tarikatining asoschisi edi. U Xivakda (Xorazm)  tug‘ilgan bo‘lib,  Ruzbehon al-

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish