voqyeylik ham bir-biriga to‘g‘ri keladi. Imkoniyatning voqyeylikdan farqi nisbiy xususiyatga
ega. Agar dunyo abadiy bo‘lsa, barcha mumkin bo‘lgan narsalar ertami yoki kechmi
voqyeylikka aylanishi lozim. Harakatning manbai moddaning o‘zidadir. Moddadan tashqari
unga harakat va rivojlanish beradigan hyech qanday «sababiy shakl» yo‘q. Uning o‘zida
joylashmagan hyech qanday narsa moddani o‘zgartirmaydi. Modda shakldan oldin mavjud
bo‘ladi. Shakl moddaning namoyon bo‘lish tarzidir.
Ibn Rushd fikricha, moddiy dunyo, - bu ob'ektiv ravishda rivojlanayotgan voqyeylik
bo‘lib, nafaqat shaklni, balki
imkoniyatni ham tug‘diradi. Paydo bo‘lishning o‘zini u modda
harakatining shakl sifatida namoyon bo‘lishi deb tushunadiki, unda miqdoriy va sifatiy
o‘zgarishlar yuz berib turadi. «Har qanday mavjud ashyo, - dedyi faylasuf, -muayyan
miqdor
va muayyan
sifatga egadir; xuddi shunday ashyolarga ularning paydo bo‘lish va yashash vaqti
xosdir»
118
. Bunday fikr Arastuning harakat modda bilan bog‘liq emas, degan qarashlariga zid
edi. Ibn Rushd «harakat»ni harakatdagi ashyoning nomi sifatida qaraydi.
Bilish nazariyasi. Ibn Rushd fikricha, bilish his-tuyg‘u bosqichidan boshlanadi. Hissiy
bilish aqliy bilishning asosi va boshlang‘ich nuqtasi sifatida xizmat qiladi. Aql toki,
badanning besh his-tuyg‘u a'zolaridan o‘tmaguncha, oldindan hyech narsani bilmaydi. Ammo
hissiy bilish mavjud narsaning mohiyati va ashyolarning eng muhim xususiyatlari haqida
ma'lumot berishga yetarli emas. Buning uchun maqsadi ashyolarning qonuniy mavjudligini
bilish bo‘lgan aql zarur: «Aql mavjud ashyolarni ularni sabablari bilan birgalikda
tushunishdan o‘zga narsa emas, va ayniqsa ana shu uni boshqa bilish qobiliyatlaridan
farqlaydi»
119
. Sababiyatning mavjudligini Ibn Rushd borliqning bilish sharti sifatida qaraydi.
U tabiatda amal qiladigan va «bilish va tafakkur asosida»gi oddiy hayotdagi sabablarni bir-
biridan ajratadi. Tabiiy amal, deb qayd etadi u., erkin insoniy iroda vositasidagi amaldan ko‘ra
ishonchliroq, negaki, «tabiat mayli bo‘yicha kelib chiqadigan harakat, o‘z amalini doimo
bajaradi, ammo erkin iroda bo‘yicha bo‘ladigan amal o‘zini boshqacha tutadi
120
.
Ibn Rushdning
umumiy aql haqidagi ta'limoti o‘zida inson aqlining ijodiy xususiyati,
barcha insonlarning aqliy tengligi haqidagi ilg‘or fikrni ifodalaydi. Bu g‘oyalar ma'lum
darajada Ovrupo universitetlari doiralarida umumiy aql to‘g‘risidagi Ibn Rushd ta'limotiga
bo‘lgan katta qiziqishni belgiladi. Ibn Rushd fikricha,
moddiy va
faol aql insonda «ilm-fan
taraqqiyoti, fanlarning yanada yuqoriroq darajalarga ko‘tarilishi» natijasida birlashadi. Aql
tufayli inson «moddiylikdan abadiy mavjudlikka ko‘tariladi». Ibn Rushd ijodi yaqin va O‘rta
Sharq xalqlari falsafiy fikrining cho‘qqisi edi. U o‘ziga xos ravishda undan oldingi ilg‘or
fikrlar taraqqiyotini xulosalab, Ovrupo xalqlarining o‘rta asrlardagi falsafiy fikriga kuchli
ta'sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: