Donishning siyosiy, ijtimoiy va falsafiy qarashlari uning «Navodir ul-vaqoe» («Nodir
voqyealar») kitobida o‘zining nisbatan to‘liq ifodasini topgan
*
. Risolada u falsafa, axloq,
ijtimoiy hayotning turli masalalari, davlat qurilishi va odamlarning o‘zaro munosabatlari
to‘g‘risida mulohaza yuritadi, mavjud idora usulini tanqid qilib, Buxoro xonligining davlat
boshqaruvini isloh qilishni taklif etadi. «Risolai muxtasare - tarixi saltanati xonadoni tarixi
mang‘itiya» («Mang‘itlar sulolasi saltanati tarixi haqida muxtasar risola») asarida
mamlakatdagi vaziyat, boshqaruv tizimi, xalqning ahvoli shuningdek, Rossiya bilan urush
o‘zining
yorqin ifodasini topgan
137
.
«Ular, - deb yozadi u Buxoro amirlari (Doniyoldan tortib Abdulahadgacha, faqat
Shohmurod bundan mustasno - D.A.) haqida, - nimaiki topmasinlar, o‘zlariga olishadi -
bevalar chirog‘idagi alangadan tortib vaqf omborlaridagi nongacha o‘g‘irladilar va bularning
barchasi o‘z qursoqlari va aysh-ishratlari uchun... jabr-zulm, xo‘rlik, aminona, vakilona
singari turli soliqlarning ko‘pligidan dehqon va hunarmandlarning na sabr qilishga ham, na
kurashishga imkoniyati qolgan edi»
138
.
Ahmad Donish ma'rifatparvarlik yo‘nalishidagi islohotlar tarafdorigina emas edi.
Amaldorlarning shaxsiy manfaati yo‘lida o‘z mansabini suiiste'mol qilishi, hukmdorlarning
ochko‘zligi va shariat qonunlarini o‘z foydasiga xizmat qildirishi, sxolastikaga asoslangan
ta'limning ahvoli, davlat mustaqilligini saqlashga yo‘naltirilgan tashqi siyosat tizimining
mavjud emasligi, umumiy dushmanga qarshi kuchlarni birlashtirish o‘rniga, mintaqadagi
yangi yerlarni bosib olishga qaratilgan nihoyatda cheklangan biryoqlama intilishlar -
bularning barchasini ko‘rib, u nafaqat tanqidchi faylasuf bo‘lib yetishdi, balki Vatanining
qashshoq ahvolini idrok etishday zalvorli yuk uning chekiga tushdi. U rivojlangan
mamlakatlar to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega edi va bir kuni xalq bu holatni yorib chiqishiga
hamda u ilg‘or tashabbuslar shaklida namoyon bo‘lishiga ishonar edi. A.Donishning o‘zi
davlat qurilishini isloh qilishning batafsil loyihasini tuzadi. Unda irrigatsiya, jumladan,
Amudaryodan Buxorogacha bo‘lgan katta sug‘orish kanalini qazish, hunarmandchilik, fan va
maorifni rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan edi.
O‘sha davr Misr islohotchilari kabi Ahmad Donish fatalizmga qarshi chiqdi. U inson
hamma narsa faqat yaratgandan deb o‘tirmay, o‘z ahvolini yaxshilash uchun faol harakat
qilishi kerakligi g‘oyasini ilgari surib, har bir kishi o‘z taqdirini o‘zi xal qilish mumkinligini
va Alloh tomonidan bunga katta imkoniyat berilishini uqtirdi. Uning fikricha, davlat bir to‘da
kishilarning emas, balki xalqning manfaatlarini qondirishga xizmat qilishi kerak, davlat
rahbarlari esa, mamlakat va jamiyat farovonligi to‘g‘risida qayg‘urishi lozim. Ahmad
Donishning aholisining dini va milliy mansubligidan qat'i nazar ilg‘or mamlakatlardan ibrat
olish kerakligi haqidagi nuqtai nazari ham jadidchilik ta'limotining asosiga aylandi. Ahmad
Donish g‘oyalari tarixnavislikda ham tub to‘ntarish yasadi, tarixda ilmiy xolislik falsafasining
shakllanishiga yordam berdi.
Amir saroyida nufuzli mansablarni egallagan
Mirzo Muhammad Abdulaziz Somiy
Do'stlaringiz bilan baham: