Muhammad Rahimxon II - Feruz (1844-1910) - Xiva xonligi hukmdori edi. Uning
ma'rifatparvarlik faoliyati va she'riyat, davlat boshlig‘i sifatida fan, madaniyat va adabiyotga
homiyligi ijtimoiy fikr taraqqiyotiga kuchli ta'sir ko‘rsatdi va katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
XIX asrda Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Bayoniy, Hamzalarning zamonaviy she'rlari keng
tarqalib, og‘izdan-og‘izga o‘tib, aytib yurilgan. Bu insonlar ham ma'rifatning qizg‘in
tarafdorlari bo‘lib, faqat bu boradagi qarashlarini she'riy shaklda ifodalaganlar. She'ru
g‘azallar aholi o‘rtasida tez tarqalishi jihatidan katta ahamiyat kasb etar, xususan yoshlar
ma'rifat targ‘ibotining eng ta'sirchan shakli edi.
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy (1850-1903) va Zokirjon Furqat (1859-1909) kabi
shoirlar turkistonliklarning og‘ir iqtisodiy ahvolidan qayg‘uradilar va o‘z ijodlari orqali
mustamlakachilikka qarshi kayfiyatning kuchayishiga yordam berdilar. Lirik va satirik
bo‘lgan Muqimiy insof, adolat va odamiylik hukmronlik qiladigan erkin jamiyat to‘g‘risida
orzu qiladi, ayni paytda, o‘zining idealidan uzoq bo‘lgan tuzum, mutaassib din
namoyandalarini hajv tig‘i bilan fosh etadi. «Turkiston viloyatining gazeti»da 1903 yili
bosilgan she'rlaridan birida jamiyatni ko‘zda tutib:
Ey tabib, aylanma dardim bedavolardan biri,
Rangi zardim ko‘ru-ko‘rma kahrabolardan biri,
deb yozadi.
Shoirning «Veksel», «Urug‘», «Dar mazammati zamona», «Lyaxtin», «To‘y» va boshqa
siyosiy va ijtimoiy masalalar (masalan, saylov)ga bag‘ishlangan hajviyalari jamiyatda u
obrazli tarzda «Dunyo qurilg‘on dor ekan!» deb ta'riflagan mavjud tuzumga nisbatan tanqidiy
munosabatni kuchaytiradi»
145
.
145
Қаранг: Маънавият юлдузлари. Тошкент, 2001. 355-360-б.
Zokirjon Furqatning ma'rifatparvarlik qarashlari uning «Ilm xosiyati», «Aql majlisi
xususida», «Vistavka xususida» va boshqa mashhur she'rlarida o‘z ifodasini topgan. U
madaniyatning otashin targ‘ibotchisi edi. yevropa madaniyatiga katta ahamiyat berib, ilg‘or
xalqlar safidan joy olish uchun yoshlarni bilim egallashga chaqiradi:
Jahon bastu kushodi - ilm birla!
Nadur dilni murodi - ilm birla!
Ko‘ngullarni sururi - ilmdandir!
Ko‘rar ko‘zlarni nuri- ilmdandir!
Kerak har ilmdan bo‘lmak xabardor!
Bo‘lur har qaysi o‘z vaqtida darkor!
Hamza Hakimzoda Niyoziy va Qoraqalpoq shoiri Berdimurod Berdaq (1827-1900) lar
ijodida nafaqat xalqni ma'rifatli qilish masalalari, shu bilan birga, hurriyat va adolatga intilish,
Vatanga muhabbat, ma'naviy-axloqiy mavzular ham o‘z aksini topdi.
Xullas, XIX-XX asr boshlaridagi ilg‘or shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar va jamoat
arboblarining ijodi komil inson, erkin jamiyat haqidagi g‘oyalarni rivojlantirdi va
mustamlakachilikka qarshi kurash g‘oyasi yo‘lidagi ilg‘or milliy tafakkurning shakllanishida
falsafiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Jadidchilik - XIX asr oxiri - XX asr boshidagi ko‘plab Sharq mamlakatlaridagi milliy-
taraqqiyparvar ziyolilarning islohotchilik harakati. Bu harakat O‘rta Osiyo xalqlarining
madaniy, milliy-siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. "Jadidlar"
degan nomning o‘zi "usuli jadid" ("Yangi usullar") tushunchasi asosida kelib chiqqan. Bu
atama ostida o‘qitishning yangi usullari tushunilar, yangi usuldagi maktablar shu asosda
qurilgan edi. Jadidchilik harakatining vazifalari kengayishiga muvofiq ravishda keyinchalik
mazkur atamaning mazmuni ham kengaydi. Ma'rifatparvarlik bilan bir qatorda, jadidlar
ijtimoiy va siyosiy huquqiy holatlarning eski tizimini taraqqiyotning ilg‘or usullari bilan
almashtirmoqchi bo‘ldilar. Jadidlar harakati XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi siyosiy
kuchlar murakkab bir tarzda chigallashib ketgan Turkiston jamiyatining eng ilg‘or yo‘nalishi
qarashlarini o‘zida aks ettirdi. U dunyo ahamiyatiga molik insonparvarlik va milliy
qadriyatlarga asoslanib, jamiyat taraqqiyotining yetilgan ehtiyojlari va o‘lkaning tub aholisi
manfaatlariga javob berdi. M.Behbudiy, A.Fitrat, U.Asadullaxo‘jaev, Munavvar Qori,
A.Avloniy, S.Ayniy, F.Xo‘jaev, T.Norbo‘taev va boshqa mashhur nomlar ushbu harakat bilan
bog‘liq.
Jadidchilik ma'rifatparvarlikdan siyosiy harakatgacha bo‘lgan murakkab taraqqiyot yo‘lini
bosib o‘tdi. Keng xalq ommasining iqtisodiy og‘ir ahvoli, iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlardan orqada qolishi, tafakkur turg‘unligi jadidlarni Turkistonni bu tushkun
holatdan olib chiqishning amaliy vositalarini izlab topishga undadi.
Jadidlarga avvaliga yog‘ilgan va yetilgan masalalarni ma'rifatparvarlik yo‘li bilan hal
qilish mumkinday bo‘lib tuyuldi. Shuning uchun harakatning birinchi bosqichida musulmon
maktablaridagi o‘qitish ishlarini isloh qilish jadidlarning diqqat markazida turdi. Ular bunday
islohotlarni o‘tkazish zarurligini nazariy jihatdan asoslabgina qolmay, ayni paytda, yangi
usuldagi maktablar, kutubxonalar, o‘quv zallari barpo etish, darsliklar nashr qilish bilan o‘z
g‘oyalarini amalga oshirish uchun katta sa'y-harakat ko‘rsatdilar.
1905 yili Rossiyada, 1908 yili Turkiyada va 1905-1911 yillarda Eronda bo‘lib o‘tgan
inqiloblar jadidchilikka katta ta'sir ko‘rsatdi. Birinchi jahon urushi jadidlar tafakkurida keskin
o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ular parlamentga asoslangan monarxiya to‘g‘risida yozishdi,
fuqarolarning boshqarish, davlat organlarini shakllantirish, qonunchilikda ishtirok etish
tartiblarini ishlab chiqdilar. Fevral inqilobi davriga kelib, jadidlarning radikal qismi
(«taraqqiyparvarlar») qator siyosiy talablarni ilgari surdilar. Ular orasida o‘lka boshqaruvini
mahalliy aholining haq-huquqlarini kengaytirish tomonga isloh qilish, Davlat Dumasida unga
o‘rin ajratish, demokratik erkinliklar va birinchi navbatda, milliy matbuot erkinligi,
samoderjavie (mustabid hokimiyat)ni konstitutsiyaviy tuzum bilan almashtirish bor edi. Lekin
fevral inqilobidan keyin jadidlar Muvaqqat hukumat Turkistondagi mustamlakachilik
siyosatini eskicha qoldirish tarafdori ekanligini tushunib yetdilar. Shundan keyin jadidchilik
harakati mustaqillik va Turkistonga Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida
milliy-hududiy muxtoriyat berishni talab qilish uchun kurash yo‘liga kirdi.
Bu davrga oid dasturiy hujjatlarda asosiy e'tibor milliy-hududiy muxtoriyat (hukumat,
boshqaruv, sud, qonun chiqaruvchi organlar va boshqalar) prinsiplarini amalga oshirish
mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratildi. Siyosiy model (andoza) sifatida demokratik
respublika tanlandi.
Lekin Turkistondagi Oktyabr voqyealari va hokimiyatning bolsheviklar tomonidan egallab
olinishi ularga o‘z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirish imkonini bermadi. Shunga
qaramay, bolsheviklar hokimiyatining millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash haqidagi
deklaratsiyasidan foydalanib, mustaqil avtonom respublika-markazi Qo‘qon bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |