Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Hindiston, Xitoy va Uzoq Sharqda falsafa rivojining asosiy bosqichlari



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   290
Bog'liq
falsafa

6-§. Hindiston, Xitoy va Uzoq Sharqda falsafa rivojining asosiy bosqichlari 
 
Hindistonda V-VII asrlarga kelib feodal tuzumi shakllandi. Braxmanlik va buddaviylik o‘z 
o‘rnini hinduviylik diniga bo‘shatib bera boshlaydi. Hinduviylik qadimgi falsafiy maktablarga 
sezilarli ta'sir o‘tkazdi. IV asrdan X asrlargacha bo‘lgan davrda Hindiston falsafasida qadimgi 
falsafiy  ta'limotlarga  (sutralar)  serunum  sharhlar  yozish  davom  etdi.  Adabiyotlarda  bu  davr 
sharhlar davri deb ataldi. Agar eramizning IV asrida faylasuf Purandara Chorvoqa –Lokayata 
maktabi  ta'limotini  sharhlagan  bo‘lsa,  V  asrda  faylasuf  olim  Vatsyana  Nya  va  Vaysheshika 
maktablari  sharhlari  ustida  ish  olib  bordi.  Bu  falsafiy  ta'limot  VI  asrda  Parashastapada,  X 
asrda  esa  Uzayana  tomonidan  sharhlandi.  Ishvara  Krishna  Sankxya  falsafiy  maktabiga 
sharhlar yozdi. Ushbu sharhlar o‘sha davrning mafkuraviy qoidalari asoslarini hisobga olgan 
holda bitildi. 
                                                 
160
 Авлоний А. Туркий Гулистон ѐхуд ахлоқ. 52-б. 
161
 Хѝжаев Ф. Жадидчилик // Очерки революционного движения в Средней Азии. Москва, 1926. 
162
 История философии в 6-томах. Т.5. М., 1961. 385-б. Қуйидаги парча совет даврида жадидчиликка 
берилган баҳоларнинг типик намунаси бѝлиб хизмат қилиши мумкин: "Жадидчилик демократик 
мафкуранинг Қозоғистон ва Ѝрта Осиѐнинг ижтимоий-иқтисодий қолоқлиги туфайли ушбу буржуа-
миллатчилик мафкурасининг синфий моҳиятини тушуниб етмаган кѝпчилик намояндаларига зарарли 
таъсир кѝрсатиб, Қозоғистон ва Ѝрта Осиѐнинг илғор ижтимоий фикри тараққиѐтига катта зиѐн етказди" 
(Ѝша ерда. 386-б). 


Bu  davrda  budavviylikning  turli  oqimlari  yana  qaytadan  paydo  bo‘la  boshladi.  Ana 
shunday  oqimlardan  biri  dzen-budavviylik  edi.  «Dzen»  so‘zi  sanskritcha  so‘z  «dxyana»  - 
karaxtlik  holati  (meditatsiya)  dan  olingan  bo‘lib,  xitoycha  «chan»  va  yaponcha  «dzen»  ga 
aylangan edi. Dzen – budavviylik Mohayananing katta mazhablaridan biri bo‘lib, unga binoan 
budavviylik  mohiyatini  qalbni  yoritishga  olib  keluvchi  ichki  tuyg‘u  bilan  anglash  va  idrok 
qilish  mumkin.  Dzen-budavviylikning  asoschisi  (birinchi  patriarxi)  hind  rohibi  Bodxikarma 
edi. U yangi ta'limotga asos solgan bo‘lib, unga ko‘ra, ilohiyot va mavhum falsafaga nisbatan 
afzallikni  Budda  ta'limotini  shaxsan  bevosita  tushunishga  beradi  va  qayd  etadiki,  diniy 
sig‘inishdan ko‘ra, tafakkur va shaxsiy intizom muhimroqdir. Uning fikricha, dzen bu «an'ana 
va muqaddas matnlarni oshib o‘tib, uyg‘ongan ongga bevosita o‘tishdir». 
Dzen  -  budaaviylikning  asosiy  qoidalarini  dzenning  oltinchi  patriarxi  Xuey  Nen          
(662-713) ishlab chiqdi. Mohayana ta'limotining hyech qanday narsa ayrim va mustaqil holda 
abadiy  yashamaydi,  degan  qoidasidan  kelib  chiqib,  u  voqyeylikni  eskicha  turdagi 
qarashlardan  qutiltirib,  har  qanday  rasm-rusumlarni  qalbni  yorug‘lashtiruvchi  vosita 
ekanligini  rad  etdi.  An'anaviy  buddaviylik  tomonidan  tavsiya  etilgan  zo‘r  berib  urinish 
o‘rniga,  u  istak  qo‘zg‘atuvchi  ichki  sabab  natijasida  hosil  qilinadigan  dilni  yoritmoqni 
qarama-qarshi  qo‘ydi.  Yurak  yorug‘lik  va  sevinchga  voqyeylikni  eskicha  qabul  qilish 
usulidan qutilgan taqdirdagina erishadi. 
Dzen  shu  narsadan  kelib  chiqadiki,  har  bir  kishiga  Buddaning  ongi  bo‘lgan  tug‘ma  ong 
xosdir.  Ibodatdagi  birlashish  Xudo  bilan  emas,  balki  Budda  ongi  bilan  yuz  beradiki,  u 
insonning  tabiiy  mohiyatining  o‘zi  bo‘lib  odatda  xudbinlik  markazi  bo‘lgan  qoidaviy  fikr 
orqali  bosib  turiladi.  Bu  mohiyatni  faqat  birdaniga  sodir  bo‘ladigan  ichki  yorug‘lik  satori 
orqali  anglash  mumkin.  Satorining  holati  doimiy  bo‘lmasdan,  yorishgan  ongning  uchquniga 
o‘xshashdir.  Dzen  -  buddaviylik  boshqa  ta'limotlardan  shunisi  bilan  farq  qiladiki,  dil 
yorishgan lahzada olinadigan bilimning qoidaviy shakllanish imkonini rad etadi. Azob-uqubat 
bog‘langanlik  natijasidir,  xoh  u  moddiy  narsalarga  bo‘lsin  yoki  xoh  g‘oyaviy  narsalarga. 
Bog‘langanlik  voqyeylikni  tizimli  yoki  qoidaviy  asosda  tushunishga  urinish  bo‘lib,  uning 
oqibatida  buddaviylik  usuliga  xos  bo‘lgan  ichki  tuyg‘uli  qabul  qilishni  yo‘qotib  qo‘yish 
mumkin. 
Voqyeylikni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  tushunishga  qaratilgan  va  aqliy  nazariy  qoidalarga 
tayanadigan  talqinlarga  yo‘l  bermaydigan  dzen  ta'limoti,  uning  nazariy  asosini  eng  kam 
miqdorga tushurib yuboradi
163

XI-XII  asrlar  davomida  Hindiston  Mahmud  G‘aznaviy,  so‘ngra  Chingizxon  tomonidan 
hujumga  uchradi.  Bu  Hindistonning  madaniyati  va  mafkurasiga  salbiy  ta'sir  etdi.  Javohirlal 
Neru  bu  haqda  yozgan  edi:  «Hindistonning  chet  el  bosqinchlari  tomonidan  bosib  olinishi 
natijasida, mamlakatning madaniy hayoti uzoq davom etgan inqirozni boshidan kechirdi»
164

Ammo shu bilan birgalikda G‘aznaviy mulozimlari orasida bizning buyuk vatandoshimiz Abu 
Rayhon  Beruniy  ham  bor  ediki,  u  hindlarning  madaniyati,  ilm-fani  va  ma'naviyatini  chuqur 
o‘rganib,  o‘z  tadqiqotlarida  bayon  qildi.  Bu  tadqiqotlar  orqali  Hindiston  haqida  Markaziy 
Osiyo  xalqlari  ko‘p  narsani  bildilar.  Shu  davrda  Hindistonga  tasavvuf  g‘oyalari  kirib  kela 
boshladi.  Jumladan,  sufiylar  tariqatining  Suxravardiya,  Chishtiya  va  Naqshbandiya  kabi 
qoidalari keng yoyildi. 
Hindistonda  feodal  tuzumning  tanazzuli  diniy  bid'at  va  mazhablar  harakati  hamrohligida 
yuz  berdiki,  u  tarixga  «bxakti  harakati»  nomi  bilan  kirdi.  Harakatning  yirik  ishtirokchilari 
orasida  Kabir  va  Tulsi  Das  nom  qozondilar.  Kabir  hindlar  bilan  musulmonlarni 
yaqinlashishga chaqirdi. Uning fikricha, har bir dinning ma'nosi rasm-rusumlarda emas, balki 
axloqiy  poklikka  rioya  etishdadir.  Kabirning  nuqtai  nazaricha,  Xudo  tabiatning  barcha 
hodisalari  ichiga  kiradi  va  jonli  mavjudotlarning  nafasidir.  Musulmonlar  va  hindlarning 
                                                 
163
 Мэл Томпсон. Восточная философия. –М., 2000. 359-б. 
164
 Дж. Неру. Открытие индии. –М., 1955. 233-234-б. 


Xudosi bittadir. Shuni qayd etish lozimki, Hindistonda qarab chiqilayotgan davrdagi tasavvuf 
buddaviylik va hinduviylik bilan ko‘shilib ketgan edi. Sufiylar Hindistonda ikki katta guruhga 
bo‘linadilar.  Ularning  biri  Bashar  bo‘lib,  uning  tarafdorlari  sunnaga  e'tiqod  qilar  edilar. 
Ikkinchisi  Beshar  bo‘lib,  uning  muxlislari  shariat  qonunlariga  rioya  qilishni  majburiyat 
hisoblamas edilar. 
O‘rta asrlar Hindistonining Fani va madaniyati taraqqiyotida Amir Xisrav Dehlaviy katta 
o‘rin  tutadi.  U  1253  yilda  tug‘ilgan  bo‘lib,  Chishtiya  sufiylik  tariqatining  vakili  edi. 
Ma'lumotlarga  qaraganda,  uning  ijodiy  merosi  1  million  satrdan  iborat.  Uning  mashhur 
asarlari  ichida  «Xamsa»,  «Hayot  o‘rtasi»,  «sakkiz  behisht  bog‘lari»  va  boshqalar  bor. 
O‘zining  barcha  asarlarida  Dehlaviy  tabiat  go‘zalligini,  vatanni,  adolat,  xalqlar  o‘rtasida 
do‘stlik va insonni vasf etdi. U o‘z asarlarini fors va arab tillarida yozdi. Alisher Navoiy uni 
o‘zining ustozi hisoblar edi. Javoharlal Neru uning ijodidan zavq olar edi. 
O‘rta  asrlar  Hindiston  ijtimoiy-falsafiy  fikrlari  rivojiga  Shoh  Valiuloh  sezilarli  hissa 
qo‘shdi.  U  1703  yilda  diniy  arbob  Abdurahim  oilasida  tavallud  topdi.  14  yoshigacha 
Naqshbandiya  maktabida  ta'lim  oldi,  so‘ngra  otasi asos solgan  madrasada  16  yil  dars  berdi. 
Uning  qarashlari  asosida  Qur'on  va  hadislardagi  g‘oyalar  va  qoidalar  yotadi.  Hadislarni 
chuqurroq  o‘rganish  maqsadida  u  Makkada  bo‘ladi.  O‘zining  hayoti  ma'nosini  Hindistonda 
musulmonlar  jamoasini nufuzini  mustahkamlashda  deb  bildi. Shoh Valiuloh falsafa va  diniy 
mavzularda  50 dan  ortiq asar  yozdi. Uning asarlarida  davlatni  boshqarish  muammolari, turli 
ijtimoiy  guruhlarning  holati  tahlil  qilinadi,  shuningdek,  dushmanlar  hujumidan  vatanni 
himoya  qilish  masalalari  tadqiq  etilgan.  O‘z  qarashlarida  Shoh  Valiuloh  falsafiy 
antropomorfizm  (odamlarga  xos  xususiyatlarni  boshqa  narsaga  ham  xos  deb  hisoblash)ni 
tanqid  qilib,  unga  qarshi  tasavvufiy  va  panteistik  ta'limotni  qo‘ydi.    Xudoni  u  tabiat  bilan 
birlikda deb tushunadi. 
 Mutafakkirning falsafiy ta'limoti markazida axloqiy va ijtimoiy-siyosiy masalalar yotadi. 
Valiulohning  nuqtai  nazaricha,  inson  faqat  Allohning  maxluqigina  emas,  balki  jamiyatning 
ham  a'zosidir.  Shuning  uchun  barcha  xayrli  ishlarning  mezoni  odamlarning  ijtimoiy 
farovonligidir. Uning asosida barcha sohalarda adolat yotadi. Ijtimoiy boylikni g‘ayri odilona 
taqsimlash  katta  gunohdir.  Har  qanday  mehnatkash  odam  moddiy  jihatdan  ta'minlangan 
bo‘lmog‘i  lozim.  Aks  holda  jamiyat  halok  bo‘ladi.  Shoh  Valiuloh  fikricha,  adolat 
tushunchasini  kishilarning  hatti  -  harakati,  iqtisodiyotning  holati  va  siyosiy  tuzumning 
yo‘nalishidan ajratgan holda olib qarash mumkin emas. 
Valiuloh  aqidasicha,  jamiyat  a'zolarining  ta'lim-tarbiyaga  shunday  ehtiyojlari  borki,  ular 
quyidagi masalalarni hal qilish jarayonida amalga oshirilishi mumkin: 
1.  Dehqonchilik va hunarmandchilikni rivojlantirish. 
2.  O‘rtacha soliqni joriy qilish. 
3.  Davlat yerlari miqdorini oshirish. 
4.  Chorikorlarga yerni ijaraga berishni to‘xtatish. 
5.  Davlat qonunlarini bajarmaydigan yer egalarining mulkini musodara qilish. 
6.  Armiyani (qo‘shinni) kuchaytirish. 
7.  Halol kishilarni qozilikka saylash. 
8.  Hukmdorlarni umumxalq saylovida saylash. 
Hukmdorlar mutlaq zarurdirlar, aks holda urushlar hyech qachon tugamaydi - deydi Shoh 
Valiuloh.  Uning  fikricha,  davlat  siyosati  ijtimoiy  javobgarlik  va  iqtisodiy  teng  huquqlikka 
tayanishi  lozim.  Mutafakkirning  g‘oyalari  hind  tarixining  keyingi  davrlariga,  ayniqsa 
mustamlakachilikdan  qutilgan  mustaqil  Hindiston  va  Pokiston  taraqqiyotiga  sezilarli  ta'sir 
ko‘rsatdi. 
Xitoyda  Sun  sulolasi  (960-1278yy.)  hukmronligi  davrida  yangi  konfutsiychilikka  asos 
solib,  uni  boshlab  bergan  «sunn  maktabi»  falsafiy  maktabi  shakllandi.  Uning  eng  e'tiborli 


vakillari  Chju  Si  va  Van  Yanman  bo‘lib,  o‘z  qarashlariga  muvofiq  keladigan  chjusianlik  va 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish