Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Ilk  Choson  (XIV-XII  asrlar)  davrida  yangi  konfutsiychilik  falsafasi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   290
Bog'liq
falsafa

Ilk  Choson  (XIV-XII  asrlar)  davrida  yangi  konfutsiychilik  falsafasi.  Li  sulolasining 
(1392-1910)  hokimiyat  tepasiga  kelishi  bilan  yangi  konfutsiychilik  Quriyada  rasmiy 
mafkuraga  aylandi.  Yangi  konfutsiychilik  avval  boshdanoq  buddaviylikka  nisbatan  o‘z 
munosabatini  ifodalashga  urindi.  Li  Seka  (1328-1396,  «salimxakpxa»  maktabi)  uchun 


buddaviylik faqat siyosiy institut sifatida ma'qul emas edi. Ammo uning safdoshi Chon Mon 
Chju buddaviylikni siyosiy tanqidining o‘zi bilan chegaralanmay, buddaviylik yo‘lining o‘zini 
to‘g‘riligini shubha ostiga oldi. 
«Kvanxakpxa» maktabining vakillari bo‘lgan  Chon Do Chon (1337-1398) va Kvon Gыn 
(1352-1409)  buddaviylikni  keskin  tanqid  ostiga  oldilar.  Chon  Do  Chon  buddaviylikning 
ruhlarning  ko‘chib  yurishi  nazariyasini  tanqid  ostiga  olib,  badanning  o‘lishi  bilan  ruhning 
ham o‘lishligini qayd etdi. U shuningdek, buddaviylikning bilish qoidasi bo‘lgan «o‘z-o‘zicha 
xayolga  botmoq»  ni  ham  rad  etdi.  Bilishni  faylasuf  «ashyolar  bilan  to‘qnashish  va  hatti  - 
harakatlar tajribasiga» asoslangan narsa deb tushundi.  
Legistlar  maktabi  Chon  Gvan  Cho  (1482-  1519)  nomi  bilan  bog‘liqdir.  Legistlarning  
orzusi  qonunlarga  asoslangan  markazlashgan  davlat  qurish  edi.  Chon  Gvan  Cho  ta'limotida 
lozim bo‘lgan yo‘lni tasavvurini ifoda qiluvchi Do tushuncha muhim o‘rin tutadi. Do yo‘lidan 
borish  har  qanday  insonga  axloqiy  kamolotga  erishishi  imkoniyatini  beradi.  Bunda  axloqiy 
me'yorlarga rioya etilishini ta'minlaydigan o‘zaro nazoratni amalga oshiruvchi qishloqlardagi 
konfutsiancha  jamoa  katta  rol  o‘ynaydi.  Chon  Gvan  Cho  «axloqiy  boshqarish»  va  «xalqqa 
muhabbat» ga asoslangan «shohona yo‘l» qoidasini ishlab chiqdi. 
XV-XVI asrlarda moddiy ibtido bo‘lgan birlamchi kiga asoslangan maktablar paydo bo‘la 
boshladi. Bu Kim Si Sыp (1435-1493) va So Kyon Dok (Xvadama, 1489-1546) ta'limotlari edi. 
«Yugiron»  maktabi  keyingi  faylasuf  nomi  bilan  bog‘liqdir.  So  Kyon  Dok  mutlaq  bo‘shliq 
sifatidagi  yo‘qlikni  rad  etadi.  Uning  fikricha,  dunyoviy  makon  moddiy  bo‘lib  cheksizdir  va 
zamonda  beintihodir.  Moddiy  javhardan  tashqarida  bo‘sh  makon  yo‘qdir:  «Cheksiz  makon 
to‘laligicha  to‘ldirilgan  va  buning  ustiga  shunchalik  jipski,  unda  hyech  qanday  o‘rta  oraliq 
yo‘qdir»
165
.  
Uni  eng  kichik  va  harakatdagi  changga  o‘xshash  shaffof  javhar  bo‘lgan  ki  to‘ldirgan.  U 
to‘xtovsiz ravishda o‘zgarishda (to‘planish va tarqalish) dir. U abadiydir, negaki, oxirigacha 
tarqalib  ketmaydi.  Tarqalib  ketish  «boshi  va  oxiri  ham»  bo‘lmagan  shaffof  va  bo‘shliqki 
ko‘rinishidagi xududga ega. Shunday qilib, ki abadiyligining sababi uning o‘zidadir
Bilish nazariyasini So Kyon Dok shunga asosida quradiki, bilimning kelib chiqish nuqtasi 
-  ashyolarning  o‘zi  tajriba,  kuzatish,  mantiqiy  fikrlash  bilim  asboblaridir.  Mutafakkir  ijodiy 
tafakkurga  katta  ahamiyat  berib,  olim  kishi  mumtoz  matnlarni  ijodiy  tafakkur  orqali  bilib 
olishi lozim, deb hisoblaydi. 
«Churipxa»  maktabi  Lining  birlamchiligiga,  ya'ni  faollik  qoidasi  va  qiyofa  tashkil 
topishiga  asoslanadi.  Bu  maktabning  eng  yirik  vakili  Li  Xvan  (Txvege,  1501-1570)  edi. 
«Bid'atni  fosh  etish  va  haqiqatni  sharaflash»  chaqirig‘i  unga  taalluqli  edi.  Chjusianlikni 
himoya  qilish  nuqtai  nazarida  turgan  Txvege,  unga  muxolifatda  bo‘lgan  barcha  ta'limotlarni 
tanqid qildi. 
Txvege nazaricha, li bilan ki o‘rtasida ajralmas aloqa mavjud. Ammo u yetakchilik o‘rnini 
li ga beradi. Faqat li gina ashyolar mohiyatini ifoda qiladi. Bilish ikki bosqichni bosib o‘tadi: 
tajribaviy  (o‘z  tajribasiga  asoslanib  ashyolarga  yaqinlashish)  va  aqliy  (ashyolarning  li  sini 
bilish). 
Odamning  biologik  xususiyatlari  haqidagi  fanda  (antropologiya)  Txvege  chjusianlik 
ta'limotining insonni «birinchi» va «ikkinchi» tabiati haqidagi aqidasiga mansubdir. «Birinchi 
tabiat»  barcha  kishilarga  xos  bo‘lsa,  «ikkinchisi»  ular  o‘rtasidagi  farqni  shart  qilib  qo‘yadi. 
Kishilar «yuqori darajadagi donolar», «oddiy odamlar» va «johillar»ga bo‘linadilar. Birinchi 
toifadagilar  ruhiy  va  hatti  -  harakat  jihatidan  «samoviy  li»  yo‘lidan  boruvchilar  bo‘lib, 
konfutsiychilik  axloqi  qonunlariga  teng  keladigan  darajadagi  mukammallik  namunasidirlar; 
ikkinchi  toifadagilar  ruhan  mukammallikka  erishish  zarurligini  biladilar,  ammo  o‘zlarining 
amaliy  hatti-harakatlarida  buning  uchun  hyech  narsa  qilmaydilar;  uchinchi  toifadagilar 
                                                 
165
 История Корейской философии. –М., 1988, 132, 136-б. 


«samoviy  li»  ni  tushunmaydilar  va  unga  ergashmaydilar.  Li  Xvan  joylarda  konfutsiychilik 
qoidalarini mujassamlashganligini nazorat qiluvchi qishloq jamoasi loyihasini ishlab chiqdi. 
«Chugipxa»  maktabi.  Bu  davrni  xotimalashtiruvchi  yangi  konfutsiychilik  falsafasining 
eng  yirik  vakili  Li  I  (Yulgok,  1536-1584)  edi.  Li  I  Quriya  falsafasining  tayanch 
tushunchalarini dualistik ravishda talqin qilishdan kelib chiqadi: «li» va «ki» bir - birlaridan 
ajratilishi mumkin emas. Ular o‘rtasida oraliq yo‘q.  
Bilish jarayoni uch bosqichdan tashkil topadi: quyi, o‘rta va oliy. Birinchi bosqich shunga 
o‘xshaydiki,  biror  odam  boshqalardan  tog‘  haqida  eshitgan,  ammo  uni  o‘zi  ko‘rmagan. 
Ikkinchi  bosqich  «tog‘ni  uzoqdan  mushohada  qilish»ga  o‘xshaydi.  Uchinchi  bosqich  toqqa 
chiqish  bilan  barobardir.  Ammo  bilish  shu  bilan  tugamaydi.  Hosil  qilingan  bilimlar 
haqiqatligini  aniqlash  uchun  uni  amalda  tekshirishdan  o‘tqazish  lozim.  Yulgokning  siyosiy 
ta'limoti o‘sha zamonga xos bo‘lgan «qirollik yo‘li», «insonparvarona boshqaruv» va «xalqqa 
muhabbat»  tushunchalari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  qarashlarga  asoslangan  edi.  Poraxo‘rlik  va 
og‘ir soliqlar xalqqa yuk bo‘lib tushar edi.  Insonning «yomon tabiati» emas,  balki  xalqning 
nochor ahvoli – isyon va jinoyatchiliklarning sababidir. Shuning uchun islohotlar o‘tkazish – 
zamon taqozosidir. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish