xudolarning faoliyatidir. Barcha yomon narsalarning sababi baxtsizlik keltiruvchi xudolardir.
Bunday nuqtai nazari bilan u «insonga uning xizmatiga yarasha mukofot berish yoki
jazolash» haqidagi buddaviycha - konfutsiancha tasavvurlarga qarshi chiqdi.
Narinaga birinchilardan bo‘lib,
Yaponiyaning alohida o‘rnini asoslab berishga harakat
qildi. «4 dengiz va dunyoning 4 tomonini kuzatib turuvchi Amaterasu xudosi» aynan
Yaponiyada tug‘ilishni iroda etgan. Shuning uchun bu mamlakat qolgan ko‘plab
davlatlarning boshlig‘i
bo‘lib, imperator avlodi esa ushbu dunyoni yoritib turadi»
170
. Narinaga
qo‘shimcha dalillar ham keltiradi, masalan, Yaponiyadagi gurunch eng yaxshidir, Yaponiya
oziq-ovqatga juda boy bo‘lib, boshqa mamlakatlardan mol keltirishga ham ehtiyoji yo‘q va
hokazo. Xitoyni emas, aynan Yaponiyani Narinaga «o‘rtadagi», ya'ni ma'rifatli davlat deb
atab, boshqa mamlakatlarni esa yovvoyi hisoblaydi.
«Milliy fan» maktabi mamlakat bo‘ylab keng yoyilib «tiklangan sintoistchilik» deb nom
olgan sintoistchilikning maxsus shakliga zamin tayyorladi.
«Tiklangan sintoistchilik» maktabi –
Fukko sinto. Ilk sintoistchilik mukammal qoidaga
ega emas edi. Keyinchalik sintoistchilik o‘z mavjudligini sinto-buddaviylik, sinto-
konfutsiychilik yoki sinto-buddaviylik - konfutsianchilik qotishmasi shaklida davom ettirdi.
«Tiklangan sinoistchilik»da sintoistchilikni bir butun dunyoqarash darajasiga ko‘tarishga
harakat qilindi. Sintoistchilik faqat samuraychilikning mafkurasi bo‘lmay qoldi. «Tiklangan
sintoistchilik» aholining keng qatlamlari ichiga kirib borib, fuqarocha boshqaruvning
sulolaviy g‘oyasi bo‘lgan syogunatga qarshi qaratilgan imperatorni ulug‘lash harakati bilan
qo‘shilib ketdi. Bu esa yangi markazlashgan davlatni shakllantirish g‘oyasi bo‘lgan «qayta
tiklash» harakatining boshlanishidan darak berar edi.
«evropacha (g‘arbcha) fan maktabi» - Yogaku. yevropa sarmoyasi bilan birga Yaponiyaga
yevropa madaniyati, xristianlik, g‘arb fani va texnikasi kirib kela boshladi. G‘arb fanlarining
tarafdorlari Yogaku – «g‘arb fanlari maktabi» degan nomni oldilarki, unda ikki yo‘nalishni
ajratib ko‘rsatish mumkin. Ba'zi birovlar
shunday fikrda edilarki, faqat tashqi
siyosat va milliy
mudofaa nuqtai nazaridan zarur bo‘lgan bilimlarni (jug‘rofiya, harbiy texnika) qabul qilish
lozim deb bilib, g‘arb fanini «haqiqatni» bilish uchun qo‘llashga, ya'ni dunyoqarash sohasida
undan foydalanishga qarshi chiqdilar. Boshqa birovlar esa, g‘arb fani ruhida «haqiqatni
bilish» mumkin deb hisobladilar.
Sakuma Syodzan (1181-1864) quyidagicha yozgan edi: «agar biz faqat yapon va xitoy
donishmandligi bilangina cheklanib qolsak, bizning hozirgi dunyomiz to‘la bo‘lmagan bo‘lur
edi… Yangi zamonda G‘arbda kashf qilingan ko‘psonli fanlar shunday amaliy haqiqatni
tashkil toptiradiki, ular bilan o‘zimizning dono ta'limotimizni to‘ldirsak arziydi». Shu bilan
birga u ta'kidlaydiki, «yakka xitoy ta'limotlarigagina tayanilsa, muqarrar ravishda mazmunsiz
fikrlashga tushib qolish mumkin, faqat g‘arb fanining o‘zi bilan esa, axloq va burchni idrok
etish mumkin emas». Uning dunyoqarashi quyidagi she'rda ifodalangan edi:
«Sharq axloqi, g‘arb
mahorati,
Ikki yo‘l,
bir-biri bilan tutashib,
har biri ikkinchisini to‘ldirib, doira tashkil etadi»
171
.
Uning zamondoshi
Xasimo Sanay shunga o‘xshash shiorni ifodaladi – texnika va fanni biz
ulardan olamiz, axloq va sodiqlik esa o‘zimizda bor. G‘arb bilimlari va qadriyatlarining kirib
kelishiga aksil amal sifatida Yaponiyada, bir tomondan, «milliy fan maktabi» ko‘rinishidagi
millatchilik ta'limoti va «Ajnabiylarni quvib chiqarish harakati» mafkurasi, ikkinchidan esa –
falsafada moddiyunchilik tamoyillari va ma'rifatparvarlik oqimi paydo bo‘ldi.
Ajnabiylarni quvib chiqarish mafkurasi. «Ajnabiylarni quvib chiqarish harakati» yevropa
fani va madaniyatining yoyilishiga qarshi aksil amal edi. Uning nazariy asosini
Mito maktabi
vakillari bo‘lgan
Fuzito Yukoku (1774-1826) va
Ogasi Todzusi (1816-1862) ishlab chiqdilar.
170
Ѝша ерда, 229-б.
171
Қаранг: Н.Хироси. история философской мысли Японии. 125-б.
Ular chjusianlik ta'limotidagi «ismlarni bo‘lish» haqidagi aqidadan kelib chiqdilarki, unga
binoan barcha mamlakatlar ma'rifatli va yovvoyiga bo‘linar edilar. «Sharq bu ilohiy nur
makoni bo‘lib, u yerdan quyosh paydo bo‘lgandir. Bizning muqaddas yerimiz esa Osmon
ostidagi sarzamin boshidadir»
172
, - deb yozgan edi Ogasi Todzusi. Uning fikricha, Dunyo
tuzilishining haqiqati bo‘lgan
rini «g‘arb fani» vositasi orqali bilib bo‘lmaydi.
Moddiyuncha maktablar.
Ando Seyoki (1703-1762) moddiyuncha tamoyilda fikr qiluvchi
faylasuf bo‘lib konfutsiychilarni shuning uchun tanqid qildiki, ular barcha insonlarga taalluqli
bo‘lgan butun dunyoni o‘zlariniki qilib oldilar; buddaviylik aqidasidagilarni esa, tabiat ruhini
Budda ruhi va «xalq ruhi»dan ajratganliklari, hamda erkaklar va ayollarning tabiiy birligiga
qarama - qarshi bo‘lgan uylanmaslikka ahd qilganliklari uchun tanqid qildi. Seyoki yangi
konfutsiychilikning «hududsiz ideal ibtido» haqidagi g‘oyalarini ham rad etdi. Tabiatning
haqiqiy qonuni sifatida «uzluksiz shakllanish»ni, ya'ni besh moddiy unsurlardan tarkib
topgan, o‘z-o‘zicha harakat qiluvchi Koinotni tan oldi. Seyoki dehqonlar mafkurasining vakili
bo‘lib, insonlarning tug‘ma nobarobarligi g‘oyasini rad etdi. Ijtimoiy muammolar yechimini
u «insonni tabiiy holatiga qaytishi»da ko‘rdiki, bu tushuncha ostida kishini kishi tomonidan
ishlatmaydigan dehqonchilik nazarda tutilar edi.
Yamagato Banto (1761-1801) «evropacha fanlar» ta'siri ostida an'anaviy tabiat
falsafasidan qutildi. Dunyo tuzilishini va tabiatni tushunishda yagona to‘g‘ri qarash sifatida u
«g‘arb fanlari»ni, ya'ni tajriba va tadqiqotlarga tayanadigan tabiatshunoslikni tan oldi.
Geliotsentrik sistemaga asoslangan ilmiy tabiatshunoslik kosmologiyasi nuqtai nazaridan u
sharqdagi tabiatga afsonaviy qarashlar bilan bog‘liq bo‘lgan xurofot, hamda konfutsiychilik
va buddaviylikni tanqid ostiga oldi. Bu tanqidni u «ruhlarni inkor etish»gacha, ya'ni xudoga
ishonmaslikkacha olib bordi. Yamagato Banto moddiyuncha qarashga yevropa
tabiatshunosligi asosida yetib kelgan birinchi Yaponiya mutafakkiri edi. Shu bilan birga ilmiy
tabiatshunoslikka asoslangan uning moddiyuncha dunyoqarashi konfutsyichilik axloqi bilan
uyg‘unlashgan edi.
4-bob. O‘RTA ASRLAR VA YaNGI DAVRDA G‘ARB FALSAFASI RIVOJINING
Do'stlaringiz bilan baham: