Zo'r karvon yo'lida yetim bo'tadek, Intizor ko'zlarda halqa-halqa yosh



Download 6,02 Mb.
Sana16.06.2022
Hajmi6,02 Mb.
#678259
Bog'liq
Gafur gulom hayoti va ijodi

  • SOG'INISH
  • Zo'r karvon yo'lida yetim bo'tadek,
  • Intizor ko'zlarda halqa-halqa yosh.
  • Eng kichik zarradan Yupitergacha
  • O'zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh!
  •  
  • Uzilgan bir kiprik abad yo'qolmas,
  • Shunchalar mustahkam xonayi xurshid.
  • Bugun sabza bo'ldi qishdagi nafas,
  • Hozir qonda kezar ertagi umid.
  •  
  • Xoki anjir tugab, qovun g'arq pishgan
  • Baxtli tongotar chog' uni kuzatdim,
  • Bir mal'un gulshanga qadam qo'ymishkan,
  • Joni bir jondoshlar qolarmidi jim!
  •  
  • Unda yetuk edi meros mard g’urur,
  • Ostonani o'pib, qasamyod qildi.
  • Ukalarin erkalab, o'zimday mag'rur,
  • Ya'ni obod uyimni u dilshod qildi...
  • Iblisning g'arazi bo'lgan bu urush
  • Albatta, yetadi o'zin boshiga.
  • O'g'lim omon kelar, g'olib, muzaffar,
  • Gard ham qo'ndirmasdan qora qoshiga.
  • Ne qilsa otaman, meros hissiyot...
  • Jondan sog'inishga uning haqqi bor,
  • Kutaman, uzoqdan ko'rinsa bir ot,
  • Kelayapti, deyman ko'rinsa g'ubor.
  •  
  • ...Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo'msayman birovni — allakimimni,
  • Doimo umidim bardam bo'lsa ham,
  • Ba'zan vasvasalar bosar dilimni.
  •  
  • Balki bir g'alat o'q yo xavf-u xatar
  • Xazinai umrimdan yo'qotdi olmos...
  • Yo'q, u o'lmas, qadami olam yaratar,
  • Hayotiy bu olam siz-u bizga xos.
  • Bu she'rda otalarimizga xos bo'lgan jamiki fazilatlar o'zining yorqin ifodasini topgan. Ularning samimiyligi, jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhabbati, kuzatuv-chanligi, andishasi... barcha-barchasi shu she'rda namoyon bo'ladi.
  • Asar misralari ichra urushga ketgan o'g'lidan bir muj-da — nedir yaxshi xabar kutayotgan Otaning bezovta yuragi gupullab urib turibdi. Uning ko'ngliga goh vahima-vasva-sa ko'lanka soladi. Atrofga har kuni yuzlab «qoraxat» qo'nayotgan tahlikali kunlarda bu bezovtalikka, albatta, o'rin bor - «Ne qilsa otaman, meros hissiyot...»
  • Ko'pchiligingizga sog'inch hissi hozircha bir qadar uzoqroq bo'lishi tabiiy.
  • Negaki hozir ota-onangiz, aka-ukalaringiz yonidasiz - har kuni ularni ko'rish, diydori-dan bahramand bo'lish imkoniyatingiz bor. Lekin harbiy xizmatdami, uzoqroq xizmat safaridami bo'lgan otangiz yoki boshqa qarindoshlaringiz suhbatiga quloq solsan-giz, ular uyni, yaqin qarindoshlarni, Vatanni qanchalar qo'msaganliklarini hikoya qilishadi. Ayniqsa, tunlari oyga qarab, «uyimdagi ota-onam ham uni ko'rishayotgandir, men ham qarab turibman, demak, bir-birimizni ko'rgandek bo'lyapmiz», — degan ilinj mana shu sog'inch taftini, biroz bo'lsa-da, bosadi...
  • «Sog'inish» she'rining lirik qahramoni - Otaning sog'inchi shunchalar zo'rki, u har bir narsadan umidlanadi, najot so'rab to Quyoshga qadar zorlanadi:
  • Eng kichik zarradan Yupitergacha
  • O'zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh.
  • She'rning:
  • Tong otar chog'ida juda sog'inib,
  • Bedil o'qir edim, chiqdi oftob.
  • Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,
  • Pok-pokiza yurak bir qatra simob -
  • degan bandiga e'tibor bering. Nima uchun Ota sog'inch o'rtagan paytlari aynan Bedilni o'qiydi? Nega uni o'qigach, «loyqa xayolotlar chashmaday» tinadi?
  • Gap shundaki, asli nasli turkiylardan bo'lgan fors shoiri Bedil she'riyati o'zining falsafiy chuqurligi, o'quvchini o'tkinchi dunyo g'am-tashvishlaridan yuqoriroq turib fikr-lashga undashi bilan ajralib turadi. Bedil mutolaasi Otaga abadiy haqiqatlardan, o'lmas va yuksak tuyg'ulardan saboq beradi. Abdulqodir Bedil she'riyatida, jumladan, shunday misralarni uchratamiz:
  • Maqomi zolim oxir bar zaifonast arzoniy,
  • Agar otash furu aftad baxokistar dehad joro...

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish