Bilish nazariyasi. Ibn Sino fikricha, hissiy bilish – tabiatni bilishning boshlang‘ich
yo‘lidir. Hissiyot tashqi va ichkiga bo‘linadi. Ko‘rish, eshitish, ta'mni sezish, is bilish va
paypaslash tashqi hislardir. Ichki hislar quyidagilar: umumiy his-tuyg‘u, taxminiy bilish kuchi
va tasavvuriy kuch
82
. Ibn Sinoning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rish qabul qilinayotgan buyum tomon
bizdan chiqadigan biron bir narsadan bog‘liq emas. Biz shuning uchun ko‘ramizki, qabul
qilinayotgan buyumdan nimadir biz tomon kelib tushadi va modomiki u buyumning jismi
emas ekan, demak, u – uning qiyofasidir
83
.
Garchi biz Ibn Sinoda hissiy bilishning alohida shakli sifatida idrokni uchratmasak ham, u
uni «umumiy his-tuyg‘u» va «taxminiy his-tuyg‘u» ma'nosida qo‘llaydi. Umumiy his-tuyg‘u
ashyolar qiyofasini umumiy ko‘rinishda gavdalantiradi. Badanning hissiy a'zolari yordamida
olingan tarqoq sezish holatlari umumiy his-tuyg‘u vositasida yagona birlikka birlashib
qo‘shiladilar. Ma'noni idrok etish vazifasi Ibn Sino tomonidan taxminiy bilish kuchi deb
atalgan boshqa hissiyotga yuklanadi. Idrok ikki hil ma'noga ega: birinchidan, idrok hissiy
bilishning shakli sifatida, va ikkinchidan, idrok fikr shakli sifatida. Bilimning ushbu turlarini
mutafakkir «birlamchi» va «ikkilamchi» idrok deb ataydi. Birlamchi idrok ashyoni muayyan
tarzda biror-bir boshqa narsa vositasida qabul qiladiki, u unga ushbu shaklni beradi.
84
Boshqacha aytganda, ikkilamchi idrok, fikr bo‘lgan holda, hissiy idrok asosida tashkil topadi.
Ibn Sino ijodiy bilimning shakllaridan biri bo‘lgan xayolga katta e'tibor qaratdi. Uning
vazifasi tasavvur etish kuchi va zehnda saqlanadigan o‘sha qiyofa va ma'nolarni o‘zgartirib,
qayta ishlashdan iboratdir. Xayolning ikki shakli: tasviriy va o‘zgartiruvchi ijodiysi mavjud.
Tasavvur ham his-tuyg‘uning ichki shakllariga taalluqlidir. Bu ashyoning shunday shakliki,
ashyoning o‘zi bo‘lmagan holda ham, ongda saqlanadi. Boshqacha kuchlardan tashqari,
buyum qiyofasi aks etgan tasavvurni saqlab qoluvchi kuch-zehn ham mavjuddir.
Ibn Sino yangi aflotunchilarning ruh qandaydir jismiy a'zoga ega bo‘lmasdan turib ham,
hissiy ashyolarni qabul qilib olishi haqidagi ta'limotlarini asossiz hisobladi. Agar hissiy idrok
bu a'zolarsiz ruhning o‘zida kechganda, deb yozadi mutafakkir, unda bu a'zolar behuda
yaratilgan bo‘lib chiqardi va ulardan hyech qanday foyda bo‘lmas edi
85
. Olim fikricha, jon
yurak bilan bog‘langan bo‘lib, u orqali miya bilan ham birlashgan. Yurakdan chiqadigan sezgi
va harakatni unga uzatib boradigan a'zo, o‘z ibtidosini miyada oladi. Hissiy nervlarning
boshlang‘ichi miyadir. Nervlar undan kelib chiqadi: miya-nerv tizimining markazidir.
Shunday qilib, hissiy bilish fiziologik asoslarga ega.
Inson ruhi oliy (mukammal) va fikriy (aqliy)dir. Insonning o‘ziga xos alohida xususiyati,
hayvonlardan farqli o‘laroq, - majhul tushunchalarni o‘zlashtirish, aql bilan yetish mumkin
bo‘lgan har yoklama narsalarni bilish va oqilona hatti-harakatdir. Aql – inson ruhining oliy
kuchidir. Ibn Sino aqlni ruhning majhul (abstrakt) fikrlash va umumiy narsani bilishga
bo‘lgan qobiliyati sifatida tushunadi, idrokni esa – ruh kuchi sifatida tassavur qiladiki, uning
vositasida bilim hosil qilinadi. Farosat (ventellekt) bo‘lsa – ruhning tezda noma'lumdan
ma'lum narsaga, o‘rta istilohni sakrab, dastlabki zamindan xulosaga va baraks, o‘tishga
bo‘lgan qobiliyatini bildiradi.
Ehtimoliy va faol aql mavjud. Bir shaxsga tegishli ruhning kuchi – bu ehtimoliy aqldir.
Bunga qarshi o‘laroq, faol aql, ayrim shaxs ruhidan ajratilgan hamma joyda mavjud asosdir.
U barcha odamlarda yagona va umumiydir. Nazariy aqlning natijasi – umumiy
81
Қаранг: У.И.Каримов. Классификация наук по Ибн Сине // материалы первой Всесоюзной научной
конференции востоковедов в Ташкенте, 4-11 июня 1957. –Т., 1958. 988-б.
82
Қаранг: Абу Али ибн Сино. Нажот. Қоҳира. 1331й. ҳиж. 367-саҳифа.
83
Қаранг: Абу Али ибн Сино. Нажот. Қоҳира. 225-б.
84
Қаранг: ѝша жойда.
85
Қаранг: ѝша жойда. 267-б.
Do'stlaringiz bilan baham: |