Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   290
Bog'liq
falsafa

Abu  Abdullah  Muhammad  Xorazmiy  (997  v.e.)    X  asrning  eng  yirik  ensiklopedik 
olimlaridan  biri  edi.  U  Xorazmda  tavallud  topgan  bo‘lib,  keyinchalik  Yaqin  Sharq 
mamlakatlarida  yashadi.  U  Yaqin  va  O‘rta  Sharqda  yaratilgan  ensiklopediyalardan  biri 
bo‘lgan  «Mafotih  al-ulum»  («Ilmlarning  kalitlari»)  asarining  muallifi  sifatida  shuhrat  topdi. 
Bu  kitob  o‘sha  davrdagi  ilm-fanning  holati  haqida  to‘la  tasavvur  beradi.  Asarda  huquq, 
falsafa,  mantiq,  she'riyat,  astronomiya,  riyoziyot,  tabobat,  musiqa  asoslari  va  boshqa  fanlar 
tasnifini  ham  bergan.  Barcha  fanlarni    Xorazmiy  «shariat»  va  «arabcha  bo‘lmagan»larga 
bo‘ladi. «Shariat» fanlari ustun darajada din bilan hamda arab tilida gaplashuvchi jamiyatning 
til muammolari bilan bog‘liq bo‘lsa, «arabcha bo‘lmagan»lar (Xorazmiy bu yerda «Yunon va 
boshqa xalqlar»ni nazarda tutadi) esa, o‘sha zamonning barcha bilimlar majmuasini o‘z ichiga 
oladi. Dunyoviy fanlar uning tomonidan dinga tobelikdan tashqarida qarab chiqiladi. 
Xorazmiy fikricha, fanlar tasnifi quyidagi ko‘rinishga ega: 
I. 
«Shariat» fanlari va ular bilan bog‘langan «arabcha» fanlar: 
1.  Fiqh, ya'ni musulmon huquqshunosligi. 
2.  Kalom. 
3.  Sarf va nahv (grammatika). 
4.  She'riyat. 
5.  Voqyeanoma (xronologiya) haqidagi fan. 
II. 
«Arabcha bo‘lmagan fanlar» («yunon» va «boshqa xalqlar»): 
1.  Nazariy falsafa. 
2.  Amaliy  falsafa:  axloqshunoslik,  uy  xo‘jaligi  (uy-ro‘zg‘orni  boshqarish),  siyosat 
(shaharni, davlatni boshqarish).  
3.  Metafizika. 
4.  Riyoziyot fanlari (arifmetika, geometriya (handasa), astronomiya, musiqa haqida ilm). 
5.  Tabiatshunoslik fanlari (tabobat, meteorologiya, mineralogiya, alximiya, mexanika). 
6.  Mantiq. 
Umuman  Xorazmiyning  falsafasini  mashoiyun  (peripatetizm),  ya'ni  Arastu  falsafasiga 
tamoyili  bor,  deb  ta'riflash  mumkin.  Xorazmiy  falsafani  o‘zini  «ashyolar  haqikati  haqidagi 
fan» sifatida ifodalaydi. Har bir ashyo – modda va shaklning birligidir. «Boshlang‘ich modda 
– har bir jismning o‘zi bo‘lib, u shaklning namoyandasidir. Shakl – bu ashyoning tuzilishi va 
uning  ko‘rinishi  bo‘lib,  uning  boshlang‘ich  moddadan  shakllanganligi  natijasidir»
57
.  O‘sha 
vaqtdagi  dolzarb  muammolardan  biri  jismning  bo‘linishi  yoki  bo‘linmasligi  edi.  Xorazmiy 
jismlarning cheksiz ravishda «qoidaviy bo‘linishi» imkoniyati borligini, ya'ni tasavvur qilish 
mumkinligini  qaytd  etdiki,  keyinchalik  Ibn  Sino  uni  «imkoniyatdagi  bo‘linish»  deb  atadi. 
Biroq  «moddiy  bo‘linish  o‘zining  oxirgi  hududiga  ega,  negaki,  bo‘linayotgan  jism  shunday 
zarur  kichiklikka  yetib  boradiki,  o‘zining  tabiatiga  ko‘ra  u  eng  kichik  bo‘ladi.  Hissiy  qabul 
kilish uchun u juda ham ingichkadir». 
O‘sha  zamon  muammolariga  ergashib,  Xorazmiy  ruh  tushunchasini  ham  ko‘rib  chiqadi. 
«Tabiiy»,  «hayvoniy»  va  «shaxsiy  ruh»  ni  ajratib  ko‘rsatib,  u  tirik  jismlarda  kechadigan 
moddiy  jarayonlar  bilan  ularni  mustahkam  bog‘laydi.  O‘zining  «ruhlar»ni  tushunishi  orqali 
Xorazmiy  Aflotuncha  aqidalarni  tanqid  qiladi,  ayniqsa,  umumiy  mohiyatlar  dunyosining 
mavjudligi  to‘g‘risidagi  nuqtai-nazari  bilan.  U  quyidagilarni  qayd  etadi:  «Umumiy  ruh 
umumiy  odamga  (tushunchasiga)  o‘xshaydi  va  u  masalan,  Zeyd,  Umar  va  barcha  alohida 
olingan  insonlarga  nisbatan  turdir.  Umumiy  ruh  o‘shadirki,  unda  Zeyd,  Umar  va  har  bir 
hayvonlardan  bittasining  ruhi  qamrab  olinadi.  U  faqat  xayoldagina  «umumiy  odam»  hamda 
                                                 
1
1
 Материалы по истории прогрессивной общественно-философской мысли в Узбекстиане. –Т., 1976, 97-
б. 


«umumiy aql»ga o‘xshaydi». Falsafiy fikrlovchilarning ko‘plari ta'kidlaganlaridek, «umumiy 
ruh mustaqil borliqqa ega», degan masalaga kelsak, shuni aytish kerakki, bu shunday emas
58
.  

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish