Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   290
Bog'liq
falsafa

Abu  Yusuf  ibn  Is’hoq  al-Kindiy  (800-879)  yirik  faylasuf  bo‘lib,  Sharq  arastuchiligi  deb 
atalgan  oqimning  boshlab  beruvchisi  edi.  Al-Kindiy  turli  bilim  sohalariga  –geometriya, 
astronomiya,  optika,  meteorologiya,  tabobat,  musiqa  va  filosofiyaga  bag‘ishlangan  150ga 
yaqin  asar  yozgan.  U  falsafa  mavzusini  boshqa  xususiy  fanlar  mavzusidan  farq  qilar  edi. 
«Xususiy  narsa,  -  deb  yozgan  edi  Kindiy,  -  falsafa  mavzusini  tashkil  etmaydi.  U  o‘zining 
mavzusi sifatida faqat umumiy va asosiy,  tub masalalarnigina qamrab oladi»
47

Kindiy  aqidasicha,  har  qanday  ashyo  bir-biri  bilan  o‘zaro  bog‘langan  besh  qismni,  ya'ni 
modda,  shakl,  harakat,  makon  va  zamonning  mavjudligini  taqozo  qiladi.  Mutakallimlarga 
qarshi o‘laroq, Kindiy tabiatda sababiy bog‘lanishlarning mustahkamligini qayd etadi, Xudo 
bilan  dunyoning  o‘zaro  munosabatini  esa,  sabab  va  oqibat  sifatida  qarab  chiqadi.  Kalom 
ilmiga  qarshi  u  o‘zining  ilmiy  bilishning  uch  bosqichi  haqidagi  ta'limotini  ko‘ndalang 
qo‘yadiki,  unga  binoan  birinchi  bosqich  bo‘lgan  mantiq  va  riyoziyotdan,  ikkinchi  bosqich 
bo‘lgan  tabiatshunoslik  orqali  uchinchi  bosqich  bo‘lgan  falsafiy  muammolarga  chiqib  
boriladi. Al-Kindiy Arastu falsafasiga alohida e'tibor qaratib, qadimgi davr tafakkuri merosiga 
katta  hurmat  bilan    munosbaatda  bo‘ldi.  U  «Arastu  risolalarining    miqdori  va  falsafani 
o‘zlashtirish  uchun  nimalar  zarurligi  haqida  kitob»  yozib,  unda  kimki,    o‘zini  falsafaga 
bag‘ishlagan  bo‘lsa,  Stagirit  (Arastu)  falsafasini  o‘rganmog‘i    zarurligini  isbotlab  berdi.  U 
Qur'onga  ishonmovchilik  bilan  qarab,  uni  tanqid  qildi.  Ilk  musulmonchilik  e'tiqodidagilar 
nazarida u bid'atchi edi. Jaholatparastlik davrida uning kitoblari yo‘q qilindi. 
 Muhammad  al-Xorazmiy  (780-850)  IX  asrning  eng  yirik  ensiklopedik  olimi  bo‘lib, 
Xorazmda  tug‘ilgan.  U  riyoziyot,  astronomiya,  jugrofiya  sohalarida  tadqiqotlar  olib  borib, 
                                                 
46
 Қаранг: У.И. Каримов. Неизвестное сочинение ар-Рози «Книга тайны татн» Ташкент, 1956. –С. 33-35. 
П.Г.Шад. Рази – выдающийся материалист // «Вопросы философии». 1998, №6. 
47
 Избранные произведения мыслителец стран Ближнего и Среднего Востока. –М., 1961. 57-75-б. 


ilmiy  ekspeditsiyalarda ishtirok etgan. Olim sifatida   al-Ma'mun, Mutasim va  Al-Vosiq  kabi 
xalifalar  saroyida  ijod  qildi.  Sharqning  birinchi  Akademiyasi  bo‘lgan  Bag‘doddagi  «Baytul 
hikma» - «Donishmandlik uyi»da Al-Xorazmiy rahbarligi ostida  Ahmad ibn Muhammad al-
Farg‘oniy,  Ahmad  ibn  Abdulla  al-Marvaziy,  Xolid  Marvarudiy,  Abbos  Javhariy  kabi  o‘sha 
zamonning  eng  yirik  olimlari  xizmat  qildilar.  Xorazmiy  qalamiga  «Astranomik  jadvallar», 
«Hind  hisobi  haqida  risola»,  «Quyosh  soatlari  haqida  risola»,  «Musiqa  bo‘yicha  risola»  va 
boshqa  asarlar  mansubdir.  Xorazmiyning  asosiy  kashfiyoti  algoritmni  kashf  etishi  bo‘lib,  u 
barcha matematik tenglamalarni yechishning umumiy vositasidir. 
Al-jabr, ya'ni algebraning kashf etilishi bir-biriga qarama-qarshi munosabatda turgan ikki 
miqdor: «ma'lum» va «noma'lum» ning dialektik tahlil qilish natijasidir. Har qanday tenglama 
bu bir-birini inkor qiluvchi tushunchalarning dialektik birligidir. Qarama-qarshilikning birligi, 
ma'lum  va  noma'lum,  -  bu  masaladir.  Ushbu  qarama-qarshilikni  yechish  –  masalani 
yechishdir. Tenglamalar Xorazmiygacha ham ma'lum edi. Ammo u har safar,  turlicha, yakka 
holda,  ayrim  yo‘l  bilan  yechilar  edi.  Xorazmiyning  xizmati  shunda  ediki,  u  turli  xususiy 
tenglamalar  tahlili  asosida  umumiy  ko‘rinishni  vujudga  keltirdi.  «Algoritm»  so‘zi                  
al-Xorazmiy ismining lotincha talaffuzidir. Asosiy poydevorini Xorazmiy qo‘ygan algoritmlar 
nazariyasi bugungi kunda zamonaviy matematika, informatika va kibernetikaning eng muhim 
qismidir. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish