Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   290
Bog'liq
falsafa

uning  vakillarining  fikricha,  inson  o‘zining  shaxsiy  ruhiy  tajribasi  vositasida  xudo  bilan 
bevosita ruhiy aloqa (mushohada yoki qo‘shilish) o‘rnata oladi. Bunga jazava (ekstaz) yoki 
ichki porlash (ozarenie) yo‘li bilan erishish mumkinki, dil porlashi yuragida xudoga nisbatan 
muhabbati  bo‘lgan  va  shu  ishq  bilan  Xudo  «yo‘li»  dan  borayotgan  insonga  osmondan 
tushiriladi. O‘rta asrlarda bunga o‘xshash oqimlar noyob emas edi. Mistik aqidalar insoniyat 
tomonidan  vujudga  keltirilgan  barcha  yirik  dinniy  tizimlarda  (buddaviylik,  hinduviylik, 
yahudiylik,  xristianlik)  kam  o‘rin  tutmas  edi.  Musulmon  so‘fiylari  o‘z  oldiga  qo‘ygan  va 
butun hayotlari davomida unga intilgan maqsad - bu xudoni ruhiy, ichku tuyg‘u bilan bevosita 
bilish  edi.  Ularning  butun  fikri-zikri  ana  shu  diniy  orzuga  bo‘ysundirilgan  edi.  Ularning 
tasavvufiy  «yo‘li»  haqidagi  asosiy  fikrda  ma'naviy  poklanish  g‘oyasi  («ruhiy  jihod»  - 
mujohada)  va  insonni  kamolotga  yetkazish  yotar  edi.  Bu  g‘oya  ishlab  chiqilgan  barqaror 
axloqiy  nazariyaga  (maqomot)  va  qisqa  vaqt  saqlanuvchi,  nurning  bir  lahzalik  uchquni 
sifatida ichdan kelib chiqadigan ruhiy holatlarga (hol) kelib qo‘shildi. 
Tasavvufning  nazariy  asoslarini  ishlab  chiqishda  Al-Muhosibiy  (857  yil  vafot  etgan) 
muhim o‘rin tutdi. U tomonidan yozilgan «Allohning huquqlariga rioya etish» kitobi «o‘zini 
kuzatish» usuli asoslarini (muhosiba (hisoblash), muallifning laqabi shundan olingan) bayon 
qiladi.  Muhosibiy  insonning  tashqi  hatti-harakatlari  bilan  uning  niyati  o‘rtasidagi  nisbatni 
kuzatish  vazifasini  qo‘yadi.  Yurakdagi  fikrlar  va  ruh  harakatining  tahlili  uni  «hol» 
tushunchasini aniqlashga, ya'ni jazava holatini idrok etishga olib keladiki, unga insonning o‘z 
irodasi bilan erishib bo‘lmaydi, balki bu holat unga Xudoning marhamati sifatida tushiriladi. 
Hol qisqa damli holat, hatto zamondan tashqari, negaki, bu bir lahzali, birdaniga charaqlagan, 


ruhiy  holatning  u  yoki  bu  ohangi  rangiga  burkangan  bo‘ladi.  Xudo  bilan  qo‘shilish  uchun 
diniy shakllardagi farqlar, barcha diniy rasm-rusumlar va ko‘rsatmalarni bajarish ahamiyatga 
ega emas edi. Sufiy-panteist (xudo bilan tabiatni birday deb hisoblovchi)lar Qur'onni so‘zma-
so‘z sharhlashni rad qilib, Xudoni bilishda ilmni o‘zi yaxshirok yordam beradi deb hisoblar 
edilar.  Bu  qarash  ilk  islom  tarafdorlari  tomonidan  dushmanlik  bilan  kutib  olindi.  Tasavvuf 
bid'at aqida deb e'lon qilindi va uning muxlislari ta'qib ostiga olindilar. 
Panteistik  nuqtai  nazarda  turgan  sufiylardan  birinchisi  Al-Bistomiy  edi.  Sufiy  Husayn  ibn 
Mansur Halloj esa «Anal haq» («men-haqiqat», «Men Xudo») shiorini o‘rtaga tashlab, shuni 
isbotlashga  urindiki,  u  Xudo  bilan  «qo‘shilib»  ketgan.  Bunday  da'vo  ilk  islom  aqidalariga 
butunlay qarshi bo‘lib, Payg‘ambar va Qur'onning barcha «muqaddas»ligini yo‘qqa chiqarar 
edi. 922 yilda Hallojni bid'atchi sifatida Bag‘dodda pora-pora qilib, o‘tda yoqdilar. 
Abu  Bakr  Roziy  (865-925)  buyuk  mutafakkir  va  alloma  (ensiklopedik)  olim  edi.  Uning 
falsafiy qarashlari Eron, Hind va Qadimgi Yunon ta'limotlari ta'sirida shakllangan edi.   
Ar-Roziyning  qayd  etishicha,  abadiy  besh  ibtido  mavjud:  xoliq,  mutlaq  makon,  mutlaq 
zamon,  ruh  va  modda.  Dunyo  ana  shular  yig‘indisidan  tashkil  topgan.  U  Arastu  va  boshqa 
faylasuflarning  harakat  manbai  ashyolardan  tashqarida  joylashgan  va  «birinchi  turtki»  
mavjudligi  haqidagi ta'limotlariga muvofiq  nuqtai  nazarda emas  edi. Uning fikricha,  harakat 
ashyolarning o‘zining ajralmas hususiyati bo‘lib, uning manbai ularning ichida edi. 
Ar-Roziy  ma'lum  darajada  Demokritning  atomlar  va  bo‘shliq  haqidagi  nazariyasini 
qaytadan  tikladi.  U  ruh  bilan  badanning  birligi  haqidagi  qoidani  o‘rtaga  qo‘ydi.  Bilish 
nazariyasida faylasuf tabiatni bilish imkoniyati borligidan kelib chiqdi. Roziy tajribaga katta 
ahamiyat  berdi.  U  hatto  bir  kishining  tajribasi,  amaliyotda  tekshirilmagan  mantiqiy 
xulosalardan ko‘ra, afzalligini qayd etdi. Diniy masalalarda Roziy payg‘ambarlar va ularning 
risolati  haqidagi  g‘oyalarni,  hamd  Injil,  Qur'on  kabi  kitoblarning  «muqaddas»ligini  tanqid 
ostiga oldi. Roziy bizgacha yetib kelmagan ikki dinga qarshi qaratilgan «maxorik al-anbiyo» 
(«Payg‘ambarlarning qilmishlari») va «Xiyol al-mutanabbiy» kabi asarlarning muallifi edi
46


Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish