Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   290
Bog'liq
falsafa

Roziy (1209 yil vafot etgan) asarlari tufayli tayyorlangan bo‘lsa, ikkinchilar uchun Nasriddin 
Tusiy  (1274  yil  vafot  etgan)  ijodi  barakatidan  muyassar  bo‘lgan  edi.  Buning  natijasida,  Ibn 
Xaldun  (1332-1405)  qayd  etgandek,  oxirgi  mu'taziliylar  orasida  «kalom»  va  «falsafa» 
muammolari shunday qo‘shilib ketgan ediki, bu fanlarni bir-biridan ajratib bo‘lmay qoldi
45

«Keyingi kalom» deb nom olgan «kalom» taraqqiyotidagi yangi bosqich Baydaviy (1390 
yil vafot etgan), Isfahoniy (1348 yil vafot etgan), Ijiy (1355 yil vafot etgan), Taftazoniy (1390 
yil vafot etgan) va Jurjoniy (1413 yil vafot etgan)larning asarlarida bayon qilingan. 
Ashariylik  asosan  o‘z  tarafdorlarini  Iroq,  Suriya  va  Misrda  topdi.  Mavoraunnahrda  X 
asrdan  keyin,  Samarqand  yaqinidagi  Moturid  qishlog‘ida  tavallud  topib,  Mutakallim  as-
Samarqandiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Mansur al-Moturidiy (944 yil vafot etgan)ning 
izdoshlari bo‘lgan moturidiya oqimining juda ko‘p maktablari mavjud edi. Moturidiy o‘zining 
kalom  tizimini  Ashariydan  mustaqil  ravishda  ishlab  chiqqan  edi.  Umuman,  ularning 
qarashlari va tizimlari bir-biriga o‘xshaydi. 
Mutakallimlar  o‘rta  asrlar  falsafasiga  xos  bo‘lgan  bir  qator  asosiy  muammolarni, 
jumladan,  din  bilan  aqlning  aloqalari  masalasini  hal  etishda  o‘z  hissalarini  qo‘shdilar.  Bu 
muammolarga  xudo  va  dunyo,  tabiatdagi  jismlarning  tuzilishi,  «bo‘linmas»  zarrachalar 
(cheksiz  kichik),  kontinuum  (uzliksizlik)  va  boshqa  masalalar  kirar  edi.  Mu'taziliylar  va 
mutakallimlar  o‘rta  asrlardagi  ziyolilarning  eng  ma'lumotli  qismini  tashkil  etardilar.  Ular 
orasida  ko‘plab  ensiklopedik  olimlar,  faylasuflar  (An-Nazzom,  Johiz)  bor  edi.  Ular  ichidan 
Al-Kindiy, Zamaxshariy kabi zabardast faylasuflar va boshqalar chiqdilar. 
Tasavvuf – Sharq xalqlari ma'naviy hayoti tarixida eng muhim hodisalardan biridir.  Unga 
xos  xususiyat  tarki  dunyochilikka  chaqirish,  boylik  va  dunyoviy  ne'matlardan  voz  kechishni 
                                                 
1
1
 Қаранг: Ибн Халдун. Ал-мукаддима. Ал-Мутбаъа аш-шарафийя. Бейрут. 1967. 520-б.  


targ‘ib  qilish  edi.    Birinchi  muhaddislar  (Muhammad  payg‘ambarning  ishlari  va  hayot 
tarzlarini  rivoyat  qiluvchilar)  katta  obruga  ega  edilar.  Ular  faqih  (huquq  bilimdonlari)  ham 
edilar. Ularning o‘zlari odatda Qur'onni bilar va sharxlar edilar. Shunday qilib, ular o‘zlarida 
zamonlarining  ilohiyotiga  va  huquqshunosligiga  doir  barcha  bilimlarini  mujassamlashtirgan 
edilar.  Ammo  vaqtiyki  kelib,  Ummaviy  xalifalarning  hatti-harakatidan  omma  noroziligi 
natijasida  bir  qator  inqiloblar  kelib  chiqqach,  shu  narsa  ma'lum  bo‘ldiki,  ba'zi  muhaddislar 
ochiqdan-ochiq hokimiyat tomoniga o‘ta boshladilar. Bulardan norozi bo‘lgan boshqa turdagi 
muhaddislar  ham  kelib  chiqdilar.  Ana  shu  yangi  muhaddislar  quyidagi  qoidani  oldinga 
surdilar:  muhaddisga  ishonch  shundagina  mumkin  bo‘ladiki,  agar  u  hodisalarni  rivoyat 
qilibgina  qolmasdan,  balki  ularga  o‘zi  rioya  qilsa.  Va  uning  hayoti  zohidona  bo‘lib,  Xudo 
oldida  doimo  titrab  tursa  va  man  qilingan  narsalarning  hammasi  uning  uchun  qabul 
qilinadigan holatdan tashqarida bo‘lsa, ya'ni u ulardan to‘la-to‘kis parhiz qilsa. Ana shunday 
ruhdagi  muhaddislar  ichidan  tarki  dunyochilik  harakati  boshlanib,  rivojlanib  bordiki,  uni 
tasavvufning birinchi kurtak otishi deb qarash mumkin.  Bu vaqtda hali «sufiy» atamasi yo‘q 
edi. Bu xildagi odamlarning oddiy alomati – zohid (tarki dunyo qilgan) yoki obid (Xudoning 
xizmatkori) edi. 
Hozirgi  vaqtda  tasavvufning  (sufizm)  tizim  sifatidagi  aynan  o‘xshash  ta'rifini  berish 
mumkin  emas.  Negaki,  hali  hozir  fanda  Ispaniya,  Sitsiliyani  qamrab  olib,  Bolqon  yarim 
oroligacha  kirgan,  ushbu  juda  murakkab,  ko‘p  qamrovli,  qadama  (mozaik)  diniy 
dunyoqarashga  nisbatan  yagona  hukm  chiqarilgan  emas.  Tasavvufning  ilk  rivoji  VIII-X 
asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda u tarki dunyochilikdan ajrab chiqib, mustaqil diniy-falsafiy-
axloqiy  ta'limot  sifatida  shakllandi.  Ammo  u  vaqtda  ham,  keyingi  davrlardagi  o‘z  rivoji 
bosqichlarida  ham  (X-XII  asr  oxiri,  XIII-XV;  XVI-XVII  asrlar),  tasavvuf  aniq  ifodalangan, 
tartibga  solingan  va  muayyan  qarashlar  tizimini  beruvchi  ta'limotga  aylanmadi.  Bu  narsa 
ayniqsa o‘zining yaqqol ifodasini  tasavufning gullagan davri bo‘lgan X asrdan keyin topdi. 
Bu davrda u o‘ziga qadimgi davrning mistik-idealistik falsafasi va xristianlik nazariyasining 
g‘oyalarini  olib  va    ularni  soddalashtirib,  mahalliy  diniy-an'analar  va  xalq  aqidalari  bilan 
qo‘shib, harakatning tashkiliy shaklini birodarlik (tariqa) jamiyatini barpo qildi. 
Demak,  tasavvuf  –  bu  islom  doirasidagi  alohida  sirli,  diniy-falsafiy  dunyoqarash  bo‘lib, 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish