Ziyolilar va shaharliklar orasidagi bosh masala shunga qaratildiki, dunyodagi butun
yomonlik va razolat qaerdan kelib chiqadi va uni qanday qilib bartaraf etish mumkin? Ilgari
aflotunchilar tomonidan berilgan javob eng mashhur bo‘lib ketdi: yomonlik moddadan va
moddiy dunyodan kelib chiqadi. Ilgari ravoqiylar o‘zlarini unga moslashtirishga uringan va
uni ezgulik va baxt-saodat asosi hisoblangan koinot zaruriyati, endilikda qul qiluvchi,
boquvchi kuchga aylantiriladi. Bundan keyingi butun hatti-harakat shunga yo‘naltirildiki,
o‘zini yashirin diniy udumlarga bag‘ishlab, vahiyga va sharq donishmandlarining sirli
bilimlariga yo‘l topib, qanday qilib bo‘lsa ham, zaruriyat xoqimiyatidan qutilib, haqiqiy
ozodlik yo‘lini idrok etish bilan umumiy birlikka erishib, razolatni bartaraf qilish choralari
izlana boshlandi. Ana shu maqsadda sehrli iboralar ham qo‘llanila boshlandiki, ular yer va
sayyoralar jinlarining ruhini ulardan tashqariga chiqarib yuborishga o‘rgatishlari kerak edi.
Eramizning III asri kishilari uchun qahramon endi sarkarda yoki siyosatchi emas, balki
faylasuf
Plotin va uning izdoshlari kabi xudodan ilhom olgan, butun dunyo sirlarini biladigan
donishmand edi. Plotin (204-270yy.) Gallien homiyligidan foydalanib, o‘z davrining
sharoitlarini hisobga olgan holda, o‘zi qadimgi dunyo madaniyatini uyg‘otish to‘g‘risida orzu
qilsa ham, qadimgi dunyo qarashlaridan nimani qutqarish imkoni bo‘lsa, o‘shani saqlab
qolishga harakat qildi. U Xudo bilan inson o‘rtasidagi vositachilar tabaqalarini qisqartirib,
koinot bilan insonning yagonaligini qayta tiklashga intildi. Uning uchun oliy nuqtai nazar
xunuk emas, balki go‘zal bo‘lgan butun dunyoni teshib o‘tadigan yagona, bir butun oliy
ezgulik ediki, nega deganda u mukammal g‘oyalar dunyosini ifoda qilar edi. Kurash va
baxtsizlik borliqning ko‘pligi va uzilganligidan paydo bo‘ladi. Ularni bartaraf etish oliy
ezgulik bilan qo‘shilib ketishlikdadirki, unga bilim bilan emas, balki ekstaz (karaxtlik) holati
ya'ni barcha yerdagi narsalarni tark etish, ruhni razolatdan xuddi oltin quymasini unga
yopishgan loydan tozalash kabi yo‘l bilan erishib bo‘ladi. Bu oliy ezgulikni talab qiladi.
Ammo Plotin «fuqaroviy» ezgulikni ham rad etmaydi. Bunga erishish uchun har kim o‘z
burchini dunyo voqyealarida vijdonan o‘ynashi kerak. Har kim shuni unutmasligi kerakki,
dunyodagi yomonlik, rasmdagi soya kabi zarurdir va u o‘zining shaxsiy farovonligidan kelib
chiqmasdan, balki butun ezgulikdan kelib chiqmog‘i lozim. Yomon odamlar hukmronlik
qilmoqda, yaxshilar esa azob chekmoqda degan doimiy shikoyatlar bema'nilikdir. Negaki,
xudolar yig‘layotgan va ibodat qilayotganlarga emas, balki kim mehnat qilayotgan va
kurashayotgan bo‘lsa, o‘shalarga yordam beradilar.
Plotinning ta'limoti keng omma uchun juda ham murakkab edi. Uning o‘zi ham uni
xoslarga mo‘ljallagan edi. Keyinchalik yangi aflotunchilik bir qator o‘zgarishlarga duchor
bo‘lib, asosan sharqdagi shahar ziyolilarining falsafasiga aylandi. Xristianlikning yoyilishi
bilan cherkov borgan sari salobatli va yaxshi tashkil topgan kuchga aylanib bordi.
Xristianlarga nisbatan bo‘lgan ta'qiblarning bekor qilinishi bilan xristian jamoalari chekkan
azoblari sinovidan uyushgan va mustahkamlangan holda chiqdilar. Bu narsa xristianlarning
keyingi taqdirlari uchun sezilarli ahamiyat kasb etdi. 529 yilda Vizantiya
imperatori Yustinian
farmoniga binoan Afinadagi Aflotun Akademiyasi bekitildi. Qadimgi dunyo falsafasi o‘zining
ming yillik mavjudligini to‘xtatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: