dastasi bilan bog‘liq bo‘lgan ilohlarning ismlari va siymolari aksini uchratamiz. Mitra va
hosildorlik xudosi Orloxsho bilan bir qatorda urush xudosi Veretragna, hind xudolari
Shiva va
Budda turganligining guvohi bo‘lamiz. Kushon imperiyasida dunyo sivilizatsiyasi tarixida
kamdan-kam uchraydigan hodisalardan biri sifatida buddaviylik, jaynizm, zardushtiylik,
maxalliy va qabilaviy diniy e'tiqodlarning bir-birlari bilan tinch yashaganliklarini qayd etish
lozim. Aynan ana shu Kushonlar davrida Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlariga
yoyilgan Mohayana shaklidagi buddaviylikning alohida rivojlanganligini kuzatish mumkin.
Buddaviylikning yoyilishi mahalliy diniy e'tiqodlar va an'analarning yo‘q qilinishi yoki
yutib yuborilishi degan ma'noni anglatmas edi. Bu mahalliy an'analar ta'sirida olib kelingan
udumlarning o‘zaro ta'siri va o‘zgarishiga olib kelgan murakkab jarayon edi. Buddaviylik
madaniyati Markaziy Osiyodan Xitoy, Yaponiya va Quriyaga tarqaldi. Xitoycha manbalar
matnida Baqtriya, So‘g‘d va Parfiyadan chiqqan, ilohiyotga doir jiddiy risolalar yozib, ularni
Xitoy tiliga tarjima qilgan buddaviy rohiblarning ismlari tilga olingan. Ba'zi olimlarning
fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyolik rohiblarsiz II-IV asrlardagi Xitoy, buddaviylik haqida
deyarli hyech narsa bilmagan bo‘lar edi
38
.
Markaziy Osiyoda Vaybxashika buddaviylik maktabi tarqalgan edi. Vaybxashika
maktabiga mansub bo‘lganlar o‘zlarining bilish nazariyalarida ob'ektiv dunyodan kelib
chiqdilarki, uni bilish his-tuyg‘u a'zolari orqali amalga oshiriladi. Ashyolarning javhari besh
doimiy unsurdir. Barcha ob'ektlar pirovardida atomlarga kelib taqaladi. Ba'zida vaybxashika
muxlislarini voqyeylikning bevosita vakillari deb ataydilar. Vaybxashika tarafdorlari fikricha,
Budda oddiy odam bo‘lgan va to‘la-to‘kis nirvona holatiga erishgach, o‘z mavjudligiga
barham bergan. Biroq unda ilohiy unsur-haqiqatni ichki tushunish mavjud bo‘lgan.
Buddaviylik bilan bir qatorda Markaziy Osiyoga hindlarning dunyoviy fan va madaniyatining
unsurlari ham tarqaldi.
Eramizning II-III asrlarida quldorlik tuzumi o‘zining inqiroz va buzilish bosqichiga kirdi.
Inqirozning g‘oyaviy ifodasi sifatida yangi oqim bo‘lgan monixiylik (Bobildi 216 yoki 217-
inchi yilda tug‘ilgan asoschisi Moniy nomidan olingan) paydo bo‘ldi. Moniy bir necha diniy-
axloqiy risolalar yozgan. U «monixiylik xati» deb nom olgan alifboni kashf etdi. Moniyning
ta'limoti zardushtiylik kohinlari tomonidan dushmanlik bilan kutib olindi. U ta'kiblar ostida
Erondan qochdi. O‘z ta'limotini targ‘ib qilgan Moniy shon-shuhrat qozondi. Moniyning o‘sib
borayotgan obro‘sidan xavfsiragan zardushtiylik kohinlari uni falsafiy bahsga chaqirdilar.
Ammo u zindonga solindi va 276 yilda qatl etildi.
Monixiylik zardushtiylik ta'limotining xayr bilan sharr (yaxshilik va yomonlik)
to‘g‘risidagi aqidasiga, ya'ni sa'naviyat (dualizm)ga tayanar edi. Xristianlik va gnostitsizm
(lazzat talablik) unga sezilarli ta'sir o‘tkazgan edi. Moniylik ta'limoti o‘z ifodasini soddacha
ruhda dehqonlar ozodligini targ‘ib qilishda topgan ediki, bu yangi sharoitlarda Avestoning
qadimgi qobiqlarida bayon etilgan Zaratushtiraning ta'limotini qaytarish edi. Bu esa ezilgan
va tahqirlangan dehqonlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan edi. Bu bilan monixiylik
zardushtiylikka qarama-qarishi turdi, negaki, u asta-sekin o‘z mohiyatini o‘zgartirib, ilk
feodal jamiyat mafkurasiga aylangan edi. Monixiylikning ozod dehqonlar ruhiyatiga mos
keladigan xususiyati uni eramizning III asrida va undan keyingi davrlarda Eron, Markaziy
Osiyo, Baynalnahrin, Mesopotamiya, Suriya, Misr va Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari
dehqon ommasi orasida keng tarqalishiga yordam berdi.
Ammo monixiylik qandaydir faol harakatlarni rad etib, kurashning bo‘sh usullarini
qo‘llashni targ‘ib etdi. Natijada umidsizlik, sufiylik va tarki dunyochilikni targ‘ib qiluvchi
mayda tariqatlarga bo‘linib ketdi. Monixiylikning bunday xususiyatlari xristian mazhablari
38
Қаранг: А.М.Беленицкий. Вопросы идеологии и культов Согда по материаталам пянджикентских
храмов//В кн.: Живопись Древнего Пянджикента. –М., 1954. В.А. Litvinsky. Autline of
Buddhism in Central
Asia, Moscow, 1968.
bo‘lgan pavlikian va bogomil kabilarning ta'limotiga ta'sir o‘tkazdi. Monixiylikning kuchli
ta'sirini mazdakiylik ta'limotida ham mushohada qilish mumkin.
Markaziy Osiyo va Eronda feodalizmning rivojlanib borishi va dehqonlar hayotining
og‘irlashishi tabaqalar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirib yubordi. Urushlar, tabiiy
ofatlar, kahatchilik bu jarayonni chukurlashtirdi. Dehqonlarning feodal hukmdorlardan
noroziligi oshib bordi. Bunday qarama - qarshiliklarning ifodasi sifatida yangi diniy- falsafiy
oqim bo‘lgan mazdakiylik paydo bo‘ldi. V-VI asrlar davomida mazdakiylik
feodallarga qarshi
qaratilgan harakatlarning mafkurasi bo‘lib xizmat qildi.
Uni asoschisi Mazdak (529-nchi yilda qatl etilgan) Eron shohi Qubod I (hukmronlik
yillari 488-528) saroyi ahllariga yaqin bo‘lgan zardushtiylik kohini edi. U shohni mamlakatda
islohotlar o‘tkazish zarurligiga ishontirishga urindi. Keyinchalik Mazdak dehqonlar
harakatining rahnomasiga aylandi.
Harakat bostirilgach, Mazdak qatl etildi.
Mazdakiylikning falsafiy ta'limoti zardushtiylikning ikki ibtido, ya'ni xayr va sharr,
yorug‘lik va oqillik bilan qorong‘ulik o‘rtasidagi kurash haqidagi tasavvurlarga borib taqaladi.
Tabiat uch unsur: suv, olov va tuproqdan tashkil topgan bo‘lib, ularning ko‘shilishidan ijobiy
va salbiy hodisalar kelib chiqadi. Xayr bilan sharr o‘rtasidagi kurash xayrning g‘alabasi va
sharrning (yomonlik) kuch ishlatish orqali yo‘q qilish bilan xotima topadi. Mazdakchilarning
ijtimoiy dasturi keskin talablar qo‘ydi: barcha odamlarning teng huquqligi, iste'molda tenglik,
barcha mulklarning va avvalo yerning umum ixtiyorida bo‘lishi. Bu narsa oddiy xalq o‘rtasida
Mazdakning dong chiqarishiga olib keldi.
Mazdakiylik harakatining boshida shoh Qubod I bir tomonlama kuchayib borayotgan
feodallar va zardushtiylik kohinlariga qarshi kurashda o‘z hokimiyatini mustahkamlash
manfaatlaridan kelib chiqib, undan foydalanishga urindi. Biroq harakatning keng quloch
ochishi, undagi keskin talablarning kuchayishi, zadagonlar va mulklarning yo‘q qilinishi
xukmron doiralarni qo‘rqitib yubordi. Shoh va hukmron aslzodalar qo‘zg‘olonni kuch bilan
bostirib, uning ishtirokchilarini shafqatsizlarcha jazoladilar.
Mazdakiylik harakati bostirilgandan keyin ham uning g‘oyalari uzoq vaqt Eron, Markaziy
Osiyo va Ozarbayjon mehnatkashlarining kurashi uchun bayroq sifatida xizmat qildi.
Markaziy Osiyoda bu g‘oyalar XII asrgacha rasm bo‘lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: