Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   290
Bog'liq
falsafa

dialektikaning  yirik  vakili  hisoblanadi.  Dialektika  uning  uchun  ehtimoliy  va  haqiqatga 
o‘xshash bilimlardan haqiqiy va ishonchli bilimlar olish usuli edi. 
Faylasufning  «Organon»  deb  umumiy  nom  olgan  mantiqiy  asarlari  haqiqat  va  tafakkur 
qonunlari  haqidagi  ta'limotdir.  O‘rta  asrlarda  «Organon»  eng  mashhur  va  o‘qiladigan  asar 
bo‘lib,  o‘rta  asrlardagi barcha  sxolastika  (borliqni  tekshirish  va  o‘rganishga  emas,  balki  din 
aqidalariga  suyangan  idealistik  falsafa)  uning  asosiga  qurilgan  edi.  Arastuning  hayvonlar 
haqidagi  risolalari  mashhur  bo‘lib,  ularda  qadimgi  davrda  birinchi  marta  yirik 
organizmlarning  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishi  tadqiq  etilgan,  ularning  ta'rif  va  tasniflari 
berilgan  edi.  Shuningdek,  olim  o‘zini  tarixchi,  pedagog,  notiqlik  ilmining  nazariyotchisi, 
axloqiy  va  siyosiy  ta'limotlar  asoschisi  sifatida  ham  namoyon  qilgan  edi.  Uning  qalamiga 
shunday  axloqiy  risolalar  mansubki,  ularda  xayrli  ish  tushunchasi  ostida  insonlar  faoliyatini 
oqilona  boshqarish  yetar  edi.  Ikki  keskinlik  orasidan  o‘rtanchasini  tanlash:  masalan,  jasorat 
qo‘rquv bilan shiddatli jur'at o‘rtasida turmog‘i tavsiya etilgan edi. U  she'riyatga ko‘p diqqat-
e'tibor  qaratdi,  negaki,  uning  fikricha,  nazmiy  asar  inson  ruhiga  samarali  ta'sir  etadi  va  shu 
sababdan ijtimoiy hayot uchun muhimdir. 
Arastu  orzudagi  (ideal)  davlat  tuzumi  loyihasining  muallifi  sifatida  shunday  xulosaga 
keldiki, polis insonlar uyushmasining eng yuqori shakli bo‘lib, unda yashaydigan kishilarning 
maqsadi  farovonlikka  erishishdir.  Jamiyatning  asosiy  birlamchi  tashkiloti  oiladir.  O‘zining 
mulohazalarida  Arastu  tabiatdan  kelib  chiqib  quyidagilarni  aytgan:  oila  tabiiy  bo‘lganidek, 
qullik ham tabiiy, negaki, ba'zilarning buyruq berishi, boshqalarning esa tobe bo‘lishi tabiat 
tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgan. 
Polisning  (shahar-davlat)  mavjud  turlarini  diqqat  bilan  ko‘rib  chiqqan  faylasuf 
boshqarishning  to‘g‘ri  uch  shakli  (saltanat,  monarxiya,  aristokratiya  va  politiya)  va  uch 
noto‘g‘ri  (tiraniya,  oligarxiya  va  demokratiya)  shaklini  topadi.  Ularning  har  birining 
xususiyatlarini  mufassal  ko‘rsatadi  va  baholash  mezoni  sifatida  ularning  farovonlikka 
qanchalik  yaqin  turgan  yoki  turmaganliklarini  belgilaydi.  Arastu  shogirdlari  orasida  shuhrat 
topgan juda ko‘p faylasuflar, fiziklar, matematiklar va biologlar bor edi. 
Qadimgi dunyo tarixida eramizdan oldingi IV asrinig oxiridan eramizning I asrining oxirgi 
o‘n  yilliklarigacha  bo‘lgan  davrni  ellinizm  davri  deb  atash  qabul  qilingan.  Bu  davrning 
falsafiy-siyosiy  qarashlari  polis  mafkurasidan  yiroqlashib  ketgan  edi.  Mumtoz  shahar-
davlatlar fuqarolari jamoasining dunyoqarashlarini aks ettirgan Aflotun maktabi, polislarning 
tushkunligi sababli  o‘zining  ilgarigi  yetakchilik  mavqyeini  yo‘qotadi.  Eramizdan  oldingi  IV 
asrdayoq mavjud bo‘lgan va polis mafkurasining inqirozi tufayli vujudga kelgan kiniklar va 
skeptiklar  oqimining  ta'siri  oshib  boradi.  Biroq  ellinistik  dunyoda  eng  mashhur  bo‘lgan 
voqyea  eramizdan  oldingi  IV  va  III  asrlar  bo‘sag‘asida  paydo  bo‘lgan  ravoqiylar  va 
epikurchilar ta'limoti edi. 
Eramizdan  oldingi  302-yilda  Afinada  Qibrisning  Kition  shahridan  bo‘lgan  Zenon  (er.ol 
336-264yy.)  tomonidan  asos  solingan  ravoqiylar  maktabiga  Sol  shahridan  bo‘lgan  Xrasipp 
(er.ol. III asr), Rodoslik Panetiy (er.ol. II asr) va boshqa faylasuflar mansub edilar. Ravoqiylar 
insonning  axloqiy  muammolariga  alohida  diqqat-e'tibor  qaratdilar.  Ularning  maqsadi  polis 
tuzumining  inqirozi,  to‘xtovsiz  harbiy  va  ijtimoiy  nizolar,  alohida  shaxsning  jamiyat  bilan 
aloqalari  sustlashgan  sharoitda  axloqiy-falsafiy  tayanch  topish  edi.  Agar  ushbu  sharoitlar 
tug‘dirgan  ta'sir  natijasida  adabiyot  va  san'atda  fuqaroning  ijtimoiy  borlig‘ining 
qo‘nimsizligini  aks  ettirish,  har  narsaga  qodir  taqdir  ramzida  berilgan  bo‘lsa,  ravoqiylar 
tomonidan  bu  holat  barcha  mavjudotlarni  oqilona  boshqaradigan  oliy  kuch  (logos,  tabiat, 
xudo) ga insonning qaramligi sifatida tasvirlandi. Inson endi polis fuqarosi emas, balki koinot 
fuqarosi edi. U baxt-saodatga erishish uchun oliy kuch tomonidan belgilab berilgan hodisalar 
qonuniyligini  bilib  olmog‘i  lozim  edi.  U  tabiat  bilan  muvofiqlikda  yashash  uchun  xayrli 
faoliyat bilan yashamog‘i lozim edi. 


Asosiy  xayri  faoliyat  sifatida  ravoqiylar  tushunib  yashashni  («sharr»  (yomonlik)  nima 
ekanligini  bilish,  «xayr»  (yaxshilik)  nima  ekanligini  idrok  etish),  ya'ni  jasorat,  adolatlilik, 
sog‘lom  fikr  va  uning  boshqa  ko‘rinishlari  bo‘lgan-ruhiy  olijanoblik,  nafsni  tiyish, 
tirishqoqlik,  jur'atlilik  va  rahmdillikni  hisoblar  edilar.  Faqat  axloqiy-go‘zal  narsagagina 
yaxshilik va ezgulik alomati edi. Shu bilan birgalikda yaxshilik qandaydir foyda keltiradigan 
narsa  ham  edi.  Ravoqiylarning  axloqiy  tushunchalari  orasida  tabiat  va  jamiyat  qonunlariga 
muvofiq keladigan, aqliy faoliyat orqali kelib chiqqan «kerakli narsa» to‘g‘risidagi tasavvurni 
qayd etib o‘tish lozim. 
Ravoqiylarning eklektizmi, asosiy qoidalarining ko‘p ma'noliligi ellinistik dunyoning turli 
tabaqalari (shu jumladan hukmron tabaqalar doirasida ham), keyinchalik esa, Rim jamiyatida 
ham  ularning  mashhur  bo‘lib  ketishlarini  ta'minladi.  Rim  ravoqiylarining  yirik  vakillari 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish