Eramizdan oldingi I asrga kelib Quriya yarim orolida uch mustaqil davlat tashkil topdi:
Koguryo (er.ol.37y. – eramizing 668y.), Silla (er.ol. 57y.- eramizning 668y.) va Pekche (er.ol.
18y.- er.660y.). Uch podsholik davrida, afsonaviy tasavvurlar bilan bir qatorda yorug‘lik va
qorong‘ulik ibtidolari («yan» va «ыm») haqidagi ta'limot yanada rivojlantirildi. Besh birinchi
unsurlar haqidagi ta'limot dunyoning borliq manzarasini ifodalovchi xususiyat kasb etdi. Besh
unsurlarning har biriga makonda muayyan joy va rang muvofiq kelar edi. U tabiat va
jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlar talqinini tushunish, afsonalar, ramzlar, matnlar va
xabarlar mazmunini idrok etish uchun o‘ziga xos kalit vazifasini o‘tay boshladi.
Uch podsholik davrida diniy-falsafiy ta'limotlar tarqala boshladiki, keyinchalik Quriya
yarim orolida hukmron mavqyega ega bo‘lgan buddaviylik va daosizm bilan birgalikda, bu
yerda sal ilgariroq paydo bo‘lgan konfutsiychilik ham o‘ziing keyingi taraqqiyotini boshladi.
Bu ta'limotlar quriyalilarning ilgari dunyo manzarasi haqidagi diniy-afsonaviy qarashlarini
siqib
chiqardigina emas, balki ulardan ko‘plarini o‘z bag‘riga oldi.
Quriya konfutsiychiligi animizm, shamanizm va an'anaviy e'tiqodlarning boshqa
unsurlarini yetarli darajada ixcham o‘zlashtirdiki, ular konfutsiychilik ta'limotining asosiy
bandlariga muvofiq kelar edi. Unda ajdodlar va ulug‘ kishilar ruhiga sig‘inish joy oldiki,
ularga atab ibodatxonalar qurildi va qurbonliklar qilindi. Konfutsiychilik besh birinchi
unsurlar haqidagi ta'limotni ham qabul qildi. Buni yaqqol ifodasini konfutsiychilik
ta'limotidagi jamiyatdagi besh munosabatlar haqidagi aqidada (shoh va fuqaro o‘rtasidagi
munosabat, ota-onalar bilan bolalar, er bilan xotin, katta va kichik yoshdagi aka-ukalar,
do‘stlar orasidagi munosbaatda) va besh axloqiy sifat haqidagi ta'limotda (ezgulik, to‘g‘ri
fikrlash,
yaxshi xulq-atvor, bilim olishga intilish va halollik) ko‘rish mumkin.
Buddaviylik eramizning IV asrida Quriyaga rohiblar tomonidan Hindiston va Xitoydan
olib kelindi. Tez orada buddaviylik davlat diniga aylandi. Buddaviylik Quriyada tarqala
borgan sari o‘ziga xos xususiyatlar kasb eta boshladi. Uning ilk bosqichlarida tarki
dunyochilik tomoni ajralib chiqa boshladi. Biroq tez orada Quriyada buddaviylikning shunday
mazhablari paydo bo‘ldiki, ular ilk ta'limotdan farq qilar edilar. Masalan, shunday
mazhablarning asoschilaridan biri bo‘lgan Von Xyo (617-687yy.) mast qiladigan ichimlikni
iste'mol qilishni, qo‘shiq va raqslardan lazzatlanishni ayb hisoblamas edi, u hatto uylandi va
bu bilan tarki dunyochilikka nisbatan muxolifatga kirdi. Uning uchun haqiqat va
Mohayananing ma'nosi rohiblikda emas, balki «dunyo ruhi» ni kasb etishda edi. Agar odam
ruhining o‘zi buzilgan bo‘lsa, barcha nazr va niyoz, o‘zini tiyish va ta'lim-tarbiya
samarasizdir. Faylasuf ruhga amalan borliq maqomini beradi. Aynan ana shu ruh ashyolar
tartibini belgilaydi. Unga hatto birinchi ibtido, barcha ashyolarning yo‘li va asosi bo‘lgan
«dao» ham olib boradi.
VII asrning boshida Quriya yarim oroliga
daosizm kirib keladi. Tez orada daosizmga
buddaviylik va konfutsiychilikning zaruriy bo‘lgan ajralmas qo‘shimcha tarkibiy qismi
sifatida qaray boshlaydilar. «Uch davlatning tarixiy xotiralar daftari» («Koguryo solnomasi»)
da qirol amaldorlaridan birining so‘zlari bilan daosizmning to‘g‘ilib kelayotgan ta'siriga
munosabat ifodalangan: «… Uch diniy ta'limot (konfutsiychilik, buddaviylik va daosizm )
qozonning uchta oyog‘iga o‘xshaydi. Ulardan loaqal biri bo‘lmasa, yomon bo‘ladi»
35
.
V asrda buddaviylikning va VI - asrda konfutsiychilikning kirib kelishi munosabati bilan
ularga qarama-qarshi o‘laroq, eski an'anaviy din «kamino-mixi» deb atala boshlandi, so‘zma-
so‘z aytganda «kami yo‘li», ya'ni «mahalliy xudolar yo‘li, yoki xitoychasiga «shin-to»;
keyinchalik esa bu yevropa tillariga «sinto» yoki sintoizm tarzida kirdi. Sintoizm VI - asrning
o‘rtalarigacha, ya'ni buddaviylik davlat dini sifatida e'lon qilinguncha, davlat dini edi.
Sintoistik tasavvurlarga ko‘ra, barcha mavjud narsalar xudolar tomonidan yaratilgan. Shu
bilan birga yaratilish jarayoni xudolarning o‘zini yaralishi bilan bog‘langan. Dunyoning eng
35
Иқтибос.
Чон Чин Сок, Чон Сон Чхаль ва Ким Чхан Вонларнинг «Қурия фалсафаси тарихи»
китобининг 1966 йилда Москвада босилган русча таржимасидан олинди. 1-жилд. 38-б.
qadimgi holati tuman va qorong‘ilik bilan to‘lgan tubsiz chuqur tarzida ifodalangan.
Keyinchalik osmonning yerdan ajralishi sodir bo‘lgan. Matnlarda «8 lak-lak» yoki 8 million
xudolar, ya'ni ruhlar haqida gap boradi. Sintoistik xudolar jamoasining markaziy shaxsi ayol
xudo Amaterasu bo‘lib, quyoshning ramzi sifatida qabul qilinadi.
Yapon imperatorlari sulolasining asoschisi afsonaviy imperator Dzimmu hisoblanib, u
ayol xudo Amaterasuning nevarasi edi. Ana shu yerdan sintoizmning asosiy o‘zagi bo‘lgan
imperatorlik hokimiyatining ilohiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi aqida boshlanadi va har bir
yaponiyalik imperatorning muqaddas irodasi (mikado, tenno)
36
ga bo‘sunishga majbur.
Imperator saroyi va o‘lgan tennolarning maqbarasi muqaddas joylar hisoblanadi. Sintoizmda
o‘lganlarning oilaviy urug‘chilik diniy marosimlari katta o‘rin tutadi. Har bir vafot etgan
shaxs kamiga aylanadi va urug‘ boshlig‘i har kuni ibodat qilib, qurbonliklar keltiradi.
Sintoizmda tabiat kuchlarini ilohiylashtirish va animizm saqlangan. Muqaddas joylar, ayniqsa
tog‘lrga sig‘inish rasm bo‘lganki, ular ichida Fudziyama tog‘i birinchi o‘rinda turadi.
Sintoistik ibodat duo qilish ifodasi bo‘lgan – «norito» ni o‘qishga va qurbonlik (gurunch,
sabzavotlar, baliq) qilishga olib keladi. Ammo sintoizmda shamanlik unsurlari ham bor.
Kohinlar dinga e'tiqod quyuvchilarni xudolar bilan aloqa boglashlariga imkon berish uchun
asablarini qo‘zitib yuboradilar.
Garchi sintoizmda uning asoschisi yoki payg‘ambari, biror-bir diniy aqida imon sifatida
va diniy axloq mavjud bo‘lmasa ham, avlodlardan avlodlarga muqaddas yozuv o‘rnini
qoplaydigan xudolar davri haqidagi solnoma naql qilinadi. Shuningdek, sintoning alohida
xususiyati shundaki, u narigi dunyo bilan kam qiziqadi va to‘laligicha bu dunyo hayotiga
murojaat etadi. Unda yaponlar hayot tarzining tarkibiy unsuri sifatida xulq-atvor, urf-odatlar,
har xil narsalarga ishonish va alomatlarning bir qator nusxalari saqlanib qolgan.
Deyarli 2 ming yil ilgari paydo bo‘lgan qadimgi din sinto muayyan sharoitlarni hisobga
olgan holda o‘zgarishlarga duchor bo‘ldi va shaklini o‘zgartirdi. Sinto tarixiy taraqqiyotning
har bir bosqichida, o‘z vaqtida davlat dini rolini o‘ynagan buddaviylikdan farqli o‘laroq,
yaponlarning
yagona azaliy, milliy dini bo‘lib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: