Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. yevropada diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   290
Bog'liq
falsafa

4-§. yevropada diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi 
 
yevropa  falsafasining  beshigi  qadimgi  yunon  oldi  falsafiy  fikrining  yodgorligi  sifatida 
Gomerning «Iliada» va «Odisseya» si, Gesiodning «Mehnatlar va kunlar» va «Teogoniya»si, 
hamda orfiklarning ta'limoti qabul qilingan. 
Gomerning  qahramonlik  dostonida  qadimgi  yunonlilarning  afsonaviy  tasavvurlari  o‘z 
aksini topgan. Gomer nazaricha, dunyoning tuzilishi  uch qismdan tashkil topgan: Osmon, yer 
va  yer  osti  dunyosi.  Dunyo  tarkibining  ushbu  har  bir  qismi,  hamda  turli  tabiy  va  ijtimoiy 
hodisalar (Quyosh, Oy, tush, urush, xosildorlik va boshqalar) turli xudolar, ko‘pincha  insonga 
xos xususiyatlarga ega bo‘lganlar orqali mujassam etilar edi. 
Agar  Gesiodning  «mehnatlar  va  kunlar»  dostoni    insonlarga,  axloqiy  masalalarga,  inson 
taqdirining turmush mushkulotlariga bag‘ishlangan bo‘lsa, uning «Teogeniya»si xudolarning 
kelib  chiqishi  haqida  tasavvur  beradi.  Ammo  qadimgi  yunonlilarning  xudolari  tabiiy  va 
ijtimoiy  hodisalarni  (Geya  -  yer,  Eros-ishq,  muhabbat,  Uran-osmon,  Nyukta-kecha,  Apata-
yolg‘on  va  boshqalar)  gavdalantirganliklari  uchun,  uning  teogoniyasi  o‘ziga  xos  koinotni 
yaratilishi haqidagi ta'limotdir. Avvalo Xaos (dunyo vujudga kelguncha tuman va qorong‘ilik 
bilan to‘lgan tubsiz chuqur) tug‘iladi. Undan keyin Geya (yer), Tartar (yer osti dunyosi), Eros 
(ishq),  Ereb  (zulmat)  va  Kecha  (Nyukta)  vujudga  keladilar.  So‘ngra  Geya  Uran  (osmon)  va 
Dengizni  vujudga  keltiradi,  Ereb  –  Efir  (Nur)ni,  Nyukta  esa  –  Gemeru  (Kun)ni  tug‘diradi. 
Uran  va  Geya,  bir-birlari  bilan  turmush  qurib,  jussasi  juda  katta  xudolarni,  bir  ko‘zli 
pahlavonlarni va ellikta boshli va yuzta qo‘lli bahaybat polvonlar (gekatonxeylar)ni dunyoga 
keltiradilar. 
Keyin Gesiod xudolar va titanlar o‘rtasidagi kurashni tasvirlaydiki, xudolar g‘alaba qilib, 
Zevsning  saltanat  taxtiga  chiqishi  bilan  tugallanadi.  Xudolar  kelib  chiqishining  bunday 
tabaqalanishida tizimga solishga bo‘lgan birinchi urinish ko‘zga tashlanadiki (hali afsonaviy 
tafakkur  ichida),  ular  keyinchalik  qadimgi  dunyo  falsafasida  rivojlangan  koinot  haqidagi 
tizimlarga olib keldilar. 


Eramizdan  oldingi  VIII-VII  asrlarda  qadimgi    Yunonistonda  urug‘-qabilachilik  jamiyat 
inqirozga  yuz  tutib,  urug‘  zadogonlarining  hokimiyati  chegaralana  boshlandi.  Patriarxal 
quldorlik o‘z o‘rnini yangi, ilg‘orroq shakllarga bo‘shatib bera boshladi. Xo‘jalik rivoji bilan 
bog‘liq  bo‘lgan  yangi  sinf  siyosiy  hokimiyatni  bosib  olib,  tiraniyaga  asoslangan  tuzumni 
o‘rnatadi. Ushbu tabaqaning siyosiy va iqtisodiy qudratining oshishi bilan yunon madaniyati 
ham  rivojlanadi.  Buyuk  ko‘chirish  davrida  an'anaviy  yunon  dini  endi  zamondoshlarning 
ma'naviy  ehtiyojlariga  javob  bermay  qoldi,  negaki,  unda  insonni  kelajak  hayotda  nima 
kutayapti degan savolga javob topish qiyin edi. 
Bu masalani hal qilishga diniy-falsafiy ta'limot vakillari bo‘lgan orfiklar o‘zlaricha urinib 
ko‘rdilar. Insonning yerdagi hayoti - xudolar oldidagi gunohlari uchun kishilarga yuborilgan 
yaxlit azob-uqubatlar zanjiridir. Shu bilan birga orfiklar shunga ishonar edilarki, ruhlar abadiy 
bo‘lib,  bir  qator  uzundan  uzoq  qayta  qiyofalar  tarzida  boshqa  odamlar  tanasiga  va  hatto 
hayvonlar badaniga kirib, o‘zini yerdagi barcha iflosliklardan tozalab, abadiy huzur-halovatga 
erishishi  mumkin.  Inson  tanasi  o‘lmas  ruhning  faqatgina  vaqtinchalik  «zindon»i  yoki  hatto 
«qabr»i  ekanligi  haqidagi  fikr,  Pifagordan  boshlab  xristian  diniy  e'tiqodining 
asoschilarigacha,  ko‘plab  falsafiy  idealizm  va  mistik  e'tiqodidagilarga  ta'sir  etgan  bo‘lib, 
birinchi marta orfiklar ta'limoti bag‘rida paydo bo‘lgan edi. 
 
2-bob. QADIMGI DAVR FALSAFASI 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish