Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Qadimgi Xitoy falsafasi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
2-§. Qadimgi Xitoy falsafasi 
 
Xitoy  falsafasi  o‘zining  gullab-yashnagan  vaqtiga  «urushuvchi  davlatlar»  deb  atalgan 
davrda  erishdiki,  uni  Xitoy  falsafasining  «oltin  davri»  (er.av.  VI-III  asrlar)  deb  atadilar. 
Asosiy  falsafiy  yo‘nalishlar  quyidlagilardan  iborat  edi:  in-yan,  konfutsiychilik,  daosizm, 
ismlar maktabi, moizm, legizm. 
Konfutsiychilik  axloqiy  qoidalar  va  ijtimoiy  boshqaruv  masalalariga  diqqat-e'tiborni 
qaratdi. Konfutsiychilik uchun eng mukammal namuna o‘tmish edi. Konfutsiy (er.ol. 551-449 
yy.) o‘zi haqida shunday degan edi: «Eskini bayon qilaman va yangini yaratmayman». U va 
uning  izdoshlari  jamiyatning  parchalanib  ketishidan  bezovta  bo‘lganliklari  sababli  asosiy 
e'tiborni  insonni  o‘z  atrofdagilarga  va  jamiyatga  nisbatan  hurmat  ruhida  tarbiyalashga 
qaratdilar.  Shaxs  o‘zi  uchun  emas,  balki  jamiyat  uchun  shaxsdir.  Konfutsiychilik  axloqi 
insonni  uning  ijtimoiy  vazifasi  bilan  bog‘liq  ravishda  tushunadi,  ta'lim  va  tarbiyani  esa, 
insonni ana shu vazifasini bajarishga olib keladigan narsa sifatida idrok qiladi. 
Konfutsiychilik  Sharq  xalqlari  ongida  shunday  axloqiy  me'yorlarni  shakllantirdiki, 
o‘zining  omma  ongiga  ta'sir  kuchi  jihatidan  uni  Injildagi  10  diniy  buyruq  bilangina 
solishtirish  mumkin.  Bu  avvalo  besh  muqimlik  yoki  besh  fazilat  -  insonparvarlik,  burchga 
sodiqlik,  tavfiqlilik,  aqlga  muvofiqlik,  haqiqatgo‘ylikdir.  Shuningdek,  konfutsiychilik  besh 
aloqa  qoidasini,  ya'ni  jamiyatdagi  munosabatlar  tizimini  ham  ishlab  chiqdi  -  bular  davlat 
bilan  fuqarolar  o‘rtasidagi,  ota-onalar  bilan  bolalar,  er  va  xotin,  kattalar  bilan  kichiklar  va 
do‘stlar o‘rtasidagi munosabatlardir. Xo‘jayinga sodiqlik va vafodorlik eng muhim va ustun 
sanalar edi. Konfutsiychilikning asosiy axloqiy-siyosiy qoidalari quyidagilardan iborat edi: 

«xalqni  shafqat  bilan  boshqarish  va  xalq  ichiga  xulq-atvor  qoidalari  yordamida 
tartibni joriy qilish»; 

«osmon irodasidan qo‘rqish» va «o‘lganlar ruhini hurmat bilan yodga olish»; 

«tug‘ma  bilimlarga  ega  bo‘lganlar»  (mukammal  donishmandlar)  va  «o‘qish-
o‘rganish  natijasida  bilimga  ega  bo‘lganlar»  mavjudligini  tan  olish,  ya'ni  o‘qish-o‘rganish 
tufayli bilimlarni kasb etish imkoniyati borligi va ta'lim-tarbiyaning buyuk rolini qayd etish



«Oltin  o‘rtamiyonalik  yo‘li»,  «ikki  qarama-qarshi  qirrani  qo‘lda  ushlab,  ammo 
xalq  uchun  o‘rtachasidan  foydalanish»
33
  qoidasini  qo‘llash,  ya'ni  qarama-qarshiliklarni 
yumshatish va murosasozlik nazariyasiga rioya etish. 
Konfutsiy  tomonidan  birinchi  marta  «oltin  qoida»  deb  nom  olgan  va  keyinchalik 
ko‘pchilik  mutafakkirlar  tomonidan  qolipga  solingan,  -  «o‘zingga  ravo  ko‘rmagan  narsani, 
boshqa  odamlarga  ham  ravo  ko‘rma»
34
  qoidasi  shakllantirildi.  Konfutsiychilikning  yana  bir 
muhim jihati «ismlarni tuzatish» talabi ediki, unga binoan agar jamiyatda «hukmdor hukmdor 
bo‘lmasa, xizmatkor xizmatkorlik qilmasa, o‘g‘il o‘g‘illigini qilmasa», ya'ni shunday vaziyat 
vujudga kelsaki, u «besh aloqa» talab etgan ta'limot tashqarisiga chiqsa, voqyeylikni tuzatish, 
jumladan, kuch ishlatib bo‘lsa ham tartibni joriy etish zaruriyatini tan olish lozim. Shundagina 
jamiyatdagi tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlarni qat'iy ravishda tiklash mumkin bo‘ladi. 
Eramizdan oldingi 200- yil bilan eramizning 220 yiligacha bo‘lgan davrda konfutsiychilik 
din  sifatida  ham  shakllandi.  O‘zining  mazmuniga  ko‘ra  konfutsiychilik  diniy  marosimi 
Qadimgi  Xitoyda  tashkil  topgan  oilaviy-urug‘chilik  urf-odatlarini  qonuniylashtirib,  qadimgi 
qonun  va  ko‘rsatmalarga  qat'iyan  rioya  etish  talabi  bilan  chiqdi.  Ulardan  eng  muhimi 
ajdodlarga  sig‘inish  edi.  Konfutsiychilikning  diniy  e'tiqodiga  ko‘ra,  ajdodlar  ruhini 
hurmatlash va o‘g‘illik ehtiromi («syao») insonning bosh majburiyatidir. 
An'anaviy  konfutsiychilikning  asosiy  tushunchalari  quyidagilar:  «Li»  -  urf-odat  va 
marosimlarga  rioya  etish,  udum;  «Si»  -  axloqiy  me'yorlarni  amalga  oshirish;  «In»-  ijobiy 
ibtido, «Yan» -salbiy ibtido, «Dao» -osmon, koinot yo‘li bo‘lib, muayyan tartib va qonunga 
binoan  mavjud,  uning  ifodasi  esa  insonning  xulq-atvori  bo‘lishi  lozim,  «Chjen»- 
insonparvarlik, «I» - burch, «Sin» -samimiylik va ba'zi boshqalar. 
Daosizmning diqqat markazida tabiat, koinot va inson turadi. Ammo bu ibtidolar mantiqiy 
-  aqliy  yo‘l  bilan  emas,  balki  mavjudlik  tabiatiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  kirib  borish  yordamida 
bilib  olinadi.  Dunyo  hyech  qanday  sabablarsiz  doimiy  harakat  va  o‘zgarishda  bo‘lib, 
rivojlanadi,  yashaydi  va  sirtqi  ta'sir  natijasida  emas,  balki  ichki  sabab  natijasida  vujudga 
kelgan. Borliq haqidagi ta'limotda yo‘l tushunchasi – dao - markaziy maqomdadir. Daosizm 
aqidasiga ko‘ra, tafakkurning maqsadi, insonni tabiat bilan «qo‘shilib ketishi» dadir, negaki, u 
uning tarkibiy qismidir. 
Ismlar  maktabi  voqyeylikni  til ifodasi masalalari orqali hal  qilishga yo‘naltirilgan  edi.  U 
ashyolar  munosabati  va  shu  munosabatlarning  o‘zini  tadqiq  etdi,  so‘ngra  esa  hukmlar  va 
ismlarning bir-biriga muvofiq kelishligini tekshirdi. 
Moistlar maktabi o‘z ismini uning asoschisi Mo-szi (er.ol. 479-431) nomidan olgan. Unda 
asosiy e'tibor ijtimoiy axloq muammolariga qaratilgan bo‘lib, uni amalga oshirish istibdodiy 
hokimiyat  boshlig‘ining  qat'iy  tashkilotchiligi  vositasida  namoyon  bo‘lishi  bilan  bog‘lanadi. 
Bu  maktabda  jismoniy  mehnat  uning  tinglovchilarining  tarbiyalashning  asosiy  vositasi 
hisoblangan.  Moistlarning  ta'limoti  –  Konfutsiy  ta'limotining  butunlay  qarama-karshisidir. 
Uning  butun  ma'nosi  umumiy  muhabbat  g‘oyalari,  o‘zaro  manfaat  va  muvaffaqiyat 
qozonmoqda  ifodalanadi.  Jamiyatdagi  barcha  odamlar  uchun  majburiyat  sifatida  umumiy 
o‘zaro  insonparvarlik  me'yori  tavsiya  etiladi,  barcha  kishilar  bir-birlariga  foyda  keltirish 
haqida g‘amxo‘rlik qilishlari lozim. Nazariy tadqiqotlar-foydasiz ortiqcha hashamat; mehnat 
faoliyatida ko‘zda tutilgan amaliy maqsadga muvofiqlik - zaruriyatdir. 
Va nihoyat, legizm – o‘z e'tiborini ijtimoiy-siyosiy masalalar, ijtimoiy nazariya va davlat 
boshqaruvi muammolariga qaratgan ta'limotdir. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish