uzoqlashadi. An'anaga ko‘ra, Budda dunyoning oxiri borligi yoki cheksizligi, hamda
«Nurlangan shaxs» uchun o‘limdan keyingi hayotning imkoni borligi yoki yo‘qligi haqidagi
masalalarni muhokama qilmagan. U bunday masalalar javobsiz bo‘lganligidan kishilarni
to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itadi, deb hisoblagan.
Shu bilan birga bir qatorda u o‘zining axloqiy falsafasi asoslarini yaratib, azob-uqubatning
keng va chuqur sabablarini tahlil qilish bilan birga, uni bartaraf qilish vositalarini ham
ko‘rsatib berdi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- ashyolarning mavjudligi shartligini tan olish, ya'ni sababiyatning umumiy qonun
ekanligini;
- u yoki bu shaxsning borligini uning oldingi hayotining oqibati sifatida, kelajakni esa
bugungi mavjudlikning oqibati, deb qarovchi karma ta'limoti, ya'ni sababiyatning umumiy
qonunining ifodasi yoki namoyon bo‘lishi;
- o‘zgaruvchanlik haqidagi ta'limot, ya'ni umumiy beqarorlik, ashyolar tabiatining
o‘tkinchiligi haqidagi nazariya-barcha mavjud narsalar muayyan sharoitlarga ko‘ra paydo
bo‘ladi, ularning yo‘qolishi
bilan barham topadi, barcha narsaning ibtidosi va intihosi bor.
- o‘zgarmas mohiyat bo‘lgan mustaqil javharning o‘z-o‘zicha yashashini rad etish, ya'ni
ruhning abadiyligini, insonning «Men»ini. Inson xuddi ikki g‘ildirakli arava o‘zining o‘qi va
shotisi uchun majmua bo‘lganidek, moddiy jism (kaya) va nomoddiy ong (vidjnyana) ning
turli tarkibiy qismlaridan tashkil topgan shartli majmuadir. Insonning mavjudligi ana shu
majmuaga bog‘liq bo‘lib, qachonki, u bo‘linib ketsa, insonning hayoti barham topadi. Ruh
yoki men ana shu
majmuadan boshqa narsa emas, degan ma'noni anglatadi.
Shunday qilib buddaviylik falsafasining markaziy ta'limoti barcha mavjud narsalarning
o‘zaro aloqada (pratitya) ekanligidadir, ya'ni barcha ashyolar u yoki bu holatlar ta'siri ostida
paydo bo‘ladilar. Doimiy o‘zgarishlarga duchor bo‘lishi shart bo‘lgan voqyeylik muayyan
zamon lahzalarida faqat tajriba orqaligina bilib olinadi va shuning uchun ham asosiy fikrni
fahmlashga berilib ketmaydi.
Buddaviylik bu faqat axloqiy-falsafiy ta'limotgina emas, balki din hamdir. U eng qadimgi
jahon miqyosidagi dindir. Ammo yakka xudolikka asoslangan boshqa dinlardan farqli o‘laroq,
unda yagona Xudoga, ruhning abadiyligiga ishonish yo‘qdir, shuningdek, unda Xudo bilan
odamlar o‘rtasida vositachilik qiluvchi cherkov ham yo‘qdir. Bular o‘rniga buddaviylik
yo‘lidan borishga yordamlashuvchi e'tiqod quyganlar jamoasi bordir. Buddaviylik shuning
uchun ham dindirki, unda najot topishga ishonch, ya'ni ko‘ngilga yorug‘lik kirituvchi –
nirvonaga erishish imkoniyati mavjuddir. Biroq buddaviylik oqimlarining ko‘pchiligida
e'tiqod, dastlabki shart hisoblanadi. Najot insonga o‘zining tirishqoqligi natijasida, avvalo
meditatsiya (karaxtlik) holatida keladi. Haqiqatan, muayyan bosqichlarda, aholini ko‘proq
jalb etish maqsadida, «keng yo‘l» deb atalgan osonroq yo‘l ham paydo bo‘ldi. Gautama
donishmandlik o‘qituvchisidan Xudoga aylantirildi. Jannat haqidagi tushuncha paydo bo‘ldi.
Buddaviylikning ko‘p xudolari jasadi qo‘yiladigan sog‘ana (panteon) o‘ziga Budda
Shakyamuni (Gautama) dan tashqari yana mingta Buddalarni qamrab oldiki, ulardan eng
mu'tabarlari Budda-Maytreya –kelajakdagi Budda bo‘lib, hozirgisini dunyo hukmdori sifatida
almashtiradi va Budda Amitaba – jannatning afsonaviy sohibi va boshqalar to‘g‘risidagi
tushuncha paydo bo‘ldi. Najot topish ularga sajda qilish va ular ismini yodga olish bilan
bog‘liq ekanligi ta'kidlandi.
Eramizning boshidan boshlab buddaviylikning ikki asosiy yo‘nalishi – Xinayana (ikki
g‘ildirakli kichik arava) va Mohayana (katta yoki keng ikki g‘ildirakli arava) shakllandi. Ikki
g‘ildirakli arava yoki deganda shunday vosita tushuniladiki, ushbu an'anaga e'tiqod
ko‘yganlarni maksadga, ya'ni nurlangan holatga olib boradi. Umuman bu ikkala yo‘nalish
ham buddaviylik uchun umumiy bo‘lgan asosan intilishi lozim bo‘lgan orzu va maqsadni
tushunishdadir. Xinayanada umuminsoniy emas, balki o‘zining muammolarini bartaraf etish
yotadi, ya'ni o‘z shaxsining ko‘ngli nurlanishiga erishib, ozod inson maqomi bo‘lgan – Arxat
darajasini qo‘lga kiritish nazarda tutiladi. Mohayanada asosiy maqsad Botxisattva orzusiga
erishishdir. Botxisattva – «nurlangan borliq» ma'nosini anglatadi. Bu shunday zotdirki, oliy
ruhiy uyg‘onishga ega bo‘lsa ham, o‘zining ketidan boshqalarni ergashtirish va barcha aqliy
mavjudotlarni umumiy tarzda najot topishlari uchun ularga yordamlashish maqsadida abadiy
tinchlik, ya'ni nirvonaga ketishga qaror qilmagandir. Mohayana an'analari Xitoy, Quriya va
Yaponiyada yoyildi.
Eramizning boshiga kelib Hindistonning ma'naviy hayotida hinduviylik hal qiluvchi
mavqyega ega bo‘ldi. U o‘ziga xos ravishda hodisalarni butun holda olib ularning tarkibiy
qismlariga yagona va bir-biriga bog‘li, deb qarab tekshirgan din bo‘ldiki, unda faqat Vedalar
davri Hindistonining ilohlari va braxman kohinlarining rasm-rusumlarigina emas, balki
mahalliy ilohlarning bir qator marosimlari ham o‘zlashtirib olingan edi. Barcha ilohlar
zumrasidan birinchi radifga Vishnu va Shiva olib chiqildi. Hinduviylikning eng mashhur asari
axloqiy masalalarga bag‘ishlangan va shaklga shaxs sifatida kirgan xudoga sadoqatni e'lon
qilgan «Bxadavadgita» («Ilohiy ashula») dir. Hinduviylikning falsafiy asosi o‘z ifodasini
quyidagi olti tizimda topgan: Sankxya, Yoga, Vaysheshika, Nyaya, Mimansa, Vedanta.
Sankxya ta'lim beradiki, dunyoning birinchi moddiy sababi bo‘lgan –prakriti mavjuddir.
His-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan prakritining dunyoviy mavjudotlarga aylanganligi
quyidagi uch sifatiy unsurlar ta'siri ostida ro‘y beradi: rajas (intilish), tamas (qorong‘ulik) va
sattva (oydinlik). Har bir ashyoda, uning xususiyatiga ko‘ra, ushbu uch unsurlardan biri
ustunlik qiladi. Go‘zallik, donishmandlik va haqiqatga moyilligi bor ashyolarda
sattva
ustunlik qilsa,
tamas barcha bo‘sh, chegaralangan, noaniq narsalarda hal qiluvchi unsurdir.
Rajas esa, barcha faol, g‘ayratli, tajovuzkor narsalarda ustunlikka ega. Prakriti bilan bir
qatorda Sankxyada dunyoning moddiy asosidan mustaqil bo‘lgan purushi (mutlaq ruh) ning
mavjudligi tan olinadi. Uni barcha ashyolarda ishtirok etishi va u tufayli mavjud bo‘lgan tirik
jonzotlarda mavjudligiga qaramasdan, kuzatish va topish mumkin emas. Prakriti bilan
purushining qo‘shilishi chog‘ida 25 tayanch negiz kelib chiqadiki, ular orasida moddiy (suv,
tuproq va shunga o‘xshash) narsalar bilan bir qatorda ma'naviy (o‘z mohiyatini anglash, aql)
narsalar ham mavjud bo‘ladi.
Yoga ruhiy tushunchalarni tadqiq qilish va amaliy ruhiy ta'limga urg‘u beradi; ko‘pincha
ilgari mavjud bo‘lgan turli tizimlarning meditatsiya (karaxtlik) holati haqidagi qoidalardan
kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: