Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   290
Bog'liq
falsafa

Vaysheshika  doimiy  o‘zgarishlar,  abadiy  va  davriy  paydo  bo‘lish  va  zavol  topish 
jarayonlari mavjudligiga asoslanadi. Biroq, bu jarayonda turg‘un unsur bo‘lgan atom ham bor. 
Atomlar  abadiy  bo‘lib,  zavol  topmaydilar,  ular  hyech  kim  tomonidan  yaratilgan  emaslar. 
Atomlarning vaqtinchalik qo‘shilishlaridan bizning his-tuyg‘ularimizga yetib kelishi mumkin 
bo‘lgan  jonli  va  jonsiz  ashyolar  paydo  bo‘ladilar.  Bunday  holatda  boshqachaga  aylanish 
atomlarning doimiy ravishda bo‘linishi va qo‘shilishi natijasida kelib chiqadi. Ruh nomoddiy, 
abadiy va beintiho bo‘lib ikki shaklda mavjud bo‘ladi: mutlaq, mukammal va hamma joyda 
hozir va alohida. U hayotning cheksiz charxipalagida sarson-sargardonlikda yuradi. 
Nyaya  maktabi  Vaysheshika  bilan  chambarchas  bog‘langan  bo‘lib,  unda  asosiy  e'tibor 
mantiq  va  bilish  nazariyasi  masalalariga  qaratiladi,  jumladan,  his-tuyg‘u  ishonchli,  haqiqiy 
bilim vositasi bo‘lib, xulosaga olib keladi. Xulosa esa qiyos vositasida chiqariladi. 
Mimansa  Vedalarga  qaytishni  e'lon  qiladi.  Bu  ta'limotga  binoan  sansara  yo‘lidan 
qutilishning  yagona  chorasi  Vedalar  nimadan  ta'lim  bergan  bo‘lsa,  o‘shalarni  izchil 
bajarishdir. Mimansa Vedalar matnini oliy nufuzli narsa sifatida qabul qilibgina qolmay, balki 
ularda  abadiy  mavjud  bo‘lib,  mutlaqlikka  daxldor  bo‘lgan,  sezib  bo‘lmaydigan  umumiy 
javharni ko‘radi. 
Vedantaning falsafiy mazmuni uning o‘z nomida ifodalangan («Vedanta» aynan «Vedalar 
xotimasi» degan ma'noni anglatadi).  Vedanta dunyo barcha narsalar undan kelib chiqadigan 
yagona  voqyeylik  bilan  moddiy  kuchlarning  o‘zaro  ta'sirining  mahsulidir,  deb  biluvchi 


qoidani  rad  etadi.  U  braxmani  tan  olib,  uni  dunyoning  mutlaq  ruhiy  mohiyati  sifatida 
tushunadi. 
 Qadimgi  Hindistonning moddiyuncha  falsafiy  maktablari orasida  eng  mashhuri  lokayata 
(«bu  dunyoga  yo‘nalish»)  ta'limotidir.  Lokayatlar  yoki  chorvoqlar  maktabining  asoschisi 
qadimgi  dunyo  donishmand  Brixaspatidir.  Lokayatlar  ta'limotiga  ko‘ra,  inson  to‘rt  moddiy 
unsur  –  tuproq,  suv,  olov  va  havodan  tashkil  topgandir.  Ular  bir-biri  bilan  qo‘shilib  badan, 
his-tuyg‘u  a'zolarini  shakllantiradi  va  ular  asosida  ruhiy  ibtido  kelib  chiqadi.  Insonda  uning 
o‘limidan  keyin  qoladigan  hyech  narsa  yo‘qligi  tufayli  lokayata  ta'limotidagilar  voqyey 
hayotdan foydalanib qolish zaruriyati haqida gapiradilar. Ular hayot nima keltirsa, hammasini 
qabul  kilishga  chaqiradilar.  Ular  fikricha,  shu  narsani  tushunib  yetmoq  kerakki,  hayotning 
yoqimli tomonlari, yomon va azob-uqubatli jihatlariga muvozanatda bo‘lishi mumkin. Ammo 
bundan  lokayatlarni  bir  tomonlama  huzur-halovat  va  lazzatga  intilgan  ekanlarda,  deb 
hisoblamaslik  kerak.  Lokayata  muxlislari  mantiqiy  usullar  yordamida  an'anaviy  ta'limotlarni 
shubha  ostiga  oldilar.  Masalan,  shunday  savol  qo‘yildi:  nega  o‘lgan  odamlarning  ruhi,  tirik 
odamlarni  yomon  hatti-harakatlarining  oqibatidan  ogohlantirmaydi?  Lokayata  e'tiqodidagilar 
tabaqalarga  bo‘linganlik  (kasta)  tizimini,  kohinlarning  urf-odatlarini  va  muqaddas 
kitoblarning  nufuzini  tanqid  qildilar.  Shu  narsa  ham  ma'lumki,  lokayata  maktabiga  mansub 
shaxslarning tabiatshunoslik fanlarini rivojlantirishda xizmatlari bor. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish