munosabatlarining inqirozi bosqichida edi. VI - asrda arab qabilalari o‘rtasida
markazlashishga bo‘lgan tamoyil kuchayib boradiki, u o‘z ifodasini xaniflarning (voizlarning)
qabila sanamlariga (shirk) qarshi qaratilgan yakkaxudolikni (tavhid) targ‘ib qilishlarida
topadi. Oxirgi xaniflardan biri Quraysh qabilasidan kelib chiqqan Muhammad (570-632) edi.
Muhammad va uning sahobalarining faoliyati natijasida
xanafiylik yangi diniy oqim islom
sifatida shakllandi.
Islom Arabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o‘tish va Arab davlatining tashkil topishi
davrida paydo bo‘ldi. Ilk islomning bosh yodgorligi bo‘lgan Qur'onda mutlaq yakkaxudolik
asosiy aqida bo‘lib, arab qabilalarining yagona davlat hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi.
Qur'on (arabcha qara'a – o‘qimoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi bo‘lib, ular
uni eramizning VII asrida Muhammad payg‘ambar tomonidan yetqazilgan ilohiy vahiy, deb
tan oladilar. Bizgacha yetib kelgan ko‘rinishda Qur'on 114 suraga (boblar) bo‘lingan bo‘lib,
suralarning uzunidan qisqa tomonga borishi tartibida tuzilgan. Har bir sura sarlavhaga ega:
masalan, «Baqara» («Sigir»), «Yunus», «Hadid» («Temir»), «Shams» («Quyosh»). Qur'on
Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin to‘plashga boshlandi. Rivoyat qilishlaricha, uning
birinchi rasmiy matni xalifa Usmon (644-656) davrida tahrirdan chiqqan. O‘rta asrlarda
muomalada bo‘lgan Qur'onning boshqa nusxalari bizgacha yetib kelmagan. Qur'onning
rasmiy Usmon matni VII asrning boshlarigacha o‘zgarishlarga (qisqartirishlar va
qo‘shimchalarga) duchor bo‘ldi. Unli belgilar unga VII asrning oxirlarida kiritildi.
Qur'on mazmuni xilma-xil bo‘lib, undagi materiallarni quyidagi guruhlarga bo‘lish
mumkin:
1)
afsunarlik (shemanlik) o‘qishlari; 2)
narigi dunyo, ya'ni oxirat; 3) qadimgi arablar
og‘zaki ijodi; 4) yahudiylik va xristianlikning mazhabiy aqidalari va afsonalar; 5) huquqiy
me'yorlar. Bu materiallarning barchasi Qur'onda tizimga solinmagan holda joylashtirilgan.
Qur'on xususiy mulkni saqlash va qo‘riqlashga alohida diqqat-e'tibor qaratadi. Shuning uchun
Qur'onda mulkni merosga olish, vasiylik va boshqalar haqida aniq ko‘rsatmalar bor. Mulkiy
va ijtimoiy tengsizlikni (jumladan, qullikni) Qur'on Alloh tomonidan o‘rnatilgan tartib
hisoblaydi.
Qur'on va Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar hadislari amriga ko‘ra, insonlar o‘rtasida
haqiqiy va adolatli munosabatlar o‘rnatishning asosiy va zaruriy sharti tinchlikdir. Bundan
tashqari, haqiqiy musulmon – bu hamma vaqt adolat uchun murosasiz ravishda dadil
kurashadigan kurashchidir. Ammo buning uchun, uning dini bu oliy tushunchaga qanday
ma'no sig‘dirganligini bilish uchun, uning o‘zi yetarli darajada yaxshi bilimlar bilan
qurollangan bo‘lmog‘i lozim. Masalan, u shuni bilmog‘i lozimki, ijtimoiy adolat ostida islom
odamlar orasida qandaydir majhul va mutlaq tenglikni emas, balki hayotning barcha muhim
sohalarida, ya'ni ijtimoiy foydali mehnat, ta'lim-tarbiya olish, ijtimoiy himoyalanish, tibbiy
yordamdan foydalanish va boshqa ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha barcha uchun teng
imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutadi. Odilona yo‘l tutgan xalifalar davri umumiy tarzda ana
shunday alomatlar bilan belgilangan edi. Ma'lumki, xalifa Umar ibn al-Xattob Islom amr
qilgan kishilar jamoasi hayot tarzidagi axloqiy munosabatlarning asosiy me'yorlarini hayotga
tatbiq qilishda ayniqsa mashhur bo‘lgan edi. U hyech ikkilanmasdan qudratmand va boy
kishilar adolatsizlik qilganda ojizlar tomonini olar edi. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning
ko‘plab boshqa sahobalari ham bunday mustahkam qoidalarga tayanar va unga rioya etar
edilar.
Qur'onga qo‘shimcha sifatida Muhammad (s.a.v) payg‘ambarga nisbat beriladigan, u
kishining hatti-harakatlari va hukmlarini hikoya qiluvchi juda ko‘p xadislardan iborat
sunna
(musulmoncha muqaddas rivoyatlar) vujudga keltirildi. Sunnada xalifatdagi qarama-qarshi
ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy kurash, hamda islomga boshqa dinlar va qadimgi ellinistik
falsafiy tizimlar ta'siri o‘z aksini topgan.
Ma'lumki, Qur'on islom qonunchiligining asosidir. Hadislar esa, uning murakkab joylarini
qisqacha tushuntirib, yangi qirralarini ochib, umumiy joylarini muayyanlashtirib, uni
to‘ldiradi. Hadislar – Muhammad (s.a.v.) nasihatlari ham bo‘lib, musulmonlarni hayotning
barcha sohalariga yo‘naltiradi. U kishi shunday degan: «Men sizlarga ikki narsani qoldirdim,
agar sizlar uni mahkam ushlasangizlar, hyech qachon adashmaysizlar, bu –Qur'on va mening
sunnatimdir»
43
.
Muhammad (s.a.v) payg‘ambarning birinchi sahobalaridan boshlab, haqiqiy musulmonlar
hamma vaqt u kishining rivoyatlari va aytganlari haqida ishonchli bilimga ega bo‘lishga va
uni o‘rganishga alohida e'tibor berdilar. Ularni esda saqlab, ehtiyotkorlik bilan boshqa
odamlarga yetkazishga harakat qildilar. Muhammad (s.a.v.) hayotlari vaqtida
islom
Do'stlaringiz bilan baham: