(atomlar)ni bilishga his-tuyg‘u bilan erishib bo‘lmaydi va uni faqat tafakkur yordamida idrok
etish mumkin.
Empedokl kabi Demokrit ham hissiy qabul qilishni o‘tib ketuvchi oqim bilan tushuntirdi
(qabul qilinayotgan badandan ajralib chiqayotgan atomlar oqimi).
Demokrit ta'limotida ijtimoiy va axloqiy muammolar katta o‘rin tutadi. Davlat tuzumining
eng yaxshi shakli sifatida
u demokratiyani hisobladi, eng xayrli ish deb donishmandlikni bildi.
Demokrit ko‘p qirrali olim bo‘lib, uning asarlari o‘sha zamondagi barcha bilim sohalarini
qamrab olgan edi. Demokrit falsafasi yevropa falsafasi va tabiatshunoslik fanlari rivojiga
katta ta'sir ko‘rsatdi.
Eramizdan oldingi V asr boshidagi barcha falsafiy maktablarni koinot va borliq haqida
yagona ta'limot yaratib, dunyoning yagonaligi va xilma-xilligini tushuntirib berish istagi
birlashtirgan edi. Biroq eramizdan oldingi V- asrning o‘rtalaridan boshlab Yunonistonning
ma'naviy hayotida keskin burilish yuz berdi, ya'ni bundan keyin falsafa asosiga dunyo emas,
balki inson qo‘yildi. Bunday ma'naviy to‘ntarishda sofistlarning (yunoncha sofos-oqil) o‘rni
kam emas edi. Sofistlar harakatining paydo bo‘lishi jamiyat tarkibining murakkablashishi
bilan bog‘liq bo‘lib, kasbi siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish bo‘lgan toifaning ko‘payishi,
muvaffaqiyatli siyosiy faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilimlar hajmining
oshishi bilan ifodalanar edi.
Safarda kezib yurib, pul ishlash maqsadida donishmandlik va notiqlik ilmidan dars
beruvchi o‘qituvchi-sofist-kasbiy bilimlar olish jarayoni zaruriyatining tabiiy natijasi edi.
Sofistlar ta'limoti tug‘ilishining boshqa bir sababi - bilimlarning o‘zini mantiqiy rivoji edi.
O‘zining asosiga ko‘ra, aqliy mushohadaga tayangan tabiatni o‘rganuvchi faylasuflarining
hamma narsani qamrab oluvchi koinot to‘g‘risidagi ta'limotlari juda bo‘sh va omonat asosga
kurilgan edi. Vaqt o‘tishi bilan koinotning bosh tasvirini ko‘plab alohida olingan tajribaviy
kuzatishlar va xususiy fanlarning xulosalari bilan muvofiqlashtirish qiyinlashib bordi. Tabiat
falsafasi bilan muayyan voqyeylikdagi bilimlar o‘rtasidagi uzilish kuchliroq darajada
anglashilgani sari naturfalsafaga nisbatan ijtimoiy umidsizlik oshib bordi. Ana shunday
umidva ishonchsizlikning ifodachilari sofistlar edilar. Ushbu ishonchsizlik o‘zining nazariy
asosini sofistlar tomonidan qo‘yilgan haqiqat mezoni muammosida topdi: inson bilimlariga
ishonish mumkinmi? Ularning to‘g‘ri yoki yolg‘on ekanligini qanday qilib tekshirish
mumkin? Umumiy tarzda sofistlarning ta'limoti relyativizm (nisbiylik)edi. Sofistlar faoliyati
xususiyatining o‘zi bunga imkon bergan edi, chunki ular har qanday nuqtai nazarni himoya
qilishga o‘rgatar edilar. Bunday ta'limotning asosida mutlaq haqiqat va ob'ektiv
qadriyatlarning yo‘qligi haqidagi ta'limoti yotar edi.
Sofistlar ta'limotining eng mashhur vakillari Abder shahridan bo‘lgan Protagor va
Leontinlik Gorgiy edilar. Protagor barcha hodisalar va idrokning nisbiyligi va ularning
muqarrar ravishda sub'ektivligi (bir taraflama ekanligi) haqidagi qoidani oldingi surdi («inson
barcha ashyolarning mezonidir»). Protagor qadimgi davrlardayoq sofizm deb nom olgan
og‘zaki bahs musobaqalariga asos soldiki, unda sofistlar mantiqiy mushkul holatlarni qo‘llar
va umum tomonidan qabul qilingan fikrlardan keskin farq qiladigan nuqtai nazarlarni bayon
qilar edilar. Sofistlar Yunonistonda bilimlarning keng tarqalishiga imkon yaratdilar. Bundan
tashqari, dalillarga asoslangan fan sofistik ishonchsizlik asosiga qurilgan kuchli raqib bilan
duch kelib, uning natijasida mustahkamlandi. Ba'zi sofistlar an'anaviy diniy aqidalarga
qarama-qarshi bo‘lgan fikrlarni bayon qildilar. Masalan, Protagor xudolar bor yoki yo‘qligini
bilmasligini ta'kidlagan edi. Din xalqni itoatda tutib turish uchun ayyor siyosatchi tomonidan
o‘ylab chiqarilgan degan nuqtai nazarni Kritiyga taalluqli deydilar.
Afinada sofistlarning murosasiz dushmani sifatida Suqrot (er.ol. 470-399yy.) maydonga
chiqdi. U sofistlarga qarshi o‘laroq, baribir haqiqat mavjud va u bahsda topilishi mumkin,
degan fikrda edi. Suqrotning kuchi bahs yuritish sohasida u ishlab chiqqan usulda ediki, unda
bir qator savollar berish yo‘li bilan opponentni o‘z nuqtai nazarini noto‘g‘ri ekanligini tan
olishgacha olib borib, so‘ngra shu usulning o‘zi bilan o‘z qarashlarining adolatliligini isbot
qilar edi. Suqrot ta'limotining asosida donishmandlar tomonidan bilib olinadigan, ob'ektiv
ravishda mavjud bo‘lgan ruh to‘g‘risidagi g‘oya yotar edi. U hayotning har qanday sohasida
muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun kasbiy bilimlar zarurligini ta'kidlagan edi. Ana shundan
siyosiy xulosalar ham qilinar edi, ya'ni davlatga rahbarlik qilish –bu ham kasb va shuning
uchun shu narsa zarurki, u bilan shunday kasbga ega bo‘lganlar shug‘ullansin. Bunday nuqtai
nazar Afina demokratiyasining asosiy qoidalariga butunlay qarama-qarshi edi, negaki, polisni
(davlat-shahar) boshqarish-har bir fuqaroning ishi edi. Shu bilan birga Suqrotning ta'limoti
oligarxlar (bir to‘da puldorlarning siyosiy va iqtisodiy hukmronligi) uchun nazariy asos
yaratdiki, pirovardida demos (xalq hokimiyati) bilan ixtilofga olib keldi. Bu narsa Suqrotni
mahkum etilishi va o‘limi bilan xotima topdi.
Aflotun (er.ol. 427-347yy.) Afinadagi aslzodalar urug‘iga mansub edi. «Davlat» va
«Qonunlar» degan risolalarida Aflotun orzudagidek polis (shahar-davlat)namunasini
yaratdiki, unda tabaqalarga bo‘linganlik tizimi o‘zining quyi tabaqalar faoliyati ustidan
jamiyat yuqori tabaqalarining qat'iy nazorati o‘rnatilishi orqali sinchkovlik bilan ishlab
chiqilgan edi. Polis tepasida bilimga ega bo‘lgan kishilar, faylasuflar turishi lozim edi.
Aflotunning fikricha, demokratiyaning beboshligi tufayli polis halokat yoqasida turibdi,
negaki, u tabiiy kelib chiqishi jihatidan boshqarishga qobiliyati yo‘q odamlarni boshliq qilib,
o‘rnatilgan tartibni buzdi. Bundan chiqish yo‘lini u polis xilidagi davlatlarga xos bo‘lgan
dastlabki asoslarni qayta tiklashda ko‘rdi. Ular quyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga
bo‘ysunish tartibidagi tizimni tashkil etadilarki, unda uchta davlat tabaqasining faoliyat
doirasi aniq ajratilgan: hukmdor faylasuflar, harbiylar va yerga ishlov beruvchilar. Har kim
o‘z ishi bilan shug‘ullanadi, davlat esa barcha ish tartibini belgilaydi va hammani nazorat
qiladi. Aflotun fikricha, oilani jamiyatning boshlang‘ich tashkiloti sifatida yo‘qotish, bolalarni
esa umumiy qilish lozim. Davlatning farovonligi uning fuqarolarining qanchalik tarbiya
topganliklariga bog‘liqdir. Aflotun bunga shunchalik katta ahamiyat berdiki, muayyan yoshga
yetgandan keyin bolalarni
ota-onalari ixtiyoridan olib, davlat tarbiyasiga berishni tavsiya etdi.
Aflotunning falsafiy-axloqiy qarashlari uning savol-javoblar tarzida yozilgan ko‘p sonli
asarlarida berilganki, ulardagi bosh ishtirok etuvchi shaxs uning ustozi Suqrotdir. Aflotun
aqidasicha, bizni o‘rab turgan voqyey dunyo-haqiqiy g‘oyalar dunyosining faqat taxminiy
in'ikosidir. G‘oyalar va tushunchalar tabiiy ravishda bizning ongimizga xos bo‘lib, ulardan
ajralmasdir. Siymolar (g‘oyalar), Aflotun fikricha, zamon va makondan tashqarida bo‘lib,
ularni idrok etib bo‘lmaydi, ammo ularni aql mushohada qila oladi. Aql ikki dunyoni, ya'ni u
dunyo va voqyey dunyoni bir-biri bilan bog‘laydi.
Aflotun o‘z asarlarida aks ettirmagan bilim sohalarini topish juda qiyin. U axloq, siyosat,
bilim muammolari, san'at, din va boshqa sohalar bilan shug‘ullandi. Bu faylasufning
Akademiya deb atalgan maktabida o‘qigan shogirdlari Yunonistonda juda ko‘p edi. Ular
orasida mashhur faylasuflar Spevsipp, Ksenokrat, Knidlik yevdoks, Pontiylik Geraklitlar bor
edi. Akademiya matematika va astronomiya rivojida ayniqsa katta xizmat ko‘rsatdi. Aflotun
keyingi davrlarga katta ta'sir o‘tkazdi. Uning his-tuyg‘u dunyosini g‘oyalar dunyosiga
qarama-qarshi qo‘ygan qoidasi turli namunaviy nusxalarda qadimgi dunyo, o‘rta asrlar va
Yangi zamonning ko‘plab ta'limotlarida ishtirok etdi. Aflotunning kuchli ta'sirini faqat
yevropadagi falsafagagina emas, balki o‘rta asrlardagi arab tilidagi falsafa ham sinab ko‘rdi.
Arastu (er.ol. 384-322yy.) tarixga ensiklopedik olim sifatida kirdi. Uning merosi
eramizdan oldingi IV asrgacha yunon fani to‘plagan haqiqiy bilimlar majmuasi edi. Ba'zi
ma'lumotlarga qaraganda, uning tomonidan yozilgan asarlarning soni mingtaga yaqinlashadi.
O‘z ustozi Aflotundan farqli o‘laroq, Arastu fikricha, moddiy olam birlamchi bo‘lib, g‘oyalar
dunyosi ikkilamchidir. Bir hodisaning ikki tomoni sifatida shakl va mazmunni bir-biridan
ajratib bo‘lmaydi. Tabiat haqidagi ta'limot uning risolalarida avvalo harakat haqidagi ta'limot
sifatida namoyon bo‘ladiki, bu Arastu tizimining eng qiziq va kuchli tomonidir. U