xalqning zo‘ravonlik va talon-tarrojdan azob chekayotganligini ham dardlik bilan qayd etib,
qonun va tartibga rioya etishga chaqiradi. Aynan qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar
g‘oyasi uchun Zaratushtraga jamiyat tepasida turganlar qarshi chiqdilar. U qonundan tashqari
deb e'lon qilindi,
jamiyatdan haydaldi, uning
mol-mulki musodara qilindi
32
.
Zaratushtradan keyin, Avestoning keyin yozilgan qismlarida ilk demokratik g‘oyalar
yo‘qolib, uning o‘rniga ko‘proq murosasozlikka asoslangan fikrlar paydo bo‘ladi, boylik va
hokimiyat sharaflanadiki, zardushtiylikni shakllanayotgan hukmron sinf bo‘lgan quldorlar
manfaati uchun tadrijiy ravishda o‘zgara borganligidan guvohlik beradi. Zardushtiylikda
o‘sha davrdagi jamiyatning huquqiy va axloqiy tizimi o‘z aksini topgan. Zardushtiylikning
qonunlar majmuasida halollik, mehnatsevarlik, adolatlilik, fikr, so‘z va amalda xolislik yuqori
axloqiy me'yor asosi sifatida oldinga suriladi. Zardushtiylikning asosiy e'tiqodi
uchlik
qoidasida o‘z aksini topgan:
xayrli fikr (gumata), xayrli so‘z (gukta) va
xayrli ish (gvarishta).
Bir qator olimlarning fikricha, bu uchlik qoidani qadimgi davrning mashhur faylasufi
Demokrit zardushtiylikdan iqtibos qilgan. Zardushtiylik axloqining talabi insonning ruhiy va
tanasining pokligidir. Zardushtiylik tinch va osoyishta, ittifoqlikda yashashni maslahat beradi,
yaqinlarga nisbatan xayrixoh bo‘lishni, bir-biriga yordam berishni, yomonlik bilan
kurashishni, shafqatsizlik, shuhratparastlik, zo‘ravonlik, o‘zboshimchalik, hasad, tuhmatni
mahkum etadi, g‘azab va shahvotga berilmaslikni targ‘ib etadi, berilgan va'daga vafo
qilmaslikni, o‘g‘rilikni ta'qiqlaydi, tuzilgan shartnomaga rioya etishni, savdoda rostgo‘y
bo‘lishni, qarzni o‘z vaqtida to‘lashni ta'kidlaydi. Muhim
axloqiy me'yorlarga quyidagilar
kirar edi: homiladorlik va ko‘z yorish davrida ayol to‘g‘risida g‘amxo‘rrlik qilish, begona
ayol bilan bo‘lishdan o‘zni tiyish, yerni ishlash, daraxtlar o‘tkazish, suv va oziq-ovqat
manbalarini toza saqlash, chorva boqish, bolalarni o‘z vaqtida uylash va turmushga berish,
muhtojlarga o‘zidagi ortiqcha narsalar bilan yordam ko‘rsatish, foydali hayvonlar haqida
g‘amxo‘rlik qilish.
Zaratushtra ta'limoti Markaziy Osiyo va Erondan boshlab Qora dengiz va Misrgacha
yoyilgan edi. Ushbu ta'limotga ko‘ra, oliy xudo- Xoliq va unga qarshi turgan va unga
bo‘ysunmaydigan yovuz kuchlar mavjuddirlar. Xaliq dunyoni muayyan maqsadda yaratgan,
ammo hozirgi holatda bu dunyoning intihosi bo‘lib, bu haqda dunyoning najotkori kelib,
undan xabar beradi. Jannat va do‘zax mavjud bo‘lib, har bir ruh kishi vafotidan so‘ng sudga
tortiladi. Zamonlar oxirida o‘lganlar tirilib, Qiyomat qoyim bo‘ladiki, o‘shanda barcha
gunohkorlar yakson qilinadilar. So‘ngra yer yuzida Xudoning saltanati barqaror bo‘ladi va
taqvodor kishilar bu saltanatga kiradilar (ushbu saltanat forscha so‘z bo‘lgan «paradayza» -
jannat deb ataladi) va xudo huzurida ruhiy va jismoniy jihatdan abadiy qolib, doimiy baxt-
saodat va huzur-halovatda bo‘ladilar.
Bu tasavvurlar turli yahudiy mazhablari tomonidan o‘zlashtirildilar. Juda ko‘plab
nuqtalarda yahudiylik va zardushtiylik bir-birlariga o‘xshaydilar. O‘xshashlik bo‘ysundirilgan
xalqning (yahudiylarning) o‘z buyuk homiylariga (forslarga) bo‘lgan hurmati tufayli yanada
kuchayib, zardushtiylik yahudiylikka ta'sir o‘tkazishga imkon berdi.
Bu haqda parfyanlar davrida yaratilgan manbalar guvohlik beradiki, unda xristianlik,
gnostik mazhablar va Shimoliy buddaviylik ham o‘zlarida Zaratushtra o‘z ta'limoti bilan
Axmoniylar imperiyasining barcha viloyatlarida qoldirgan chuqur ta'sirini olib yurar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: