Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   290
Bog'liq
falsafa

II bo‘lim.  FALSAFA TARIXI 
 
1-bob. FALSAFANING KeLIB ChIQIShI 
 
1-§. Falsafiy tafakkurning genezisi 
 
Falsafiy  adabiyotda  falsafa  tarixi  turli  tuman  ilmiy  va  mafkuraviy  talqinlan  va  xilma-xil 
davrlashtirish  holatlarida  berilgan.  Eng  ko‘p  darajada  tarqalgani  yevropamarkazlashtirish 
yondoshishi  bo‘lib,  dunyo  tarixiy-falsafiy  jarayonining  xilma  xilligini  asossiz  ravishda 
toraytiradi.  Shu  bilan  bir  qatorda  falsafa  tarixi  rivoji  bosqichlarini  u  yoki  bu  ijtimoiy 
taraqqiyot  bosqichlariga  keskin  ravishda  bog‘lashga  urinish  ham  o‘zini  oqlamaydi,  negaki, 
turli mintaqalar bosib o‘tgan bosqichlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilishi 
mumkin. Masalan, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda asosiy iqtisodiy ishlab chiqarish 
vositasi bo‘lgan quldorlik, bu jamiyatlar taraqqiyotida quldorlik formatsiyasini shakllantirgan 
bo‘lsa,  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  mamlakatlari  uchun  bunday  bo‘lmagan.  Ko‘p  davlatlarda 
quldorlik,  u  yoki  bu  darajada  XIX  asrning  ikkinchi  yarmigacha  va  hatto  shu  asrning 
oxirigacha  saqlangan  bo‘lsa  ham,  ammo  u  hyech  qachon  ularning  iqtisodiy  asosi  bo‘lib 
xizmat qilmagan. 
Shu  bilan  bog‘liq  ravishda  turli  mintaqalardagi  falsafa  rivojining  bosqichlari  o‘z 
tafovutlariga  ega  bo‘lgan.  Barcha  mintaqalar  uchun  umumiy  bosqich  predfilosofiya  (falsafa 
oldi)  sifatida  afsonaviy  tafakkurning  tanazzuli  davri  doirasida  maydonga  chiqqan  falsafiy 
savollar  va  javoblarning  tug‘ilishi  davri  bo‘ldi.  Birlamchi  shakllangan  falsafiy  tizimlar 
qadimgi  falsafa  bosqichini  tashkil etadilar.  Falsafa taraqqiyotining keyingi  bosqichi G‘arbda 
ham, Sharqda ham shakllangan va rivojlangan feodal munosabatlar bilan bog‘liq. yevropada 
bu  davr  «o‘rta  asr  falsafasi»  yoki  «feodalizm  davri  falsafasi»  degan  nom  oldi.  yevropa 
falsafasini  davrlashtirish  uchun  asosli  bo‘lgan  «o‘rta  asr  falsafasi»  atamasi,  Sharq  falsafasi 
xususiyati  uchun  bahslidir,  negaki,  Sharqning  ko‘pchilik  mamlakatlari  XX  asrning  birinchi 
yarmigacha  ba'zilari  esa  keyinchalik  ham  feodal  munosabatlari  bosqichida  edilar.  Shuning 
uchun bu yerda «feodalizm davri falsafasi» atamasiini qo‘llash o‘rinlidir. 
G‘arbiy  yevropa  falsafasi  rivojining  keyingi  bosqichlari  Uyg‘onish  davri,  Yangi  va  Eng 
yangi  zamon  degan  nomlar  bilan  atala  boshlandi.    Ba'zida  bu  bosqichlarning  davrlarga 
bulinishi  quyidagi  tarzda  beriladi:  uyg‘onish  davri  falsafasi,  yangi  zamon  falsafasi
Ma'rifatparvarldik falsafasimumtoz (nemis) falsafasi, hozirgi zamon falsafasi
Sharq  falsafasiga  nisbatan  ham  Yangi  va  Eng  yangi  zamon  tushunchasini  qo‘llash 
mumkin.  Biroq  u  yoki  bu  bosqichlarning  xususiyatlariga  asoslangan  davrlashtirish  ko‘proq 
mazmunli  va  mavzuga  yaqindan  aloqadordir.  Masalan,  XX  asrdagi  Markaziy  Osiyo 
mamlakatlari  falsafa  tarixi  haqida  gapirganda,  biz  ma'rifatparvarlik,  sho‘rolar  va  sho‘rolar 
davridan keyingi bosqichldar haqida so‘z yuritishimiz mumkin. 
Tarixiy-falsafiy  jarayonlarning  G‘arbda  va  Sharqda  davrlarga  bo‘lish  qoidalari  bilan  bir 
qatorda,  falsafada  g‘arbiy  va  sharqiy  an'analarning  o‘zaro  munosabatlarini  ta'kidlash 
muhimdir. 
Falsafadagi g‘arbiy va sharqiy an'analar haqida so‘z yuritib, ko‘pgina falsafa tarixchilari 
ularning  XIX  asrning  ikkinchi  choragigacha  nisbatan  mustaqil  ravishda  rivojlanganliklarini 
qayd  etadilar.  Ko‘p  jihatdan  bu  Hindiston,  Xitoy  va  Uzoq  Sharq  mintaqasi  mamlakatlari 
uchun xosdir. Yaqin va O‘rta Sharqda esa, g‘arbiy va sharqiy an'analarning o‘zaro ta'siri bu 
mintaqada  muhim  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan.  VIII-XII  asrlardagi  arab  tilidagi  falsafaning 
shakllanishi  bevosita  qadimgi  davr  va  ellinistik    falsafaning,    eng  avvalo,  Arastu  va 
Aflotunning  asarlari  ta'sirida  yuz  berdi.    Al-Kindiy,  Al-Forobiy,  Ibn  Sino,  Ibn  Tufayl,  Ibn 
Rushd  va  boshqalar    tomonidan  yo‘nalish  berilgan  arab  tilidagi  falsafa  arab  yoki  Sharq 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish