Bilish nazariyasi. Bilishning asosi, dunyo haqidagi bizning bilimlarimizning manbai, his-
tuyg‘u a'zolari vositasida qo‘lga kiritilgan, hissiy bilimlardir.
Beruniy har bir his-tuyg‘u turini tasvirlaydiki, u tufayli hayvonlar tashqi dunyoda ma'lum
yo‘nalishga ega bo‘lib, atrof muhitdagi sharoitlarga moslashadilar. Insonning his-tuyg‘u
a'zolari ham shu maqsadga xizmat qiladilar, ya'ni ular uning tashqarisida sodir bo‘layotgan
hodisalardan unga ma'lumot berishlari lozim. Har bir his-tuyg‘u muayyan bir turdagi
qo‘zg‘atuvchidan ta'sirlanmog‘i lozim, shunisi ham borki, ushbu qo‘zg‘atuvchilar
moddiydirlar, negaki, faqat shundaylargina sezish uyg‘otishlari mumkin. Inson, hayvonlardan
farqli o‘laroq, aqlga egadirki, shuning o‘zi insonning his-tuyg‘usini hayvonnikidan farqlaydi.
Beruniy bilimlarni kasb etish va ularni tekshirish uchun tajribani qo‘llashni talab qildi.
Beruniy uchun tajriba amalan faqat bilimlarni kasb etish vositasigina emas, balki haqiqatni,
uning mezonini aniqlashning hal qiluvchi quroli edi. Masalan, zumradning ilon ko‘ziga ta'siri
haqida to‘xtalib, go‘yo agar bu qimmatbaho toshga ilon qarasa, ko‘zi buzilishi haqidagi
rivoyatga munosabat bildirib, Beruniy yozadi: «Ammo hikoya qiluvchilarning yakdil
fikrlariga qaramasdan, buning haqiqatligi tajriba orqali tasdiqlanmadi»
68
.
Jamiyat. Beruniy fikricha, aql kuchining o‘zi insonga hal qiluvchi imtiyoz bera olmaydi.
Buni jamiyatgina ta'minlashi mumkin, jamiyatni paydo bo‘lishi asosida esa – odamlarning
moddiy ehtiyojlari yotadi: «Inson o‘zining yalang‘ochligi va zaifligi tufayli, o‘zining
(himoya) organlarining yo‘qligi tufayli, boshqalar tomonidan sinovlarga duchor bo‘lib,
doimiy ravishda o‘zini himoya qiladigan va uning ehtiyojlarini qondiradigan zaruriyatni his
qildi»
69
. Himoyalanish zaruriyati hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish, odamlarni, birgalikda
yashashga majbur qiladi. «Ehtiyojlar xilma-xil va ko‘p sonli bo‘lib, faqat bir necha
kishilarning birlashmasi ularni qondirishi mumkin. Buning uchun odamlar shaharlarni barpo
qilishga ehtiyoj sezadilar».
70
Demak, Beruniy jamiyat hayotida o‘ziga xos shartnomali ibtido
zarurligini tan oladi. Kishilarning o‘zlari jamiyat barpo qiladilar, birgalikdagi hayotni tashkil
etadilar. Shunga muvofiq ravishda u insonning burchi, jamiyatdagi uning vazifasini qarab
chiqadi. Insonning eng asosiy majburiyatlaridan biri – mehnatdir, chunki «xohlangan maqbul
narsa, mehnat sarflash orqali qo‘lga kiritiladi»
71
.
Beruniy pulning kelib chiqishini, avvalo, mehnat taqsimoti bilan bog‘ladi. «Ehtiyojlarning
oshib borishi va ularni turli vaqtlarda paydo bo‘lishi, shuningdek, biri vaqt bo‘yicha boshqada
bo‘lgan narsaga ehtiyoj sezmasligi, - bularning barchasi kishilarni alohida olingan holdagi
turli teng qiymatlik narsalar o‘rniga baholash uchun umumiy o‘lchov qidirishga olib keldi.
Buning uchun odamlar shunday narsani tanladilarki, o‘z ko‘rinishi va yaraqlashi bilan ko‘zni
quvontiradi, kam uchraydi va uzoq vaqt saqlanib qoladi»
72
. Uning ta'limotiga ko‘ra, odamlar
o‘rtasidagi bilimga muvofiq pul sifatida ishlatiladigan oltin va kumush, o‘z o‘zicha qimmatga
ega bo‘lmasdan, insonning hyech qanday ehtiyojini qondira olmaydi. Faqat ayrboshlash
vositasidagina pul umumiy o‘lchov sifatida, teng qiymatlilik (ekvivalent) ahamiyatini qo‘lga
kiritdiki, uning asosiy vazifasini tashkil etdi.
Kishilar ehtiyojini qondirishga yordam beradigan hamda adolatlilikka rioya
etilayotganligini nazorat qilish maqsadida, jamiyatdagi tartiblarni qo‘llab-quvvatlash uchun
unda hokimlik mansabi joriy etiladi. Jamiyatni boshqarishni Beruniy hukmdorning jamiyatga
67
Абу Райҳон беруни. Индия. 161-б.
68
Абу Райҳон Беруни. Минералогия. 273-б.
69
Ѝша жойда.
70
Ѝша жойда. 9-б.
71
Абу Райҳон Беруни. Минералогия. 12-б.
72
Ѝша жойда. 12-б..
xizmati deb tushunadi: «Idora qilish va boshqarishning mohiyati – zulmdan azob
chekuvchilarni ezuvchilardan himoya qilish uchun o‘z oromidan kechishdir»
73
. Beruniy
Mag‘rib shaharlaridan biridagi tartiblar to‘g‘risida gapirib ma'lumot keltiradiki, undagi
boshqaruv navbatma-navbat «er egalari va aslzodalar orasida» biridan ikkinchisiga o‘tadi.
O‘sha vaqtda boshqaruvning mohiyatini shunday tushunish va unga xayrixohlik bildirish katta
jasorat talab qilar edi. Podsho ayniqsa shunday kishilar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi kerakki,
ular «er ishi bilan bandlar», chunki «dunyo dehqonchilikka tayanadi, yer ishlash esa,
hokimiyat tufayli mavjuddir va ularning biri ikkinchisisiz bo‘la olmaydi»
74
. Odil
hukmdorning asosiy vazifasi sifatida Beruniy «yuqoridagilar bilan pastdagilar orasida adolatni
va kuchlilar bilan zaiflar o‘rtasida tenglik»
75
ni o‘rnatish, deb hisoblaydi. Mamlakat ravnaqi
ilm-fanning ahvoli va ularning gullab–yashnashi bilan belgilanadi. Insonning oliy baxti –
bilimdadir: «Haqiqiy lazzatni faqat shunday narsa beradiki, inson unga ega bo‘lgan sari, unga
intilish yanada ko‘proq oshib boraveradi. Va inson ruhining holati ham, u ilgari bilmagan
narsasini bilib olsa, shunday bo‘ladi»
76
. Insonning oliy qadr-qimmati – uning boshqalar va
ayniqsa kambag‘al odamlar to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi. Beruniy xalqlar
o‘rtasida o‘zaro to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatishga halal beradigan milliy va diniy
cheklanganlikka qarshi chiqdi. U shunday kishilarni mahkum etdiki, ularning ishonchiga
ko‘ra «er – bu ularning yeri, odamlar – bu faqat ular mansub bo‘lgan xalqning vakillari,
podsholar – faqat ularning hukmdorlari, din – faqat ularning aqidasi, ilm – faqat, o‘shalarda
bor bo‘lgan ilmdir»
77
.
Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) (980-1037) ilmiy- tabiatshunoslik va ijtimoiy-falsafiy
fikrlar taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan, Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiridir.
Tasodifiy emaski, u «Shayxur rais» - «Olimlar ustozi» degan yuksak unvonga sazovor
bo‘lgan edi. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. U Buxoroda ta'lim
oldi, astronomiya, riyoziyot, mantiq, fizika, metafizika, huquq va boshqa fanlarni o‘rgandi.
Yoshlik yillaridayoq o‘zining davolash san'ati bilan mashhur bo‘ldi.
999 yilda Buxoro Qoraxoniylar tomonidan bosib olingan vaqtda, Ibn Sino Urganchga
qochdi. Bu yerda Xorazmshoh Ma'mun saroyi huzuridagi Beruniy rahbarlik qilgan
Akademiyada Ibn Sino juda ko‘p mashhur olimlar bilan tanishdi va o‘z bilimini boyitish
imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xorazmni g‘aznaviylar tomonidan bosib olinishi xavfi ostida Ibn
Sino Eronga qochdi. 1037 yilning 18 iyunida Hamadonda saroy tabibi va vazir bo‘lib
ishlayotgan vaqtida vafot etdi. O‘limi oldidan u barcha mol-mulkini xizmatkorlari va
kambag‘al kishilarga bo‘lib berdi.
Ibn Sinoning dunyoqarashi uning zamonining madaniyatini aks ettiradi. Uning
dunyoqarashi Hindiston tabiatshunosligi va Yunoniston falsafasi ta'siri ostida shakllandi. Ibn
Sino Buqrot (Gippokrat), Jolinus (Galen), yevklid, Arximed, Pifagor, Arastu, Porfiriylarning
asarlari bilan yaxshi tanish edi. Ibn Sinoga Ar-Roziy va Forobiylar juda katta ta'sir
o‘tkazishdi.
Ibn Sino 260 nomdan ko‘proq boy adabiy va ilmiy meros qoldirdi. Bizgacha uning 160
asari yetib kelgan. Ular ichida eng yirigi 22 jilddan iborat «Kitob ash-shifo» («Ruhni davolash
kitobi») bo‘lib, o‘z ichiga mantiq, fizika, riyoziyot va metafizikani qamrab oladi. Uning
boshqa asarlari «Qonun fit-tib» («Davolash ilmi qonuni»), «Kitob an-najot» («Najot topish
kitobi»), «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») va boshqalardir. Ibn Sino qalamiga quyidagi
badiiy asarlar ham mansub: «Risola at-tayr», «Solomon va Ibsol», «Hay ibn Yaqzon».
73
Ѝша жойда. 31-32-б.
74
Абу Райҳон Беруни. Памятники … 230-б.
75
Абу Райҳон Беруни. Минералогия. 12-б.
76
Ѝша жойда. 17-б.
77
Абу Райҳон Беруни. Индия. 63-67-б.
Do'stlaringiz bilan baham: |