mumkinki, siyosat alohida olingan shaxslar va guruhlar o‘rtasida tabiiy muvofiqlik bo‘lmagan
ammo murosa bilan ish yuritishga aniq ehtiyoj bo‘lgan vaqtda va o‘sha yerda paydo bo‘ladi.
Ijtimoiy guruhlar, jamoalar, alohida olingan shaxslarning o‘zaro ta'siri shundagina siyosiy
xususiyat kasb etadiki, ularning da'volari va talablari davlat aralashuvisiz amalga oshishi
mumkin bo‘lmay qolganligi ayon bo‘lganda.
Siyosatni shartli ravishda quyidagi asosiy sohalarga ajratib chiqish mumkin:
-siyosat inson faoliyati sifatida, siyosiy institutlarning, hokimiyat organlari va boshqaruv
vazifalarini bajaradi;
-siyosat mazkur jamiyatda amal qiladigan siyosiy mafkura, orzular, ta'limotlar va
qadriyatlarning majmuasi
sifatida;
-siyosat siyosiy yo‘nalish sifatida (ijtimoiy sub'ektlarning alohida olingan shaxsdan tortib,
umuman insoniyat darajasidagi
tajribalari, ixtiroslari, ko‘rsatmalari);
-siyosat ijtimoiy-aloqaviy jarayonlarning turli ko‘rinishi sifatida.
Umuman siyosat – bu jamiyat taraqqiyoti tamoyillarini topish, uning o‘zgarishlarini
oldindan aytish, kerakli chora-tadbirlarni va ularni amalga oshirish vositalarini ishlab chiqish,
siyosiy sohada jamiyat manfaatlari va ehtiyojlarini shakllantirishdir. Siyosat – bu murakkab,
ko‘p qirrali faoliyat bo‘lib, fan va san'at unsurlarini ham o‘zida mujassamlashtiradi.
Siyosat inson hayotiy faoliyatining eng muhim jihatlaridan biri sifatida maydonga
chiqadi. Shuning uchun siyosatning sub'ekti va ob'ektini kim va nima tashkil etishini aniqlash
juda muhimdir.
«Sub'ekt» va «ob'ekt» tushunchalari asosiy falsafiy kategoriyalardan biridirlar. «Sub'ekt»
deganda faol harakat qiluvchi va idrok etuvchi, iroda va ongga ega bo‘lgan alohida shaxs yoki
ijtimoiy guruh, «ob'ekt» deganda – nimaga sub'ekt faoliyati yo‘naltirilganligi tushuniladi.
Siyosatda ob'ekt sifatida siyosiy munosabatlar, siyosiy jarayonga tortilgan siyosiy tizim
o‘zining institutlari bilan birgalikda, ijtimoiy guruhlar va shaxslar maydonga chiqishlari
mumkin. Siyosatda ob'ekt passiv omil bo‘lmasdan, o‘z yashash va amaliyot doirasidagi
rivojlanish qonunlariga egaki, siyosiy jarayonni tatbiq qilishda ular bilan albatta hisoblashish
lozim. Siyosiy mexanizm siyosat ob'ektining faolligini hisobga olmog‘i lozim. Siyosiy
munosabatlar ochiq, harakatchan, to‘xtovsiz o‘zgarib boruvchi tizim bo‘lib, jamiyatning
barcha
iqtisodiy,
ijtimoiy, ma'naviy sohalari bilan yaqindan bog‘liqdir.
Siyosatning sub'ekt va ob'ekti garchi jamiyatning to‘xtovsiz bir-biriga ta'sir qiluvchi
unsuri bo‘lsa ham ular ikki mustaqil sohasidir. Ular orasidagi aloqa dialektik xususiyatga ega,
ya'ni garchi ular bir-birini taqazo etsalar ham, biri ikkinchisiga qarama-qarshidir. Siyosatning
sub'ekti uning ob'ektisiz mavjud bo‘la olmaydi va aksincha.
Sub'ekt siyosatda ko‘p saviyali xususiyatga ega. Birinchi navbatda bu jamiyatning siyosiy
tashkiloti va uning bosh elementi bo‘lgan davlat o‘zining bajaradigan vazifalarining xilma-
xilligi va keng ko‘lamliligi bilan ajralib turadi. Bular: hokimiyat, rahbarlik, boshqaruv,
tartibga solish, nazorat va boshqalar. Bundan tashqari, siyosat sub'ekti o‘z ichiga jamiyat
siyosiy tashkilotining boshqa elementlarini ham qamrab oladi: siyosiy
partiyalar va harakatlar,
ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, «ta'sir o‘tkazish guruhlari», parlamentdagi lobbi, mahalliy o‘z
o‘zini boshqarishning nodavlat organlari va shunga o‘xshashlar.
Siyosat sub'ektining mustaqil element sifatida siyosiy bo‘lmagan tashkilotlar va
muassasalar. Kasaba uyushmalari, ijodiy birlashmalar, turli yo‘nalishdagi ijtimoiy tashkilotlar
(diniy, ekologik, xotin-qizlar, yoshlar tashkiloti, milliy-madaniy markazlar va hokazo),
mehnat jamoalari va boshqalar ham unga taalluqlidir.
Tabiiyki, ijtimoiy institut qanchalik siyosiylashgan bo‘lsa, uning siyosatdagi o‘rni
shunchalik ko‘p bo‘ladi. Biroq birorta institut ham o‘ziga yetarli bo‘lgan, o‘z kuchiga
ishongan mutlaq narsaga aylanmasligi lozim. Totalitar va yakka hokimlikka asoslangan
tuzumlar sharoitida partiyalarda ana shunday holat kuzatilishi mumkin.
Demokratiya, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati taraqqiy etgan sharoitida hatto bevosita
siyosatdan juda ham uzoq bo‘lgan tashkilot va muassasalar siyosiy jarayonlarni
takomillashtirish va uyg‘unlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin. Siyosat
ob'ektining o‘zi esa faqat zaif, statik tizimgina bo‘lib qolmasdan, balki ijtimoiy faol,
harakatchan xususiyatga ega bo‘lib, siyosiy sub'ektga ta'sir o‘tkazishga qodirdir. Buni
siyosatda
aylanma aloqa deb ataydilar. Aylanma aloqa qanchalik rivojlangan, faol,
shakllangan bo‘lsa, siyosiy jarayonni amalga oshirish shunchalik ko‘proq demokratik,
samarali bo‘lib, kamroq qarama-qarshilikka ega bo‘ladi. Siyosiy tizimni demokratlashtirish
davrida bu alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Siyosat sub'ektlariing
institutlashtirilganlaridan tashqari
institutlashtiril-maganlari ham
bo‘lishi mumkin. Shundaylar qatoriga mazkur lahzada siyosiy jihatdan faol bo‘lgan ijtimoiy
guruhlar kiradilar. Shuning uchun siyosiy sub'ektlarni
asosiy va ahamiyat (mohiyat)lilari
o‘rtasida tafovutlar mavjud. Siyosatning
asosiy sub'ektlari yirik ijtimoiy jamoalar sinflar,
tabaqalar va millatlar bo‘lsa, mohiyatiylar - aholi soni, yashash xududi, ma'lumoti, kasbi yoki
uyushish belgilari jihatidan tashkil topgan uncha katta bo‘lmagan ijtimoiy guruhlardir.
Demokratiya sharoitida siyosat sub'ekti sifatida butun xalq, hyech bo‘lmaganda o‘zining
siyosiy
faol qismi vakilligida, maydonga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: